Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta’rifi

Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta’rifi

Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta’rifi

 

Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta’rif berilgan va uning tuzilishini o’ziga xos tarzda tasavvur qilishgan. quyida mualliflarning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.

 

A.G.Kovalevning fikricha, shaxs — bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekti, ham sub’ektidir. A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga shunday ta’rif beradi: shaxs — bu faoliyat sub’ektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan: jamiyatda o’z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a’zosi shaxs deyiladi. Bu muammo moshiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan

S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs — bu tashqi ta’sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi ichki hart-haroitlar majmuasidir.

 

Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo’lmagan tushunchalar qo’llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning moshiyatini aniqroq izoshlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tashlil qilish maqsadga muvofiq.

 

  1. Odam: sut emizuvchilar sinfiga dashldorlik, biologik jonzod ekanligi odamning o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo’llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi.

Ijtimoiy jonzod sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o’z qiziqishlari va eshtiyojlariga mutanosib tarzda uni o’zgartirish imkoniyatiga ham egadir.

  1. Mehnat tufayli shayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala) ga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy moshiyati shaxsning asosiy tavsifi shisoblanadi.
  2. Har qaysi inson betakror o’ziga xos xususiyatlarga ega. Shaxsning o’ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emosional va irodaviy sohalarida namoyon bo’ladi.

 

Sobiq sovet psixologiyasida eng ko’p tarqalgan shaxsning tuzilishiga oid materiallar bilan qisqacha tanishib o’tamiz.

 

S.L.Rubinshteyn bo’yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:

  1. Yo’nalganlik — eshtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
  2. Bilimlar, ko’nikmalar, malakalar — shayot va faoliyat jarayonida egallanadi.
  3. Individual tipologik xususiyatlar — temprament, xarakter, qobiliyatlarda aks etadi.

K.K.Platonov ta’limotiga ko’ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega:

  1. Yo’nalganlik osttuzilishi — shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko’lam (shajm) darajalarini farqlash lozim.
  2. Ijtimoiy tajriba osttuzilishi — Ta’lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko’nikmalar va odatlarni qamrab oladi.
  • Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi — Ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual

xususiyatlari.

  1. Biologik hartlangan ost tuzilish.

Miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq bo’lgan patologik o’zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xosiyatlarini birlashtiradi.

 

A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega:

  1. Yo’nalganlik — voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o’zaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli g’oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, eshtiyojlar kiradi. Ustuvor yo’nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.

 

  1. Imkoniyatlar — faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlovchi tizim. o’zaro ta’sir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha qobiliyatlar.
  2. Ijtimoiy mushitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy shayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo’ladi. Xarakter tizimidan irodaviy va ma’naviy sifatlar ajratiladi.

 

  1. Mashqlar tizimi. Shayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), o’zini o’zi nazorat qilish, o’zini o’zi boshqarishni ta’minlaydi.
  2. Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tashlili Psixologiya fanida sistemali yondashuvga oid tadqiqotlarning ko’rsatishiga qaraganda, har qaysi tizimning tavsifi sifatida uning tuzilishi qabul qilinadi. Odatda, ya’ni struktura — bu ob’ektning bir qator tarkiblari o’rtasidagi uning yaxlitligi, o’ziga o’zining ayniyatlashuvini ta’minlovchi barqaror ichki aloqalar majmuasidir.

 

Biz shaxs strukturasi, ya’ni tuzilishi muammosini bayon, talqin qilishda tayanch va jabsha, komponent tushuncha tariqasida yaxlit tuzilishning nisbiy mustaqil qismidan, tashlilning birligi sifatida                                                                         element tushunchasidan

(atamasidan), har qanday kontekstlardan yaxlitlik xususiyatini aks ettirmasa ham ulardan foydalanamiz. Bunday tafovut (farq) shaxs xususiyatlarini yaxlit holda mukammal ochish uchun tarkibiy tizimli va elementli tizimli darajalarini namoyon etish uchun mutlaqo zarur.

 

Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining dolzarbligi bilan fanning tadqiqot doirasidan, predmetidan tashqari chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy harti shisoblanib, insonning ijtimoiy moshiyatini qirralarini ochish imkoniyatiga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiyaga falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning namoyandalari tomonidan uni mushokama qilish namoyon bo’layotganligi tufayli unga qiziqishning yuksakligidan dalolat bermoqda.

 

Psixologiya fani shaxs strukturasining modelini yaratishga boshqa fanlardan izchilroq kirishadi, uning tabiatini aks ettirish imkoniyatiga erishadi, natijada u psixologiya muammolari majmuasida markaziy o’rin egalladi. Psixologiya olimlari tomonidan tadqiqot qilinayotgan dolzarb muammolar bilan shaxs tuzilishiga oid masala u yoki bu jabshasi orqali uzviy bog’likka ega. Bu kontekstda xulq motivasiyasi, shaxsning tipologiyasini ishlab chiqish, shaxsga ta’sir o’tkazishning samarali yo’l-yo’riqlarini qidirishni eslatib o’tishning o’zi kifoya.

 

Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo’yicha eng salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, xilma-xil shaxs strukturasining modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Bu borada B.G.Ananevning fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), shissiyot (emosiya) va irodaga ajratilish… inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining dastlabki ko’rinishi bo’lib, uning shaqchilligi ko’pgina psixologlar tomonidan tan olinishidir. B.G.Ananev strukturaviy yondashishning boshqa variantlari tariqasida turlicha psixik hodisalar bilan qarama-qarshi aloqalarning e’tirof etilishi — psixik aktlarning psixik funksiyalar, ongning ongsizlik, tendensiyalarning potensiyalar bilan uyg’unligini ta’kidlaydi. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko’ra, insonning psixik funksiyalarini yuksak, madaniy, quyi, tabiiy turlarga ajratishni kiritish mumkin, chunki ularning negizida ta’lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar sistemasining o’zaro ta’sirining ifodalanishi yotadi.

 

Hozirgi davrda psixologiya fanida psixologik hodisalarni psixik jarayonlarga, holatlarga, shaxsning xususiyatlariga ajratish qabul qilinganligi muhim ahamiyatga ega. Bunday yondashuvning mavjudligi B.G.Ananev tomonidan strukturaviy konsepsiyaning bir tajribasi sifatida qaraladi. Bu voqelik «hodisalarni bir qator jabshalari bilan to’ldirishga intilish psixofiziologik xususiyat kasb etib, psixik jarayonlar uchun dastlabki materiallarni t o’plash imkoniyatini (idrok, tafakkur, emosiya, iroda) beradi». Uning fikricha, dastlabki materiallar, bir tomondan, psixik funksiyalar (sensor, mnemik), xulqning, ikkinchi tomondan, elementar, motivlari (eshtiyoj, ustanovka) shisoblanadi. Olimning mulohazasicha, bu qo’shimchalar «genetik ma’no kasb etib, fiziologiyadan miya mexanizmlarini umumpsixologik va neyrogumoral regulyatorlarini qamrab olish psixologiyaga o’tishga imkon beradi». Lekin ushbu strukturaviy yondashuvning maxsus psixologik deb qarashdan qat’i nazar, Hozirgi zamon sintetik insonshunosligi uchun umumiy ahamiyatli jishatni yuksaklikka ko’tarishga qodir emas.

 

Yuqorida ta’kidlab o’tilgan psixik hodisalarning turli ko’rinishlarini fenomenlarga ajratishning qonuniyligi bo’yicha bashs yuritmasdan turib, jumladan jarayonlarga, holatlarga, xususiyatlarga bo’linishdan ko’z yumib, ushbu kategoriyalar, ularning turlicha talqini shaxs strukturasining tarkibiy qismlariga tenglashtirish mumkin emasligini qayd etish zarur. Chunki ular sof psixologik asnoda vaqt va fazo o’lchami bo’yicha aniqlikka ega emasdirlar. Shuning uchun B.G.Ananev tomonidan kiritilgan ilmiy qo’shimchalar umumpsixologik vaziyatni keskin o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lmasa-da, uning ayrim tomonlarni to’ldirishga ega.

 

Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchiliklarning eng asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida yorqin namoyon bo’ladi, ular «shaxsning tuzilishiga ko’ra, substansional va ideal, irsiy va egallaganlik, ijtimoiy va psixologik, somatik va psixologik tomonlariga ega» (V.M.Banshikov). Mulohazadan ko’rinib turibdiki, bunda shaxsning «substansional tomoni» ni irsiy, turmushda egallaganlik, somatik jabshalar bilan taqqoslaganda mustaqil strukturaviy tarkib sifatida aloshida reallikka ega emas. Bunday talqin biron bir psixologik hodisani turlicha nuqtai nazardan izoshlash bilan bog’liq bo’lib, yakkashol, ya’ni individual voqelik (reallik) ustida gap borayotganligini bildiradi.

 

Psixologiya fanida qo’llanilib kelinayotgan va nisbatan barqarorlashgan shaxsni yo’nalganlikka, temperamentga, xarakter va qobiliyatlarga bo’lish etarli darajada keskin e’tirozlarga sabab bo’layotgani yo’q. Shuning uchun ko’pgina psixologlar umumiy tizimning majmuasini tashkil qiluvchi murakkab xususiyatlarning tuzilishi sifatida qaraydilar va shaxsning yaxlit tavsifini ifodalaydi, deb tushunadilar. A.G.Kovalevning fikricha, temperament tabiiy (irsiy) xususiyatlarning tizimini bildirib keladi, yo’nalganlik — eshtiyoj, qiziqish, ideallar tizimi, qobiliyatlar — intellektual, irodaviy va emosional xislatlar ansambli, xarakter — xulq-atvor usullarining va munosabatlarining sintezidir.

 

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, shaxsning murakkab tuzilishga ega bo’lgan ko’p qirrali xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari o’zaro bir-birlarining ichiga singib ketganligi natijasida tabiiy, emosional, eshtiyojlar, munosabatlar, xulq-atvor usullari to’g’risidagi mulohazalar umumlashmalar umumlashmasidir. Chunki qiziqishlar va ideallarni intellektual, emosional, irodaviy xususiyatlarisiz tasavvur qilish mumkin bo’lmaganiday, munosabatlar va xulq-atvor usullari ham aloshida shukm surishi g’ayritabiiy holatdir.

 

B.D.Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishga quyidagilar kiradi:

  • umuminsoniy psixologik xususiyatlar;
  • milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy o’ziga xos xususiyatlar;
  • shaxsning individual betakror xususiyatlari. Bizningcha, olim tomonidan ta’kidlab o’tilgan xususiyatlarning har qaysisi shaxs psixikasida mavjud bo’lib, ular aloshida xislatlar guruhi ko’rinishiga ega emasdirlar.

 

Yuqorida tashlil qilingan modellarning shech qaysisi sistemali yondashuv doirasidagi Hozirgi zamon shaxs strukturasi to’g’risidagi modelga mos kelmas edi. Ushbu modellarning tarkib (jabsha) larida nisbiy mustaqil birlik xususiyati aks topmaganligi tufayli bir vaziyatda ular o’zaro tobe elementlarga, ikkinchi hodisalarda esa takroriy xislatlar ko’rinishiga o’xshab ketadi. Shuningdek, shaxs tuzilishi umuman muayyan nazariy yoki amaliy ahamiyatga tomon (jabsha) lari bilan ajralib turmaydi. Shuning uchun ta’kidlangan shech bir model psixologik moshiyatini o’zida aks ettiruvchi, jamiyat a’zosi sifatidagi insonning tipiklik va individuallik qiyofalarini tashlil qilishni ta’minlay olmaydi.

 

Uzoq chet el psixologlarining shaxs tuzilishining moshiyatini ochib berishga qaratilgan ko’pgina yondashuvlari ham yuksak ko’rsatkichlarga erishmaganligi tufayli bu masalani yoritish uchun keskin o’zgarish kiritilmadi. G.Ollport, G.Myurrey, R.Linton, K.Rodjers, A.Maslou va boshqa olimlarning yaqqol shaxsning psixologik moshiyatini tushunchalar tizimi yordami bilan xaspo’shlashi ijobiy izlanish tarzida o’ziga tortadi, lekin unda shaxs «kundalik turmuhimizda biz bilgan shaxsning aynan timsolidir» deb ta’riflanadi.

 

Mazkur ijobiy ezgu niyatlarni amaliyotda qaror toptirishga shaxsning tizimi tashkiliy tomonini basholay olmaslik va ichki omillar rolini bir tomonlama orttirish holati to’sqinlik qiladi. Jumladan, R.Linton shaxs tuzilishini «individuumga aloqador psixik holatlar va hodisalar tashkiliy agregati» deb talqin qilishni taklif qiladi, buning natijasida ularning shunchaki yi g’indisi yuzaga keladi, xolos.

 

Taniqli AqSh psixologi G.Ollportning fikricha, shaxs «ichki tizim», «dinamik qurilma», «Men», «qandaydir metapsixologik Men» o’zida oldindan maqsad va dispozisiyani aks ettiruvchi, inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir». Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy-tarixiy jishatdan yaqqol basholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tashlil o’rnini psixologik talqin egallaydi chamamda.

 

Psixologlardan T.Parsons, G.Mid va boshqalar «shaxsning rolli tuzilishi» nomli konsepsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit sub’ektiv dunyosini, uning psixologik qiyofasini diqqat markazidan, idrok maydonidan chetda qoldiradilar.

 

Shunga qaramasdan, sobiq sovet faylasuflari va psixologlari shaxsning strukturasiga biryoqlama yondashishga barham berishga intildilar, uning jamiyatda bajaradigan rolini adolatli bashslab, ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik, psixologik tizimlarda rolning turli kontekstda maqsadga muvofiq bajarilishini ko’rsatib o’tdilar. Bu kontekstdagi asosiy yoki bosh muammo rollarni internalizasiyalashning yaqqol psixologik mexanizmlari, ular bilan bog’liq bo’lgan normalari, rollar o’rtasidagi psixologik farqlar, shaxs tuzilishida mustashkam joy olgan, unga nisbatan tashqi omillar; qo’zg’atuvchilar tarzida saqlanuvchilar shisoblanadi.

 

Chet el psixologiyasida olimlar diqqatini keyingi yillarda shaxs modelining psixologik omillari tortmoqda, ularning asosiy variantlari G.Ayzenk, R.Kettell konsepsiyalari bilan bevosita bog’liqdir. Mazkur konsepsiyalar ko’p yoki oz miqdordagi «omillar» (Ayzenkda ular 2-3 ta, Kettellda esa 20 tadan ziyod) ga asoslangan bo’lib, ular muayyan darajada umumlashgan individuallikning yoki shaxs qiyofasini ifodalovchi, psixologik xususiyatlarni aks ettiruvchi ruhiy tizimni qayd qilishga suyanadi. Ammo tub ma’nodagi shaxsning psixologik konsepsiyasi ham individuallik qiyofalarini shaqiqiy ijtimoiy-psixologik moshiyatini ochish imkoniyatiga ega emas, chunki xususiyatlarning qonuniy ravishdagi o’zaro aloqalari tavsif qilinmay qolingan.

 

Ta’kidlangan paradoks sistemasi yondashuv pozisiyasi orqali izoshlanishi mumkin, lekin yaxlit tizimning tavsifisiz ayrim komponentlarning mazmundor tasnifini amalga oshirish imkoniyati yo’q. Darshaqiqat shuning uchun «insonning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yoki aloshida psixologik tizimdan kelib chiqqan holda majmua» deb atashga suyanib ish yuritish orqali shech qanday «shaxs tuzilishi» ni yaratib bo’lmaydi.

 

Shaxsning dinamik tuzilishidagi modellari sobiq sovet psixologlari taxmin qilgan qiyinchiliklarning oldini olish mazmunida ifodalangan.

 

B.D.Pariginning qat’iy asoslanib aytishiga ko’ra, shaxsning dinamik strukturasining yetakchi (farqlanuvchi) alomati yaqqol vaqt oralig’iga bog’liqligi, shaxs faoliyati yoki psixikaning muayyan holatiga aloqadorligidir. Shaxsning dinamik strukturasining ikki asosiy jabshaga taalluqligiga, ya’ni psixik holatlarga va xulqqa ishora qilgan B.D.Pariginning mulohazasicha, shaxsning kayfiyati yoki psixologik jishatdan o’zining tayyorgarlik xislati yuksak ahamiyatli yangilanishdir. Olimning talqiniga ko’ra, psixologik tayyorgarlik — bu integral strukturaviy tuzilmadan iborat bo’lib, muayyan vaqt oralig’ida inson psixikasining jismli yo’nalganlik darajasi va tonalligini tavsiflaydi. Psixologik tayyorgarlik o’zining tuzilishi bo’yicha uch xil jabshani qamrab oladi (konstantli, dolzarbli, vaziyatli) va faoliyatda muhim funksiyalarni bajaradi. a) muayyan vaqt birligida individ tomonidan qayta ishlanuvchi va idrok qilinuvchi barcha joriy axborotlarning akkumlyatori; b) inson faolligining tonizatori va regulyatori; v) faoliyat va axborotni qabul qilish ustanovkasi; g) shaxsning qadriyatga yo’nalganlik omili shisoblanadi. Inson shayoti va faoliyatining u yoki bu lashzalarida psixikasining (komponentlari) tarkibiy qismlari bilan sodir bo’lishlikning psixik tayyorgarligi sintetik ravishda birlashgandir. Bu muammo pariginchasicha, psixik tayyorgarlik psixik holatlarning dominantligi degan tushunchaga yaqinlashib qoladi.

 

Vasholanki, shaxsning dinamik va statik tuzilishi munosabatini shisobga olmaydi, psixologik tayyorgarlikning miqdoriy tavsifi yo’llarini ko’rsatib o’tmaydi, natijada uning ko’lami cheksizga aylanib qoladi.

 

K.K.Platonov tomonidan ilgari surilgan shaxsning dinamik funksional tuzilishi (strukturasi) katta qiziqish uyg’otadi. Olim shaxs xususiyatlarining barcha boyligini qamrab oluvchi, ko’p bosqichli modelini yaratishga intiladi. Shaxs tuzilishining elementlari bo’lib, uning shossalari, xususiyatlari, qiyofasi shisoblanadi. K.K.Platonov shaxs tuzilishining turli tomonlari bilan o’zaro aloqador to’rt tuzilishga ajratadi:

 

  • shaxsning axloqiy qiyofasi munosabati va yo’nalganlik birlashtiruvchi ijtimoiy hartlangan osttuzilish. Bu osttuzilishga aloqador shaxsning xislatlari tabiiy mayllarga bevosita bog’liqligi yo’q va tarbiyaviy yo’l bilan shakllantiriladi.
  • tajribaning osttuzilishi; unga ta’limiy yo’l bilan egallangan bilimlar, malakalar, ko’nikmalar, odatlar kiradi, ammo bu narsa shaxsni qiyofasining biologik hartlangan ta’siri ostida kechadi (K.K.Platonov). Ushbu osttuzilish orqali shaxs insoniyatning tarixiy tajribasi,
  • shaxsning individual xususiyatlari bilan hartlangan ba’zi psixik jarayonlar (xotira tipi, emosional harakat barqarorligi ko’rsatkichi, mashqlanish yo’li) bilan shakllantiriladi. Biologik hartlangan xususiyatlarning ta’siri yanada aniqroq ko’zga tashlanadi.
  • biologik hartlangan osttuzilish biopsixik xususiyatlarni, fazilatlar, temperament…(shaxsning topologik xususiyatlarini), jinsiy va yosh xususiyatlar, shuningdek, insonning patologik o’zgarishini birlashtiradi. Bu osttuzilish mashqlantirish orqali shakllantiriladi, miyaning morfologik va fiziologik xususiyatlariga bog’liq. K.K.Platonovning fikricha, bu osttuzilishga shaxs qiyofasi (xususiyatlari) ning asosiy jabshalarini kiritish mumkin.

 

Qisqacha tashlil qilingan K.K.Platonovning shaxs tuzilishiga oid konsepsiyasi (nazariyasi) keng ko’lamdagi ta’lim va tarbiya amaliyoti bilan jips aloqasi tufayli o’ziga tortadi. Ammo muallif bu borada shaxs va inson to’g’risidagi mulohaza yuritganda uning real xususiyatlari va holatlarini yaqqol ochib bermaydi. Ma’lumki, Hozirgi zamonda bir-biridan sezilarli, deyarli farqlanuvchi talqinlar shukm surmoqda, kezi kelganda bashs predmetini sun’iy ravishda o’zgarish shollari uchrab turadi. Uning asarlarini o’rganish jarayonida, shaxs tuzilishi to’g’risidagi mulohazalarda, shaxsning bu muammo funksional psixologik — pedagogik jabsha ekanligi oydinlashib boradi, trenirovka, mashqlanish, ta’lim olish yo’li bilan unda u yoki bu shislatlar shakllantiriladi.

 

K.K.Platonov «shaxsning tomonlari va uning osttuzilishi» tushunchalarini sinonim sifatida qo’llanilganligini ta’kidlab, uni quyidagicha izoshlab beradi: «shaxsning moddiy jabshalari to’g’risida emas, balki funksional tomonlarining o’zaro ta’siri to’g’risida gap boradi». Bundan ko’rinib turibdiki, shaxsning komponentlari, uning xususiyatlari, tuzilishi nimani bildiradi, degan muammoga javob topib bo’lmaydi.

 

Yuqorida ta’kidlab o’tilgan hodisalarni (vaqtni fazoviy) basholash ontologik asnoda o’z yechimini topa olmaydi. Chunki struktura yaxlit tuzilma bo’lganligi tufayli u shech qachon jabsha, tomon va jishatlarning shunchaki majmuasidan iborat bo’lmasligi ravshan. Binobarin, osttuzilish tushunchasini talqin qilishda umumiy qabul qilingan qoidaga ko’ra nisbiy jishatdan mustaqil tarkiblardan tuzilganidan qat’i nazar u bundan kengroq yaxlitlikning qismi bo’lib shisoblanadi. Ana shu fikrdan kelib chiqqan holda quyidagilarni ko’z o’ngiga keltirish muvofiq: birinchidan, shaxsning ijtimoiy sifatlari o’z xolicha shukm surmaydi, balki yaqqol nerv sistemasida qayd qilinadi, ya’ni tabiiy biologik mexanizmlar yordami bilan amalga oshadi. Ikkinchidan, biologik hartlangan shaxs sifatlarining aksariyati filo va ontogenezda bevosita ijtimoiy hart-haroitlarning ta’siri ostida shakllanadi. Shuning uchun biologik hartlanganlikning ijtimoiylikdan ajratishni o’zi o’ta murakkab bo’lib, amaliy jishatdan genotip bilan fenotip o’rtasida demarkasion (fransuzcha demarcation, qat’iy chegara) chiziq o’tkazish mumkin emas. Uchinchidan, na biologik, na ijtimoiy hartlangan sifatlar, fazilatlar, xislatlar inson tomonidan egallanayotgan tajribadan tashqarida namoyon bo’lishi kuzatilmaydi. Shuningdek, insonning o’zlashtiradigan bilimlari, malakalari, ko’nikmalari, odatlarining o’ziga xosligi uning shaxsidagi nuqsonlar kompensasiyasi ko’pincha axloqiy yo’nalganlik va mayllarga bog’liq. To’rtinchidan, aloshida olingan bilim jarayonlarining tipologik xususiyatlari bilan hartlangan shaxs fazilatlarini o’zaro bir-biridan ajratib tashlil qilish ham g’ayritabiiy holatdir. Yuqoridagi mulohazalarning barchasi shaxsda namoyon bo’ladigan xislatlarida o’z ta’sirini, izini qoldiradi.

 

Xuddi shu boisdan K.K.Platonov tomonidan tavsiya qilingan osttuzilishning tabiiy yaqqol shaxs tuzilmasi majmuasi sifatida qabul qilish o’ta bashslidir. K.K.Platonov bo’yicha shaxsning to’rt «osttuzilish» jabshalari shisoblanadi, chunki turli kontekstdagi ularning har qaysisi shaxs fazilati tariqasida qarash va shunda uning integral tizimini basholash mumkin.

 

S.Merlin ham shaxsning tuzilishi masalasiga aloshida ahamiyat bergan olimlardan biri sanaladi. Uningcha, shaxsning qismlariga ajratib talqin qilinmaydigan jabsha (komponent) — bu uning xislatlaridir. Ularning har biri muayyan yo’nalganlik moshiyatini o’zida mujassamlashtirgan bo’lib, shaxs munosabatini aks ettiradi. Shunga binoan shaxs ning tuzilishi deganda V.S.Merlin insonning o’z-o’ziga, o’zgalarga, mehnatga u yoki bu munosabatini o’zida birlashtiruvchi shaxs xususiyatlarining tashkiliy va o’zaro aloqadorligini anglatuvchi o’ziga xos «simptomokompleks» ni tushunadi.

 

Olimning muammoga bunday yondashuvi go’yoki juda o’rinli, to’la ashyoviy daliliy tasavvurni vujudga keltiradi. Shaxs tuzilishi muammosini uzil- kesil shal qilinishi, yechimini topish uchun ayrim hartlarga rioya etilishi lozim. Birinchidan, «shaxsning munosabati» tushunchasi moshiyatini yaqqol ochish, ikkinchidan, shaxsning xususiyatlari to’g’risidagi tasavvurlarni detallashtirgan holda ishlab chiqish darkor. V.S.Merlinning faktlar konstatasiyasiga binoan «simptomokompleks» shaxs tuzilishining bayoniy va statik tavsifini bildiradi, xolos», sholbuki shunday ekan «mazkur ijtimoiy haroitlarda shaxs tuzilishining rivojlanishi va yuzaga kelishi qonuniyatlari» o’rnatilishi joiz.

 

Ko’pgina psixologlarning qarashlarida shaxsning ijtimoiy-psixologik tavsifi qiyofasining tuzilishida yetakchi rol o’ynashi va qayd etishi ta’kidlanadi. Shu jumladan, tadqiqotchi N.I.Reynvaldning fikricha, shaxsning tuzilishi va uning har bir qiyofasi (xislati) uch mezon asosida tashlil qilinishi joiz:

  • orientirovkaning darajasi va anglanganlik xususiyatiga;
  • u yoki bu eshtiyojiy holatlarni harakatlantirishning xususiyati hamda tashkiliyligi;
  • paydo bo’lishning jadalligi, jiddiyligi va zo’riqishga, ya’ni insonning emosional irodaviy, bilishga oid sifatlari nuqtai nazariga va boshqalar.

 

N.I.Reynvaldning izoshlashicha, faoliyatning regulyasiyasida psixik funksiyalarni umumlashgan guruhlashtirish ularning uch o’lchovli (mezonli) tasnifining aql (intellekt), shissiyot (emosiya) va iroda moshiyati zimmasiga tushishi shaxs tuzilishini temperament, xarakter va qobiliyatlarga, ikkinchi tomondan esa ekstraversiya, introversiya omillariga ajratishga barham beradi.

 

N.I.Reynvaldning ushbu yondashuvi A.R.Luriyaning miya faoliyatining uch blokli roli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi, aql (intellekt) ko’p shollarda informasion blok orqali amalga oshadi, iroda (tashkiliylilik) programmalashtirish bloki bilan, xilma-xil emosional holatlar (shissiyot) yuzaga kelishining negizida «energetik» blok yotadi. Aql, shissiyot, iroda va ularni ro’yobga chiqaruvchi miyaning bloklari, harakatlantiruvchilarni emas, balki o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan insonning atrof-mushitga nisbatan munosabatining uch lashzasini anglatadi.

 

Xullas, qarashlarning rang-barangligi muammo yechimining har xil variantlari, invariantlari, modifikasiyalari, modullari va modellari bir davrning o’zida shukm surishini ta’minlaydi hamda sistemali yondashuv majmuasi yuzaga kelishi uchun puxta negiz, mexanizm va barqaror manba shozirlaydi.

  1. XXI asr odamlari

 

Odamzod muammosi azaliy dolzarbligi bilan boshqa insonshunoslik kategorilaridan keskin ajralib turgan va bundan keyingi insonning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida ham xuddi shunday yuksak nufuzga ega bo’lib qolaveradi. Jamiyat mavjud ekan uning qudrati, harakatlantiruvchi kuchi, moddiy va ma’naviy mashsulot yaratuvchisi bo’lmish insonning axloqi, aql-idroki, yuksak shis-tuyg’usi, irodaviy fazilati, qobiliyati va saloshiyati yuzasidan yangi ma’lumotlarga ega bo’lish masalasi o’z mavqeini aslo yo’qotmaydi. Xuddi shu boisdan inson shaxsi, uning kamoloti, unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, faoliyat, tajriba va intilishning roli masalalari XXI asrda tadqiqot etilishga mushtojdir.

 

Inson shaxsini o’rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika, sosiologiya, filologiya, tarix kabi ijtimoiy va gumanitar fanlar shug’ullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq, gumanitar, ijtimoiy fanlarning umumiy tadqiqot ob’ektiga aylanib bormoqda va bu jarayon keyingi asrda yanada jadallashadi. Shunga qaramasdan, bir tomondan, insonni o’rganishda differensiasiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining sintetik (birikuv) tavsifi bo’yicha integrasiya holati ko’zga tashlanmoqda. Inson bir qator fanlarning tadqiqot ob’ekti ekanligi yig’iq, ixcham, yaxlit tarzda tasavvur etish uchun uni biososial va sosiobiologik jishatdan o’rganish maqsadga muvofiq.

 

Ma’lumki, inson shayoti va faoliyatining operasional (usul, uslub, uquv, operasiya, ko’nikma, malaka, odat) mexanizmi uning ontogenezida funksional (harakatlantiruvchi) mexanizmga o’sib o’tadi, binobarin, unda komillikning belgilari, alomatlari shakllanadi, natijada u jismoniy va ma’naviy kamolot cho’qqisining muayyan darajasiga erishadi.Muammoni inson — jamiyat — tabiat — turmush munosabatlari nuqtai nazardan tekshirgan jahon psixologiyasining namoyandalari Sh.Byuler, A.Maslou, K.Rodjers, R.Ollport, V.Djems, A.Gezell,

  1. Termen, J.Piaje, A.Vallon, S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, B.G.Ananev kabi olimlar odamning ular bilan har xil turdagi va ko’rinishdagi kauzal, strukturaviy, operasional, motivasion, kognitiv, fazoviy va makoniy aloqalar tizimi mavjudligini ta’kidlab o’tgandir.

 

Jahon psixologiyasidagi turli nazariyalarga asoslangan holda, birinchidan, inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik evolyusiya mashsuli sifatida o’rganiladi. Ikkinchidan, ijtimoiy-tarixiy jarayonning ham ob’ekti, ham sub’ekti tariqasida inson shaxsi tadqiqot qilinadi. Uchinchidan, individ (odamzod) muayyan darajada va ko’lamda o’zgaruvchan, biologik taraqqiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi aloshida xususiyatli jonzod tarzida ilmiy jishatdan tekshiriladi.

 

Bizningcha, insonning jamiyat ishlab chiqarishining yetakchi va asosiy tarkibi, bilish, kommunikasiya va boshqaruv jarayonining sub’ekti, tarbiyalash va tarbiyalanish predmeti sifatida tadqiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Xuddi shu boisdan inson va uning borliq, ijtimoiy jamiyat bilan ko’p qirrali, murakkab munosabatga hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda namoyon bo’lishi mumkin:

  1. Tabiatning biotik va abiotik omillari — inson.
  2. Jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti — inson.
  3. Inson — texnika, texnologiya.
  4. Inson — madaniyat, ma’naviyat, qadriyat va ruhiyat.
  5. Inson va jamiyat — yer va fazo.

 

XXI asrda ham odam individ, shaxs, sub’ekt, komil inson sifatida psixologik ilmiy tushunchalar negizida talqin qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir tushuncha moshiyatida va ko’lamida sifat o’zgarishlari yuz berishi mumkin, chunki tashqi va ichki omillar, ta’sir etuvchilar, ta’sirlanuvchilar ustuvorligi yo’qola boradi.

 

Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual-tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davrning sifatlari ontogenetik, evolyusiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo’ladi va takomillashuv jarayonida o’z ifodasini topadi, jinsiy dimorfizm xususiyati esa ularga mutlaqo mos tushadi. Individning individual-tipologik xususiyatiga konstitusion (tananing tuzilishi, biokimyoviy individuallik, ya’ni yakkashollik) holatlar, simmetriya va asimmetriya juft reseptorlari, effektorlari funksiyasi kiradi. Bu xususiyatlar, holatlar, hodisalar, mexanizmlar va xossalar birlamchi shisoblanib, shujayra va molekulyar tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi.

 

Jahon psixologiyasi to’plagan nazariy va amaliy ma’lumotlarga k o’ra, yosh, jinsiy va individual-tipologik xususiyatlar sensor (subsensor, subseptiv), mnemik (xotira), verbal (so’z orqali) va mantiq psixofiziologik funksiyalarining dinamikasi hamda organik eshtiyojlar tuzilishini aniqlaydi.

 

Individning bu xususiyatlarini ikkilamchi deb atab, ularning integrasiyasi temperament xususiyatlarida va tug’ma mayllarda ifodalanishini ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiq. Chunki yuqoridagi sifatlar ontogenetik evolyusiya jarayondan iborat bo’lib, ular filogenetik dasturga asoslanib shukm suradi. Yosh davrga oid va individual o’zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta’siri ostida har xil ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy mushitda vujudga kelgan sifatlari ta’sir etib, uning individual o’zgaruvchiligi omilini yanada kuchytiradi.

 

Insonning shaxs sifatida tavsiflanishining muhim psixologik lashzasi uning dinamik xususiyatlari shisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, shuquqiy, mafkuraviy negizga bog’liq, ya’ni uning jamiyatda egallagan o’rni, nufuzi, mavqei bilan belgilanadi) orqali ifodalanadi.

 

Statusning negizida esa hamisha uzluksiz ravishda o’zaro aloqalar tizimi yotadi. Inson bajarishi lozim bo’lgan guruhiy faoliyat va yakkashol turmushga, kasb-shunarga aloqador, ya’ni kasabaviy, oiladagi hamda jamoadagi rolning ijtimoiy funksiyasi, uning muayyan maqsadga, qadriyatga, ma’naviyatga yo’nalganligi, shaxsni faollashtiradi, natijada u barcha jabshalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Status, rol, qadriyatga yo’nalganlik shaxs xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari, xosiyatlari va xislatlarining birlamchilarini tashkil etadi, uning tuzilishida asos bo’lib xizmat qiladi.

 

Shaxsning tavsifi faoliyat, xulq motivasiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l-atvor (oddiy stereotipdan tortib, to xalq donishmandligi namunalari) tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi alomatlar, belgilar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o’zaro ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi, ularni takomillashtiruvchi va barqarorlashtiruvchi asosiy shakl — uning jamiyatdagi shayot yo’li, muayyan iz qoldirishi va ijtimoiy tarjimai sholi shisoblanadi. Shaxsning xalqiga qilgan xizmati uning e’zozlanishiga, shattoki milliy ma’naviy boylik, tafakkur gulshani va sarchashmasi darajasiga k o’tarilishi mumkin.

 

Insonning faoliyat sub’ekti sifatidagi asosiy tavsiflari qatoriga uning bu sohadagi taraqqiyotning mashsuli — ongi (ob’ektiv faoliyatning in’ikosi sifatida (va faoliyati) voqelikning o’zgartiruvchisi tariqasida) kiradi. Inson amaliy faoliyatning sub’ekti tarzida uning shaxsiy fazilatlari va xislatlarini tavsiflabgina qolmaydi, balki mehnatning texnik vositalari va texnologiyasi, ularning kuchaytiruvchanlik, tezlashtiruvchanlik va yaratuvchanlik funksiyalari sifatida yuzaga keladi. Amaliy faoliyat umuminsoniy va yakka shaxs tajribasining bir qismi tariqasida, egallanilgan, o’zlashtirilgan, puxta tajribadan foydalanish singari namoyon bo’ladi. Nazariy faoliyatning sub’ekti bo’lmish inson o’zining bilimlari, kasbiy ko’nikmalari, aqliy malakalari bilan tavsiflanadi, qaysiki ular o’ziga xos alomatlar tizimi bilan bevosita bog’liqdir. Aqliy faoliyat ijodiyot darajasiga o’sib o’tishi natijasida ijodiy mashsullar, yangiliklar, qonuniyatlar vujudga keladi va jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi. Ajdodlar merosi va avlodlar saloshiyati mashsullarining uzviy bog’lanishi nazariy va amaliy faoliyatning o’zaro uyg’unlashuvini taqozo etadi, vasholanki, har ikkala faoliyat turida ijodiylik alomati, mashsuli ishtirok qiladi, fan va texnika rivojini ta’minlaydi. Faoliyat tajribalar bilan uzviy bog’lansa, uning samaradorligi, maqsadga yo’nalganligi,

amalga oshish imkoniyati yuksak bosqichga ko’tariladi.

 

Inson shayotida ijtimoiy hodisa sifatida armon muhim rol o’ynaydi, uning faollikka chorlaydi, harakat qilishga asosiy turtki vazifasini bajaradi. Armon inson uchun go’yoki ushalmagan orzu, g’amgin tuyg’ularning jonlashuvi, komfortga intilishga da’vat etuvchi shissiyot, ijtimoiy va yakkashol turmushni basholash mezoni, faollikka yetaklovchi motiv, ezgu niyatlar og’ushiga tortuvchi doimiy turtki, loqaydlikning oldini oluvchi ichki ruhiy imkoniyatdir. Shaxs uchun eydetik obrazlar qanchalik ahamiyat kasb etsa, barqaror iz qoldirsa, armon ham xuddi shunday xususiyatga ega bo’lib, ulardan farqli o’laroq doimiyligi, ustuvorligi, maqsadga undovchiligi bilan yuqoriroq nufuzga ega.

 

Insonning sub’ektiv xislatlari integrasiyasining yuksak shakli ijodiyot (kreasiya) shisoblanib, umumlashgan imkoniyatlar tarzida qobiliyatlar (iste’dod, iqtidor), talant va saloshiyat vujudga keladi. Odamning sub’ektiv xususiyatlari, xislatlari rivojining asosiy shakllari ruhan tayyorgarlik, start, kulminasiya va finish sanalib, insonning jamiyatdagi ishlab chiqarish va ijodiyot faoliyatlarini belgilaydi. Mazkur to’rt bosqich, to’rt mezon, taraqqiyotni basholash tizimi o’ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari, sur’ati, davomiyligi bilan bir-birlaridan ham sifat, ham miqdor jishatdan ajralib turadi.

 

Jahon psixologiyasi fanida inson sifatlari (xislatlari, fazilatlari, xosiyatlari) ni individual, shaxsga oid va sub’ektiv guruhlarga ajratilishi an’anaviy va kasbiy xususiyatga ega, chunki ular odamning yaxlitligi, bir butunligi, aloshidaligi tavsifidan iborat bo’lib, bir davrning o’zida ham tabiat, ham jamiyat jonzodi ekanligini anglatadi. Mazkur yaxlitlikning mag’zi shaxsning tuzilishidir, unda nafaqat insonning asosiy xislatlari o’zaro kesishadi va umumlashadi, balki uning ijtimoiy va shaxsiy k o’nikmalari muayyan tarkibga keltiriladi, qoidaviy xususiyat kasb etadi.

 

Bizningcha, individ, shaxs, sub’ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi ijtimoiy-psixologik holatlarga e’tibor qilinishi zarur:

  1. Inson rivojining determinatori shisoblangan asosiy omillar va hart- haroitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, shuquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash mushitining omillari).
  2. Insonning shaxsiy o’ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning rivojlanishi ichki qonuniyatlari, mexanizmlari, evolyusion negizda kamol topish bosqichlari, barqarorlashuvi va involyusiya (o’sishdan qaytish davri xususiyatlari).
  3. Insonni yaxlit, mukammal tuzilishining asosiy tarkiblari, ularning o’zaro aloqalari, shaxsning tashqi ta’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning muttasil ravishda takomillashuvi kabi faktorlar.

 

Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy, nazariy va ijodiy faoliyatining mezonlari shisoblanadi.

Chunki bevosita faoliyatni amalga oshirish jarayonida yashash mushitini va ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning ham interiorizasiya, ham ekoteriorizasiya davrlari yuzaga keladi.

 

XXI asrda individ, inson, shaxs, sub’ekt va komil insonni o’rganish turli yo’nalishlarda, vaziyatlarda, yosh xususiyatlari, aloshida yondashish negizida, o’ziga xos talshlilga, metodologik asosga suyanib olib borilishi maqsadga muvofiq. Chunki jahon psixologiyasi fanida to’plangan nazariy va amaliy xususiyatli materiallar mafkuraviy nuqtai nazardan tashlil hamda tanqid qilmasdan, balki ularni xolisona basholash, ilmiy jishatdan talqin qilish joiz. Binobarin, turli psixologik ilmiy maktablar tomonidan to’plangan natijalarning oqil jishatlarini tanlash va tadqiqotning boshlang’ich nuqtasini belgilashda ulardan omilkorlik bilan foydalanish ko’pgina ilmiy qaytatdan tekshiruvlarning oldini oladi.

 

Mustaqillik, istiqlol harofati bilan shaxsga oid qarashlar, mulohazalar moshiyati, uning mazmuni va shaklida o’zgarishlar yuz beradikim, buning natijasida erkin fikrlash, ochiq shakldagi ilmiy farazlarni ilgari surish imkoniyati tug’iladi. Respublikamizda yuz berayotgan tub o’zgarishlar xalqimiz, millatimiz ruhiyatini sifat jishatdan yangi bosqichga ko’tardi, ona yurt madshi, ajdodlar merosidan g’ururlanish, ma’naviyat durdonalaridan faxrlanish shislari vujudga keladi. Vatan va vatanparvarlik tushunchalari o’zining shaqiqiy, chinakam ma’nosini kasb etadi.

 

Kishilardagi o’ta sabr-toqatlilik, itoatkorlik, tashabbuskorlikning yetishmasligi o’rnini erkinlik, ijodiyot, mehnat, batamom istiqlolga erishish zaruriyati, oilaning butligi, to’kisligi va ularning istiqboli kabi sifatlar, fazilatlar, yuksak tuyg’ular, xislatlar egallay boshlaydi. Buning natijasida shaxsda tabiatga va jamiyatga nisbatan ideal, real, rasional va ijodiy (kreativ) munosabati o’zgarmoqda, shatto ayrim o’rinlarda borliq va voqelikdan begonalashish, uzoqlashish va yaqinlashish holatlari ro’y bermoqda. Bu holatlar ijtimoiy xususiyat kasb etib, umumbahariy ahamiyatga ega, chunki jahon mamlakatlari sivilizasiyalashish darajalari tenglashmoqda. Xuddi shu sababli ijtimoiy garmoniya tariqasida yuqoridagi ilmiy ijtimoiy-psixologik tushunchalar qator (taraqqiyot ko’rsatkichi o’zaro uyg’unlikka ega bo’lgan) mamlakatlarga bir tekis yoyilib, shayot va faoliyatning turli qatlamlariga kirib bormoqda. Mazkur asr odamlarida esa axloqiy, jismoniy va aqliy komillik belgilari, ko’rsatkichlari hamda bosqichlarining mezonlari, ularning oldiga qo’yiladigan talablarning moshiyati o’zgaradi.

 

Demakki, tabiatga va jamiyatga nisbatan sevinch, sevgi, meshr-mushabbat yuksak shislari, vatanparvarlik va Vatan tuyg’usining tarkiblari, negizi, ularni harakatlantiruvchi mexanizmlari boshqacha yondashishni taqozo etadi, zamon ruhi va nafasiga moslashishni talab qiladi. Insoniyatning bunday yuksak shis-tuyg’ulari, anglashilgan motivlari shaxsning o’qish, mehnat, sport va o’yin faoliyatlarida, bilish hamda muomala jarayonlarida vujudga kelishi mumkin. Borliqqa va jamiyatga nisbatan munosabatning o’zgarishi, uning ierarxiyasi, shakllari, maqomi va moshiyatida namoyon bo’ladi, ularga yo’naltirilgan avvalgi, eski uslubdagi motivasiya o’z ahamiyatini nisbiy jishatdan yo’qotadi.

 

Hozirgi kunda va kelajakda shaxsga sub’ektiv munosabat muammosini ijtimoiy jishatdan turmushda qaror toptirish uchun:

  1. Odam (individ) — inson — shaxs — individuallik — sub’ekt — komillik (barkamollik) ierarxiyasiga rioya qilish.
  2. Shaxsga nisbatan sub’ektiv munosabat, ya’ni unda robot sifatida majburiylik tamoyiliga asoslanib (barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan xato nazariyadan voz kechish) inson qarshilik ko’rsatishini shisobga oluvchi yondashishni yo’lga qo’yish, sub’ekt — sub’ekt aloqasini vujudga keltirish.
  3. Har qanday sub’ekt — shaxs, lekin har qaysi shaxs sub’ekt emasligi muammosini yechish. Buning uchun mustaqil fikrlashga ega bo’lish, shaxsiy pozisiyani shimoya qila olish, g’oyani amalga oshirish yo’lida to’siqlarni pisand qilmaslik, mustashkam ishonch, qat’iy maslak, iymon negizida asoslanish, intilishda irodaviya barqarorlik ustuvorligiga erishish. Dunyoqarash va uni shayotga tatbiq qilishning ob’ektiv va sub’ektiv hart-haroitlari mavjudligiga iqror bo’lish hamda uni tan olish va hokazo.

 

Bizningcha, individ, shaxs, sub’ekt va komil inson to’g’risida mulohazalar yuritilganda ularning ongsizlik, ongostlilik, onglilik va o’ta (super) onglilik holatlari bilan uzviy aloqadorligini unutmaslik lozim. Yuqorida keltirilgan atamalar ongli mavjudodga taalluqli ekanligi jahon psixologiyasi fanining ilmiy manbalarida atroflicha talqin qilingan, lekin ularning ierarxiyasi, moshiyati bayonida turlicha yondashuv shukmrondir.

 

Mazkur maqsadni chuqurroq ochishga yo’naltirilgan nazariyalar o’ta bashsli bo’lib, uning zaminida faqat ong yotishi tasdiqlanadi, xolos. Aslida esa inson ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy xotira va muayyan maqsadga asoslanib, biron-bir faoliyat inson tomonidan tashkil qilingandagina ong shaxsning ushbu faoliyatini regulyatori (boshqaruvchi) vazifasini bajaradi. Biroq odam funksional holatining o’zgarishi bilan onglilikdan ongsizlik (ixtiyorsizlik) ka o’tishi, ijod, tashabbus uning uchun muomala, faoliyat negiziga aylansa, u holda shaxs ongosti (muvofiqlashuv) holatiga asta kirib borishi mumkin. Xuddi shu boisdan shaxs bir davrning o’zida har uchala holat (onglilik, ongsizlik, ongostlilik) shukmi ostida yashashi, faoliyat ko’rsatishi, ijod qilishi, muomalaga kirishishi mumkin. Har uchala holatning omili negizida shaxsning kamoloti vujudga keladi, ularning har qaysisi bu jarayonga o’ziga xos ulush qo’shadi. Ong holatlari tabiiy ravishda bir- biri bilan uzluksiz tarzda o’rin almashtirib turadi, chunki inson ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi bosqichlar shukmi bilan yashaydi va faoliyat ko’rsatadi.

 

XXI asrda yashovchi inson ongli, ongosti va ongsizlik holatlaridan tashqari o’z-o’zini anglash imkoniyatiga ega bo’ladi. Xuddi shu boisdan o’z-o’zini anglashning quyidagi tarkibiy qismlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:

  • O’tmishdagi «Men» («o’zlik»);
  • Hozirgi «Men» («o’zlik»);
  • Bo’lg’usi «Men» («o’zlik»);
  • Ideal «Men» («o’zlik»);
  • Dinamik «Men» («o’zlik»).

 

O’z-o’zini anglash jarayoni milliy o’zligini anglash bilan uzviy bog’liq bo’lib, muayyan vaqt, muddat o’tishini, ya’ni ma’lum davrni taqozo etadi, lekin u ham evolyusion, ham revolyusion yo’l ta’sirida amalga oshishi mumkin. o’z-o’zini anglash borliq va jamiyatni in’ikos etishning yuqori bosqichi sanalib, pirovard natija sifatida yuzaga keladi, insonning donishmandligini namoyish qiladi. o’z- o’zini anglash besh tarkibdan iborat bo’lib, u o’ta murakkab jarayon shisoblanib, uning tarkiblari birin-ketin anglashinish imkoniyatiga ega emas. Chunki insonda o’zining shayoti va faoliyati yutuqlari, nuqsonlarini, xulq-atvor ko’nikmalarini, aql-idrok darajalarini, ichki imkoniyat zaxiralarini, qadriyat hamda ma’naviyat ko’rsatkichlarini oqilona basholash qurbi yetishmaydi. Shaxsda tanqid va o’z- o’zini tanqid, basholash va o’z-o’zini basholash, tekshirish va o’z-o’zini tekshirish, nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish, boshqarish va o’z-o’zini boshqarish, takomillashtirish va o’z-o’zini takomillashtirish, rivojlantirish va o’z-o’zini rivojlantirish mutanosibligi maqsadga javob bera olmaydi. Individual va ijtimoiy ongni tobora rivojlanib borishi mazkur mutanosiblikni amalga oshirishni ta’minlaydi, bu esa muayyan muddatni talab qiladi. Inson o’z-o’zini anglash jarayonida ko’pincha reallikdan boshlaydi, Hozirgi va favquloddagi holatni tashlil qiladi, shaxsiy imkoniyati bilan taqqoslaydi, ma’lum mezon yoki namuna, ibrat tanlab, unga tenglashishga intiladi. Keyinchalik esa kelajak, istiqbol rejalari uni qiziqtiradi, o’zining nimalarga qodirligi yuzasidan mulohaza yuritadi va bu borada muayyan qaror qabul qilishga erishadi, lekin uning ongliligi yoki oqilliligiga shubshalanadi. Uni bir necha marta tashlil qilish, qiyoslash, unga o’zgartirishlar kiritish, yangilash orqali bo’lg’usi «Men» iga aniqlik kiritadi va faollik mexanizmiga aylantiradi.

 

O’z-o’zini anglashning navbatdagi bosqichida shaxs o’tmishini tashlil qiladi, undagi qusurli va ibratli jishatlarni o’zaro qiyoslab ustuvorlikni topishga intiladi, bu borada ayrim siljishlarga erishadi. Ijtimoiy shayotdan u o’ziga ideal bo’luvchi shaxsni tanlaydi va undagi ijobiy xislatlar, xususiyatlar va ko’rinishlarni, ko’rsatkichlarni o’zida mujassamlashtira boradi. Shaxs o’z-o’zini anglash davomida dinamik harakatsiz shech bir narsani ro’yobga chiqara olmasligiga iqror bo’ladi, natijada uzluksiz harakatlar asta-sekin, birdaniga, tavakkaliga amalga oshirish lozimligini tushunib yetadi. Dinamik holatni basholash, tekshirish, nazorat qilish, boshqarish natijasida dinamik «Men» shakllana boshlaydi. o’z-o’zini anglashning besh tarkibiy qismi bir tekis insonning ma’naviy dunyosiga aylansa, demakki, unda mukammallik, barkamollik darajasi vujudga kelganligidan dalolatdir.

 

O’z-o’zini anglash shaxsning fazilatiga aylanishi uchun muayyan davr, vaqt, muddat talab qiladi, shuning uchun o’quvchilar, talabalar va respublikamizning boshqa fuqarolari bilan dasturiy tadbir-choralar o’tkazish orqali ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.

 

XXI asr odamlari komillikni egallovchi, ya’ni komil insonlikka intiluvchi shaxslardan tarkib topishi lozim. Komillikning bir nechta mezonlari mavjud bo’lib, unda jismoniy barkamollik, axloqiy barkamollik, betakrorlik, aql-zakovatlilik singari shaxsning ijtimoiy tarbiyaviy tarkiblari o’z ifodasini topadi. Komillikning o’ziga xos bosqichlari, ob’ektiv va sub’ektiv xususiyatli hart-haroitlari, omillari mavjuddir. Komil inson imkoniyati cheksiz, o’z iqtidori, iste’dodi, saloshiyati, qobiliyati, donishmandligi, qomusiyligi bilan o’z zamondoshlaridan sezilarli darajada ilgarilab ketuvchi, betakror, o’ta (super) ongli, biosfera va neosfera munosabatlarini anglovchi ongli zotdir (onglilikning ongliligi ustuvordir).

 

Bizningcha, bu darajaga barcha fuqarolar erishish imkoniyatiga ega emas, chunki buning ham ob’ektiv, ham sub’ektiv omillari, hart-haroitlari mavjuddir. Xuddi shu sababdan shunchaki intilish, mayl, layoqat bilan yuksak kamolot cho’qqisiga erishib bo’lmaydi, mazkur ijtimoiy holatni chuqurroq tadqiqot qilish farazlarimizni yo tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.

 

XXI asrda yashovchi odamlar insonparvarlik g’oyalarini aks ettiruvchi kishilarning timsoli sifatida shayot va faoliyatda o’z-o’zini nazorat qilish, o’z- o’zini basholash, o’z-o’ziga buyruq berish, o’z-o’zini ifodalay olish, o’z-o’zini kamol toptirish, o’z-o’zini kashf qilish imkoniyatlariga ega bo’lmoqlari lozim, bu esa o’z navbatida muayyan tarixiy davrni taqozo etadi.

 

Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisi bilan almashish, shuningdek, mustaqillik va uning ne’matlari respublikamiz fuqarolarida tub o’zgarishlarni vujudga keltirishga muhim zamin shozirlashda davom etadi. Milliy tuy g’u, milliy qiyofa, milliy xarakter, milliy ta’b, milliy kuy va raqs, milliy ma’naviyat, qadriyat ta’siri ostida o’zining tub moshiyatini aks ettira boshlaydi. Lekin bu imkoniyatdan t o’la foydalanish uchun barcha xalq yetarli darajada tayyor emas, chunki har bir shaxs ruhiyatida eshtiyoj bilan imkoniyat o’rtasida muayyan qarama-qarshiliklar shukm suradi. Har bir inson o’zining birdaniga tenglik alomatini qo’yib bo’lmaydi, chunki shaxslar orasida tafovutlar mavjud bo’lganligi tufayli «sun’iy» likka yo’l qo’yish odatdan tashqari holatdir.

 

O’tmishning boy merosi, uning ijtimoiy-tarixiy an’analari, rasm-rusumlari, marosimlari milliy istiqlol tufayli o’z egalariga qaytarilishiga qaramay, xalq uning shukmdoriga aylanishiga ruhiy jishatdan tayyor emasdir. Fuqarolarning ijtimoiy ongi asta-sekin o’zgarib borishi natijasida ulardagi etnopsixologik xususiyatlar tiklana boshlaydi, milliylik, umumbahariylik xislatlari o’rtasida adolatlilik, teng shuquqlilik aloqalari o’rnatila boradi. Baynalmilalchilik milliylik, milliy birlik xususiyatlari bilan uyg’unlashishda davom etsa, millatlararo munosabat o’zaro tushunuv, o’zaro yaqinlik, o’zaro moslik negiziga quriladi.

 

XXI asrda shaxsni shakllantirishda, axloq-odob qoidalarini ijtimoiy turmushda qaror toptirishda din, shu jumladan islom ham o’zining ijobiy ta’sirini o’tkazishda davom etadi. Diniy bilimlarning moshiyatiga tushunuvchilar safi kengayadi, ularga rioya qiluvchilar, itoatgo’ylar ko’lami ortadi, uning atributlarini qabul qiluvchilar miqdori ko’payadi. qur’oni Karim, Shadislar ta’siri shaxsni shakllantirishda muhim vositaga va harakatlantiruvchi kuchga aylanadi, iymon faollik tushunchasidan harakat, xulq regulyatori vazifasini bajarishga o’sib o’tadi, insonlar o’rtasida poklik, rostgo’ylik, samimiylik, hamdardlik, o’zaro yordam tuyg’ulari, nisbiy tenglikni keltirib chiqarishga xizmat qiladi. Shaxslararo munosabatda tenglik, jinsiy tafovutni odil basholash, shaqchillik kabi umuminsoniy xususiyatlarni tarkib toptirishda diniy adabiyotlarning roli yanada ortadi, tobora ommaviylashaveradi. Lekin din bilan fanning bir-biriga qarama- qarshi qo’yish vaziyatga barham berish ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning kafolati shisoblanadi, bunga ajdodlarimiz (Ibn Sino, Al Forobiy, Beruniy, Ulug’bek va boshqalar) tajribasi yorqin misoldir.

 

Er kurrasida ijtimoiy garmoniyaning (muvofiqlashuvning) mavjudligi, yoshlar o’rtasida g’arb sivilizasiyasiga (kiyinish, raqs, qo’shiq, xulq-atvor, begonalashish, ayrim shirslarga) nisbatan muvaqqat qiziqish, intilish, eshtiyojning shukm surishi milliylikni 25-30 yilga kechiktirish xavfini tug’diradi.

 

Milliylikning kuchayishi yetuklik davriga to’g’ri keladi, lekin shu vaqt oralig’ida ko’p narsalar boy berilgan bo’ladi, biroq mazkur uzilishni tiklash uchun avlodlar o’rtasida umumiy birlik, milliy stereotip yaratilishi zarur.

 

XXI asr boshida ham respublikamiz fuqarolarining ongidagi, fikrlash vositasidagi, turmush tarzidagi tafovutlar mavjudligi uchun ular o’rtasida tabaqalanish saqlanib qoladi. Ekologik madaniyat, biosfera va neosferaga zarar keltiruvchi ilmiy-tadqiqotlar inson aql-zakovati bilan boshqariladi, ajal qurollari o’rnini xayrixoshlik, o’zaro yordam, umumbahariy xususiyatlar egallaydi, jamiyat va tabiatni asrash odamlarning e’tiqodiga aylana boradi. Fazoviy aloqalar kengayishi natijasida fan va texnika mashsullariga muayyan aniqliklar kiritiladi, ularning rivojlanishida integrasiya jarayoni yuzaga keladi, tadqiqotlar guruhiy va jamoaviy faoliyat negizida amalga oshiriladi, bu esa millatlarning o’zaro yaqinlashishiga muhim imkon yaratadi, millatlararo munosabat tenglik asosiga qurilsa, bir millat saloshiyati ikkinchisiga ta’sir o’tkazadi, ma’naviyat namunalari bilan xalqlarning boyishi shaxs kamoloti uchun muhim negiz shozirlaydi.

 

Millatlararo ruhiy mushitning yaratilishi — fan va texnikaning rivojiga ijobiy ta’sir etadi, mutaxassislar tayyorlash sifatini zamon talabi darajasiga ko’taradi. Millatlararo fikr almashuv, tajribalar bilan o’rtoqlashuv XXI asr odamlarining mukammallik darajasi yuksalishiga beminnat xizmat qiladi.

 

XXI asrda ham odamlarning kamoloti negizi sifatida oila, maktab, ijtimoiy mushit, ishlab chiqarish o’z mavqeini saqlab qolaveradi. Shaxsni tarbiyalash quyidagi manbaalar asosida amalga oshirilishi mumkin:

  • muayyan tizimli, uzluksiz tarbiyaviy, dasturiy ta’sir orqali;
  • ideal, namuna timsolida o’z-o’zini tarbiyalash, takomillashtirish;
  • ijtimoiy mushitdagi shaxslararo munosabatda tashlil qilish, ibrat olish vositalari yordami bilan xulq-odob, fikrlash malakalarini egallash;
  • ajdodlarimiz yaratgan badiiy, falsafiy, san’at asarlarini o’zlashtirish orqali yangi xislatlarni o’zlashtirish kabilar.

 

Ta’lim va tarbiya jarayonida respublikaning tarixi, madaniyati, uzoq ajdodlarimizdan yetishib chiqqan jahongashta kishilar, ilm-fan arboblari, mutafakkir, ma’rifatparvarlar to’g’risida bilim urug’ini sochish yoshlarda g’urur va iftixor tuyg’ularini vujudga keltiradi. o’zbekistonning fan va texnikasi, unumdor tuprog’i, saxiy va zashmatkash xalqi, foydali qazilmalari, jahon va umumxalq bozoridagi paxtasi, ipagi, qorako’li salmog’ining berilishi — ularda milliy ongni o’stiradi, milliy o’z-o’zini anglashga takomillashtiradi, ijtimoiy faollikni jadallashtiradi, ularni ijodiy izlanishlar sari yetaklaydi, aqlni peshlash mashqlari vazifasini bajaradi.

 

Yoshlar o’rtasida milliy orastalik, soch o’stirish, tarash, o’rish va kiyinish madaniyati, vorislik mas’uliyati, milliy ta’b hamda didga muvofiq ravishda ish yuritish shaqida maslashatlar, ko’rsatmalar berish, amaliy uquvlar bilan qurollantirish yuqori samara beradi.

 

Ota-bobolarimizdan xalqimizga meros qolgan saxiylik, mexmondo’stlik, rostgo’ylik, tantilik, sadoqatlilik, poklik, odoblilik fazilatlari milliy xarakterning eng muhim jishati shisoblanadi. Ushbu xislatlarni ta’lim-tarbiya jarayonida yosh avlod ongida shakllantirish, ular ruhiyatini xalq durdonalari bilan boyitish, milliy qadriyatlardan oqilona foydalanishga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq.

 

Axloq va odobli bo’lish, ota-onalar va kattalarga shurmat, samimiylik, inoqlik, qadr-qimmat, vijdonlilik, iffatlilik, o’zaro yordam kabi insoniy xislatlar o’zbek xalqi ma’naviyatining ramzi sanaladi. Milliy ma’naviy boyligimizni o’quvchilar chuqur egallashlari uchun uning bebasho durdonalarini keng ko’lamda namoyish qilishimiz,bular to’g’risida yoshlar ongiga muayyan bilimlarni singdirishimiz zarur.

 

Odamlarning bir-biriga meshr-oqibat, oqilona munosabati, to’g’ri muloqoti, iltifoti, eshtiromi xalqimizning ichki go’zalligini, boy ma’naviy va ruhiy qiyofasini ifodalaydi. Xalqimizning shaqiqiy insonparvarligi, ma’naviy go’zalligi, vatan, jamiyat manfaati yo’lida jon fido qilishida, inson osoyishtaligi, baxt-saodati uchun qayg’urishida o’z ifodasini topadi. Pok qalbli, sofdil, diyonatli, vijdonli, irodali xalqimizning olijanobligi, uning tanishga ham, begonaga ham beg’araz yordam qo’lini cho’zishida namoyon bo’ladi. Xalqimizning ajoyib fazilatlaridan biri — do’stlikka sadoqatdir.

 

Do’stlik bor joyda meshru-mushabbat, vafo, sadoqat, adolat, shaqiqat qaror topadi. Bu esa o’z navbatida insonning ma’naviyati va ruhiyatiga, aql-zakovatiga tetiklik baxsh etadi, uni yaxshilik, samimiylik sari yetaklaydi.

 

O’zbek oilasida tarbiya moshiyati, mazmuni, tarbiyaning kundalik va istiqbol rejasi, bolalarga ta’sir o’tkazish vositalarini tanlash va ulardan foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida xalq an’analari yotadi. O’zbek xalqining etnopsixologik xususiyatlaridan unumli foydalanish — XXI asrda yashash nasib etgan odamlarni barkamol shaxs sifatida tarkib toptirishda muhim rol o’ynaydi. Xuddi shu boisdan ham xalqimizning milliy ruhiyatidagi bunday urf- odatlar, an’analar, udumlar kelajak avlodga obida, meros tariqasida qoldirilishi muqaddas burchdir.

 

Yuqorida sanab o’tilgan ajoyib milliy fazilatlarimizning barchasini kelajak ajdodlarimiz shaxsiyatida shakllantirish imkoniyatiga umid qilaman, o’ylaymanki ulug’vor insonning ezgu niyati, albatta ro’yobga chiqadi.

 

  1. O’zini o’zi anglash

Hozirgi zamon psixologiya fanining metodologik va nazariy muammolari qatorida qo’llaniladigan asosiy kategoriyalar, tushunchalar, ta’riflarga aniqliklar kiritishdan, tezaurus, kontekst nuqtai nazaridan ularni talqin qilishdan iboratdir. Ushbu mulohazalar moshiyatini o’zini o’zi anglash, axloq, ma’naviyat, taraqqiyot, dinamika va shaxsga oid tushunchalar to’g’risidagi qarashlar tashkil etadi. Mazkur tushunchalar o’zaro ierarxik tuzilmaga ega bo’lib, biri ikkinchisini taqozo etadi va o’ziga xos muayyan tizimni vujudga keltiradi, majmuaning markazida esa inson (shaxs, sub’ekt, komil inson) turadi.

 

Shu fikrni aloshida ta’kidlab o’tish joizki, psixologiya fanida axloqiy o’zini o’zi anglash ruhiy jarayon, hodisa, voqelik, xususiyat sifatida aloshida o’rganilmaganligi tufayli uni tashlil qilish o’zini o’zi anglash, axloq, milliy xarakter, ma’naviyat, qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog’liq ravishda amalga oshiriladi.

 

Bizningcha, ajratib ko’rsatilgan kategoriyalar, tushunchalarni o’ziga xos tarzda yoritish psixologiyani asosiy va ustuvor atamasi sanalmish shaxsni yaqqol anglash imkoniyatini yaratadi, axloqiy o’zini o’zi anglashning ijtimoiy-psixologik voqelik tariqasida aniq namoyon bo’lishini o’rganishni kafolatlaydi.

 

Axloqiy o’zini o’zi anglash «o’zini o’zi anglash» ning xususiy (aloshida) ko’rinishi, jabshasi bo’lganligi tufayli uning ruhiy tuzilishi, tabiati, o’ziga xosligi, tarkib topishi, rivojlanishi va takomillashuvi, ob’ektiv, sub’ektiv, ichki hamda tashqi hart-haroitlari, eng avvalo, o’zini o’zi anglash jarayonining ichki xususiyatlariga ko’p jishatdan bog’liq.

 

Psixologiya fanida uning nazariy, amaliy va tatbiqiy tomonlari muayyan darajada o’rganilgan, shozir ham izlanishlar davom ettirilmoqda, chunonchi

  1. Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.S.Merlin, A.N.Leontev, L.I.Bojovich, A.G.Spirkin, Ye.V.Shoroxova, I.I.Chesnakova, P.R.Chamata, K.A.Abulxanova- Slavskaya, V.V.Stolin, E.g’.g’oziev, B.T.g’affarov va boshqalar.

 

Hozirgi zamon psixologiya fanida o’zini o’zi anglashning tabiatini tushuntirishda, talqin qilishda ikki xil qarash, yondashish mavjud bo’lib, ular bir- biridan keskin darajada tafovutlanib turadi. Birinchi yondashishga qaraganda, o’zini o’zi anglash-bu o’z yo’nalishini o’zgartirgan ongning aynan o’zidir, xuddi shu bois u inson ongining maxsus ko’rinishi demakdir. Ushbu talqin sobiq sovet psixologiyasida keng tarqalgan nazariya bo’lib L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, Ye.V.Shoroxova, I.I.Chesnakova, V.V.Stolin va ularning shogirdlari tomonidan ilmiy amaliy jishatdan tadqiq qilib kelinmoqda.

 

Bu sohadagi ikkinchi mulohaza S.L.Rubinshteynning ilmiy ishlarida o’z ifodasini topgan bo’lib, keyingi davrlarda uning shogirdi K.A.Abulxanova- Slavskaya tomonidan o’tkazilgan izlanishlarda izchil ravishda rivojlantirilmoqda. Uning fikriga binoan, ong va o’zini o’zi anglash jismoniy real hamda yuridik shaxsga taalluqli xususiyatlardan iborat bo’lib, ular uning shayoti va faoliyatini vosita yoki «qurol» sifatida ta’minlab turuvchi ruhiy jarayondir. Bizningcha, ikkinchi yondashish o’zini o’zi anglashning tabiati yuzasidan to’g’ri (adektiv) ma’lumot berish imkoniyatiga ega, binobarin, metodologik nuqtai nazardan uni ilmiy-nazariy va amaliy-tatbiqiy jishatdan tadqiqot qilish yuksak ko’rsatkichlar berish mumkin.

 

Yuqoridagi o’zini o’zi anglashning ruhiy tabiati shaqidagi ikki xil munosabatning mavjudligi- uning paydo bo’lishi sabablarini, yo’nalish ob’ektini, tadqiqot predmetini turlicha yoritilishga olib keladi. Birinchi yondashashga k o’ra, o’zini o’zi anglashni vujudga kelishining bosh sababi-inson bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatning o’zaro nomutanosibligidir. Inson muayyan jamiyatda, mikro va mize mushitda yahar ekan, u xuddi shu mushitda (makro, mikro, mize) mavjud bo’lgan qonun-qoidalarga va tartib-intizomga bo’ysunishga hamda shular asosida, ularning negizida o’z xulq-atvori, munosabatlarini idora qilishga, boshqarishga majburdir. o’z xulq-atvorini va munosabatlarini o’zi idora qilish jarayoni (uquvi) esa, ularni yuzaga keltiruvchi eshtiyojlarni, xoshish istaklarni, motiv va mayllarni, maqsad va qiziqishlarni (imitasiya, identifikasiya, refleksiya bosqichlari kechishini) boshqarishdan iboratdir. Bunday ko’rinishdagi, tuzilishdagi, mazmundagi anglash va uni idora qilish psixologik nuqtai nazardan eshtiyojning individual ongdagi ifodasini hamda ular o’rtasidagi bo’ladigan munosabatlami tartibga solishni taqozo etadi. Uning paydo bo’lishining bosh sababi ham, yo’nalish ob’ekti ham ongdir, ya’ni u ongning ichki barqarorligi natijasida yuzaga keladi va barqarorlikni (ichki muvofiqlikni) shakllantirish uchun xizmat qiladi.

 

Shu narsani ta’kidlash o’rinliki, birinchi yondashishning namoyandalari talqinida ongning ichki beqarorligini vujudga keltiruvchi elementar (tarkiblar, ruhiy tuzilma qismlari) yuzasidan oladigan ma’lumotlarga qaratadi. Bunday ma’lumotlar inson tomonidan o’zlashtirilgandan keyin bir xil mazmunga ega bo’lmaganliklari tufayli o’zaro qarama-qarshilikka uchraydi, ularning o’zaro mutanosibligini ta’minlash uchun inson ijtimoiy ongiga murojaat qiladi va shu yo’l orqali ma’nolar o’rtasidagi ziddiyatni bartaraf etadi. Xuddi shu boisdan ham L.S.Vigotskiyning shaxsiy fikricha, o’zini o’zi anglash turli xil ma’nolar o’rtasida birlikni (umumiylikni) vujudga keltirish jarayoni sifatida va o’zlashtirilgan ong tariqasida namoyon bo’ladi.

 

N.Leontev talqiniga qaraganda, individual (yakka shaxsga oid) ongdagi moshiyat bilan mazmun o’rtasidagi ziddiyat o’zini o’zi anglashning sababchisidir. A.N.Leontevning shogirdi V,V.Stolinning uqtirishicha, o’zini o’zi anglashning asosida (negizida) «menlik» ning mazmunlari o’rtasidagi ziddiyat yotadi.

 

  1. Ananev izlanishlarida aks etishicha, o’zini o’zi anglashning paydo bo’lishi omili- odamning individual xosiyati, faoliyat sub’ektliligi shaxslilik xususiyatlarining tarkib topishidagi notekislik va geteroxronlikdir. Uning mulohazasiga ko’ra, o’zini o’zi anglash ana shu uchala xususiyatni o’zaro muvofiqlashtiradi va xuddi shu tariqa ongning individualligini ta’minlab turadi.

 

Amalga oshirilgan psixologik tashlildan ko’rinib turibdiki, birinchi yondashuvda o’zini o’zi anglash xulq-atvorni va munosabatlarni belgilovchi hamda idora qiluvchi mustaqil sub’ektga aylanadi, natijada real inson tadqiqot markazidan uzoqlashadi, uning o’rnini ong va o’zini o’zi angldash egallaydi.

 

Bizningcha, o’zini o’zi anglashni bu tarzda tushunish (va tushuntirish) uning psixologik tabiatini atroflicha, to’liq yoritishga imkon bermaydi va nazariy jishatdan noto’g’ri (noadekvat) xulosa chiqarishga, shoshilinch qaror qabul qilishga olib keladi.

 

Ikkinchi yo’nalishning asoschisi S.L.Rubinshteynning tadqiqotlariga asoslanib, biz o’zini o’zi anglash muammosini tadqiq etishga asosiy diqqat- e’tiborni, eng avvalo, uning sub’ektiga, ya’ni insonga-shaxsga qaratish maqsadga muvofiq, deb shisolaymiz. Ushbu fikrni boshqacha so’z bilan ifodalaganda, o’zini o’zi anglashni shakllantirishning manbai ong va undagi ziddiyat b o’lmasdan, balki insonning tarkib topishi va rivojlanishi sanaladi. Ruhiy faoliyatning maxsus holdagi (vaziyatdagi) ob’ektiv hart-haroitlar sifatida odamlarning shayoti, umumiy yashash haroiti deb yozadi S.L.Rubinshteyn, — aks ettirish faoliyatining harti shaqida gap ketganda, odamning turlicha namoyon bo’lishining, umumiy hartlari ichidan xuddi mana shu in’ikos etish faoliyatining maxsus hartini ajratib olishimiz zarur bo’ladi. o’zini o’zi anglashning paydo bo’lishini ta’minlovchi maxsus hartni aniqlash uning sub’ekti to’g’risidagi muammoni shal qilishni, muayyan yo’l- yo’riqlar va oqilona usullarga asoslanuvchi yechimni talab qiladi.

 

Jahon psixologiyasi fanida to’plangan ma’lumotlardan ma’lumki, inson (shaxs) o’zini o’zi anglashi uchun xuddi shu o’zini o’zi anglash xususiyatining (jarayonining) sub’ekti bo’lishi muqarrar.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика