Psixologiya va uning moddiy asoslari

Psixologiya va uning moddiy asoslari

Psixologiya va uning moddiy asoslari

 

Psixikaninng moddiy asoslari to’g’risida fikr yuritilganda, eng avvalo, u miyaning xususiyati ekanligini ta’kid etish joiz. Bilish jarayonlari to’g’risida gap ketganida, albatta sezgi, fikr, ong kabilar maxsus ravishda tashkil topgan materiyaning oliy mahsuli ekanligini uqtirish maqsadga muvofiqdir. Organizmning psixik faoliyati tananing ko’p miqdordagi a’zolarining yordami bilan ishga tushadi. A’zolarning ba’zi birlari ta’sirotlarni qabul qilsa, boshqalari ularni signallarga aylantiradi, xatti-harakatlarning rejasini tuzadi hamda uning amalga oshishini nazorat qiladi. Shuningdek, ularning bir guruhi xatti-harakatga kuch- quvvat, g’ayrat, shijoat baxsh etadi, yana bir turi esa mushaklarni, paylarni harakatlantiradi. Mana shunday murakkab funktsiyaning yig’indisi (majmuasi) organizmning tashqi muhitga moslashuvini, unga muvofiqlashuvini, hayotiy vazifalar ijro etilishini, bajarilishini ta’minlaydi.

 

Organik olamning mikroorganizmdan to insonga qadar bir necha o’n million yil davom etgan evolyutsiyasi davomida xatti-harakatlarning, xulq-atvorning fiziologik mexanizmlari uzluksiz ravishda murakkablashib, tabaqalanib, buning oqibatida organizm muhitning o’zgarishlariga tez reaktsiya qiluvchan, moslashuvchan xususiyat kasb etib borgan. Jumladan, bir hujayrali amyobaning hayot kechirishi uning ozuqa qidirish imkoniyati, o’z hayotini muhofaza qilish qobiliyati muayyan darajada cheklangandir. Undagi yol g’iz hujayraning o’zi ham sezuvchi, ham harakatlanuvchi, ham ovqat hazm qiluvchi vazifalarni ijro etadi. Murakkab tuzilishga ega bo’lgan hayvonlarda a’zolarning ixtisoslashuvi ozuqani ko’rish, uni farqlash, xavf-xatarni tez sezish, aniq mo’ljal olish imkoniyatini beradi. Ixtisoslashuvning asosiy funktsiyasi signallarni idrok qilishdan iborat xujayralarning vujudga kelishida o’z aksini topadi. Mazkur hujayralar retseptor deb nomlanmish hujayralar turkumini yuzaga keltiradi. Hujayralarning boshqalari mushak to’qimalari ishini, bezlarning shira ajratishini nazorat qiladi. Bunday hujayralar effektorlar deyiladi. Ixtisoslashuv a’zolarni hamda funktsiyalarni bir- biridan ajratadi. Organizmning asosiy boshqaruv imkoniyati yaxlit narsa sifatida harakat qiladigan markaziy nerv sistemasi vositasi bilan erishiladi.

 

Nerv sistemasining asosiy unsurlari nerv xujayralari (neyronlar) hisoblanib, ularning funktsiyasi qo’zg’atishdir. Neyron xujayra tanachasidan, dendritdan, aksondan tashkil topadi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat. Hozirgi zamon fanining ko’rsatishicha, orqa miya va miya naychasi reflektor faoliyatining tug’ma (hartsiz reflekslar) hisoblangan shakllarni amalga oshiradi, katta yarim harlaming qobig’i esa hayotda orttirilgan, psixika yordami bilan boshqariladigan xulq-atvor shakllarining organi sanalanadi.Miya katta yarim harlari faoliyatining umumiy qonunlari I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan.

 

Hozirgi zamon fiziologiyasi ma’lumotiga qaraganda, miyada hosil bo’ladigan to’lqinlar turli chastotadagi elektromagnit tebranishlariga o’xshab ketadi. Miyada elektroentsefalogramma ko’rinishdagi kuchaytirgich yordamida yozib olish mumkin bo’lgan elektr toklari paydo bo’lishining kashf etilishi muhim ahamiyatga ega. Chunki, kosmonavt miyasining biotoklari yozuvi uning markaziy nerv sistemasida yuz beradigan o’zgarishlar ko’satkichi bo’lib xizmat qiladi. Odamning psixik hayotida katta yarim harlar qobig’i sirtining peshona qismlari alohida rol o’ynaydi. Psixik funktsiyalar muayyan tarzda chap va o’ng yarim harlar o’rtasida taqsimlanishi chuqur o’rganilgan. Ma’lumki, psixikaning mazmuni tirik mavjudod o’zaro munosabatda bo’ladigan tashqi olam bilan belgilanadi. Shuning uchun tashqi olam inson miyasi uchun shunchaki oddiy biologik muhit emas, balki odamlar tomonidan ularning ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davomida yaratilgan hodisalar olami hamdir. Psixik va nerv-fiziologik jarayonlarning o’zaro munosabati masalasi murakkab muammolardan hisoblanadi. Psixikaning o’ziga xos xususiyatlari nerv-fiziologik xususiyatlaridan qanday muhim belgilari bilan farqlanishini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Agarda mazkur o’ziga xoslik mavjud bo’lmaganida edi, u holda psixologiya mustaqil bilim sohasi sifatida tadqiq etilishi ham mumkin emasdi. Psixik jarayonlar o’zida ichki, fiziologik jarayonlarning emas, balki tashqi ob’ektlarning tavsifini mujassamlashtiradi.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика