Iroda nazariyasi va tadqiqoti to’g’risida tushuncha

Iroda nazariyasi va tadqiqoti to’g’risida tushuncha

Iroda nazariyasi va tadqiqoti to’g’risida tushuncha

 

Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo’lib, inson ongining moshiyatini kashf qilish jarayonidan boshlab, muayyan bilimlar t o’planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan. XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta’kidlab o’tganlaridek, faollik manbai bemashsul sohaning paydo bo’lishi deb tushunish mumkin emas, chunki uni shaxsiy kuch-quvvatining xissiy intilishi bilan uzviylikda qaramoqlik lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday tasdiqiy munosabatning tug’ilishi irodani ilmiy nuqtai nazardan tushunishni shakllantirgan bo’lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi ham. V.Vundtning mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub’ekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini xis etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U. Djemsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo’lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g’oya dastlab dinamik tendensiyaga ega bo’lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g’oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta’minlashdan iboratdir.

 

Psixologiyada yetarli darajada qat’iy fikr qaror topgankim, iroda-bu insonning qo’yilgan maqsadlariga erixishga yo’naltirilgan ongli faolligidir. Iroda tushunchasi moshiyatiga inson tomonidan maqsad qo’ya olish qobiliyati, o’z emotsiyasini boshqarish, shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish kiritiladi. V. I. Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalar chiqaradi:

 

  1. iroda- bu shaxsning o’z faoliyatini va tashqi olamdagi o’zini o’zi boshqarilish shakllarini anglashning tavsifidir;
  2. iroda-insonning yaxlit ongining bir tomoni xisoblanib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir;
  3. v) iroda-bu amaliy ong, o’zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o’zini ongli idora qilishlikdir;
  4. g) iroda-bu shaxsning xissiyoti va aql-zakovati bilan bog’liq bo’lgan xususiyatidir, ammo qaysidir harakatning motivi (turtkisi) xisoblanmaydi.

 

V.I.Selivanov irodaning psixologik jabshalarini yoritayotib, u shunday g’oyani ilgari suradi, insoning ongini jarayonlar, holatlar, xislatlarni o’zida mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki bu ongli harakati o’zining tuzilishiga ko’ra, u bir davming o’zida ham aqliy, ham xissiy, ham irodaviy xisoblanadi. Tadqiqotchi V.A.Ivannikov esa irodani motivasiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi, shuningdek, harakat ma’nosining o’zgarishi xisobiga uni tormozlovchi yoki qo’shimcha turtki yaratuvchi imkoniyat, yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi yoinki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqariluv esa harakatni «ixtiyoriy boshqariluv ko’rinishlarining bittasi sifatida» tushuniladi, bunda boshqariluv motivasiyaning ixtiyoriy o’zgarish orqali amalga oshirilishi ta’kidlaniladi.

 

Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, psixologiya fanida irodani tushunish, ta’riflash bo’yicha bir xil munosabat yaratilmaganiday, irodaviy sifatlarning ma’noviy asosini tashlil qilish yuzasidan ham umumiylik, umumiy qarashlar majmuasi mavjud emas. Jumladan, V.AKruteskiy o’z asarida irodaviy sifatlar tarkibiga sobitqadamlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi.

 

P.M.Yakobson bo’lsa, irodaning muhim sifatlarini mustaqillik, qat’iyatlilik, tirishqoqlik, o’zini uddalashga ajratadi. Insonda namoyon bo’ladigan irodaviy sifatlar sarasiga A. I. Shcherbakov mana bularni kiritadi: sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va tirishqoqlik, dadillik va qat’iyatlilik, chidamlilik va o’zini uddalashlik, botirlik va jasoratlik.

 

Lekin aksariyat ilmiy psixologik adabiyotlarda irodaviy sifatlar qatorida «ishonch» atamasi sanab o’tilmaydi. Shunga qaramasdan, ishonch iroda sifati tariqasida tadqiq etilishiga shaqlidir. Buning uchun A.I.Shcherbakov tadqiqotidan namuna keltirishning o’zi yetarlidir. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, bir talabaga institutni qisqa vaqt ( fursat) ichida tugatish taklif qilingan, lekin sinaluvchi bu ishni uddasidan chiqa olmaslikni oshkora bildirgan. Shundan s o’ng eksperimentator talabada o’z kuchiga ishonch uyg’otishga maqsad qilib qo’ygan va unda irodaviy zo’r berish, qiyinchiliklarni yengish vositalarini shakllantirgan. Buning natijasida talaba o’z maqsadiga erixishga muharraf bo’lgan.

 

Bunga o’xshash tajribalar boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham o’tkazilganligi ilmiy adabiyotlarda uchraydi. Shuning uchun ham o’z kuchiga ishonch psixologik hodisa sifatida o’rganilishi ko’pchilikni qiziqtiradi, chunki kuchli irodaviy zo’r berish qanday omillar bilan hartlanganligini kashf qilish muhim ilmiy muammo xisoblanadi. Xuddi shu bois Hozirgi zamon psixologiyasining irodaga oid nazariyasi zaifligi tufayli irodaviy sifatlarni tasniflashning asosiy tamoyili (prinsipi) ishlab chiqilmagandir. Ushbu psixologik muammoni shal qilish maqsadida V. K. Kalin irodaviy sifatlarni tasniflashga (klassifikasiyalashga) qaror qiladi. Uning nuqtai nazaricha, bazal irodaviy sifatlar irodaviy jarayonlar asosida vujudga keladi, ammo bunda uning intellektual va axloqiy jabshalari ishtirok etmaydi.

 

U bazal sifatlarni aniqlash uchun ongning quyidagicha namoyon bo’lishini tanlaydi:

  1. faollik darajasining ortishi;
  2. zarur bo’lgan faollik darajasini quvvatlash;
  3. V) faollik darajasining pasayishi.

Ana shulardan kelib chiqqan holda tadqiqotchi quyidagi sifatlarni mulohaza uchun tavsiya qiladi; g’ayratlilik, chidamlilik, vazminlik. Agarda bu jarayonda intellektual negiz ishtirok etmasa, shu narsani tushunib bo’lmaydi, qaysi shal qiluvchi qurilma xisobiga vaziyat basholanadi va harakatni kuchaytirish, quvvatlash, pasaytirish to’g’risidagi komanda beriladi. V.K.Kalin bazali tizimga kirmagan irodaviy sifatlarni ikkilamchi deb nomlaydi, chunki ularda bilimlar, ko’nikmalar, emotsiya va intellektning paydo bo’lishi mujassalashadi. Muallif qat’iyatlikni ikkilamchilar qatoriga kiritadi, vasholanki uning fikricha, u o’ziga mashliyo qiladigan xis-tuyg’ularni yengishdan, shuningdek, rad etilgan variantlardan, ishonchsizlikni to’sishdan tashkil topadi. U tirishqoqlikni ham ikkilamchi sifatlar tarkibiga kiritadi, Chunki ularda ob’ektning to’planganligi ifodasi o’z aksini topgan, ravshan shayotiy qadr-qiymat mujassamlashgan. Chidamlilik tavsifida «qo’shimcha impulslar», «qo’shimcha irodaviy zo’r berish», «iroda kuchi», «sabr-toqat» jabshalari ifodasining o’rni mavjud.

 

Chidamlilikka turtkining xususiyatlari tirishqoqlik irodaviy sifatga mos tuxish shollari uchraydi. Ye. P. Ilinning rang jadvalida tirishqoqlik sifati chidamlilikdan keyin joylashgan bo’lib, quyidagi ta’rifga ega: » Tirishqoqlik- qiyinchilikka va muvaffaqiyatsizlikka qaramasdan, maqsadga erixish yo’lida uzluksiz ravishda intilishning paydo bo’lishidir». Tadqiqotchi D. N. Ushakovning mulohazasicha, «chidam» tushunchasi quyidagi ma’no anglatib keladi:

 

  • aksil harakat qilmasdan, shikoyatsiz, shasratsiz shalokatli, mushkul, noxush holatlarni dildan kechiradi;
  • aksil harakat qilmasdan, o’zgarishlarni kutgan tarzda taqdir shaziliga rozi bo’lish;
  • biror holatga mubtalolik;
  • nima bilandir kelixish, biror ortiqcha kechinmaga parvo qilmasdan, og’irchilikni muruvvatkorona o’tkazish;
  • imkon darajada amal qilishga ko’nikish;
  • shoshqaloqlikka yo’l qo’ymaslik;
  • paysalga solishga, kutishga imkoniyat yaratish;

 

Shuni aloshida ta’kidlab o’tish joizki, tirishqoqlik, qat’iyatlik sifatlari bilan bir qatorda chidamlilikni irodaviy xislatlarning yetakchisi tariqasida tan olish, qiyinchiliklarga qaramasdan, harakatni davom ettirishga intilish tarzida tushunish muhim ahamiyat kasb etishi shak-shubshasiz.

 

Lekin og’riqqa chidash, bardoshlikka moyillik nuqtai nazardan yondashinilganda esa irodaning erkinligi ta’biri, irodaviy sohaning paydo bo’lishi va amalga oxishi moshiyati yuzasidan metodologik nuqsoniy talqin yuzaga kelishi mumkin.

 

Tibbiyot psixologiyasida ma’lumki, inson tomonidan og’riqqa bardosh berish chidamlilik sifatining vujudga kelishi, kechishi jarayonining yorqin ifodasidir. Shayot va faoliyat tajribalari ko’rsatishicha, shaxs og’riqqa ko’nika olmaydi, chunki buning negizida boshqa mexanizmlar yotishi turgan gap.

 

Fiziologik me’yorlarga binoan shaxs og’riqni sezish, idrok va tasavvur qilishning murakkab jismoniy qurilmasiga ega. Shunga qaramasdan, og’riqni inson har xil xis qilishi, unga bardosh berishi, sabr-toqat bilan boshidan kechirishi mumkin, bunda individual tafovut aniq namoyon bo’ladi. Diqqatning og’riq sezgilariga to’planishi tufayli og’riq zarbi kuchayadi-bu psixofiziologik qonuniyatdir. Xuddi shu boisdan odam og’riq sezgilariga tobe bo’lib qolmasligi lozim, aks holda u bu noxush kechinma, ruhiy holat ta’sirida uzoq muddat qolib ketishi kuzatiladi. Og’riqni boshdan kechirish jarayonida nafaqat chidamlilik zarur, balki mushkul haroitlarda faollik ko’rsatish ko’nikmasi, qiyinchilikni yengish odati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan insonlarda o’z xissiy a’zolarini, ularning harakatlarini idora qilish uquvi mavjuddir, aksincha nozik tabiatli, ichki intizomsiz, sabr-toqati zaif, mo’rt ruhiy kechinmali shaxslar chidamsizligini namoyish qiladilar.

 

Yuqorida bildirilgan mulohazalardan ko’rinib turibdiki, to shozirgacha psixologiya fanida asosiy, muhim irodaviy sifatlarni tasniflashning umumbirlik tamoyili mavjud emasligi tufayli aksariyat shollarda bir irodaviy xislat qo’shaloq atama bilan belgilanishi davom etib kelmoqda (masalan, mustaqillik va tashabbuskorlik, jur’at va dadillik, tirishqoqlik va qat’iyatlik, vazminlik va o’zini uddalash kabilar.

 

Psixologiyada irodani eksperimental o’rganishga oid qator ilmiy tadqiqotlar o’tkazilgan bo’lib, ularning ayrimlaridan namunalar keltirib o’tamiz.

 

Ko’pchilik tadqiqotchilar Ye. I. Ignatev qo’llangan metodikasi va uning natijalariga xayrishoshlik bildiradilar. Lekin muallifning o’zi uni basholashda juda eshtiyotkorlik bilan munosabatda bo’ladi. Uning mulohaza bildirishicha, ushbu metodika yetarli darajada ishonchli, irodaning tormozlashi paydo bo’lishini tadqiqot qilishda qoniqarli natijalar berishi mumkin, lekin undan «test» sifatida foydalanish ko’ngildagidek ko’rsatgichlarga olib kelmasligi eshtimoldan sholi emas.

 

Ushbu metodikaning moshiyati shundan iboratki, muskulning kuchli qisqarishidan keyin o’zining tinch holatiga qaytishdagi qarshiliklarini yengish xususiyatini tajribada tekshirishdir. Xuddi shu vaziyatda irodaviy zo’riqishni bartaraf etish namoyon bo’ladi. Muallifning ta’kidlashicha, zo’riqishdagi muskullarning qisqarishini bir lashza to’xtatib qolish irodaning hartli ko’rsatkichi tariqasida qabul qilish mumkin, chunki mazkur jarayonda inson o’z tana a’zolari muskulini ongli boshqarish o’quvi aks etadi. Ye.I.Ignatev tadqiqotida maksimal qisilishdan keyin irodaviy zo’riqishni (zo’r berishni) 5kg ortiq bo’lmagan oqirlikda pasaytirishga yo’l beriladi, uning taxminicha, bu kattalik (og’irlik) zo’riqish kuchini kamaytirmaydi va zo’r berishni vaqtincha to’xtatib qolishga ta’sirini o’tkazmaydi. Tadqiqotchi materiallarini tashlil qilishning ko’rsatishicha, muskul zo’r berishi 9-17 yoshdagi sinaluvchilarda 14 kgdan 40 kggacha o g’irlikni tashkil qiladi, zo’r berishning 5kg kamayish doirasi maksimal holatga nisbatan 35,7 prosentdan to 12, 5 prosent miqdorlarda mujassamlashadi.

 

Iroda sifatlarini tadqiqot qilishga intilgan V. I. Makarova test o’rnida gimnastik stoldan matga (gollandcha, inglizcha «mat»-polga yoziladigan matoga sakrashni tanlagan, chunonchi: oldingi 180 ? aylanish bilan old tomonga, orqaga. Tajriba davomida tomir urishi, tayyorgarlik vaqti, mimika, gavda holat, barmoqlarni bukish qayd qilib berilgan.

 

Shunday qilib, irodaviy sifatlarni aniqlash va basholash metodlari o’zlarining rang-barangligi bilan tavsiflanadi. Tadqiqotchilar o’z faoliyatlarida harakatlaming odatiy va qiyinlashtirilgan haroitlardagi xususiyatlari, ulaming mashsuldorligi kabi hodisalarni qayd qilish imkoniyatiga ega bo’lganlar To’plangan ma’lumotlar taxlilining ko’rsatishicha, iroda motivlarda, maqsadlarda, o’zini o’zi basholashda, harakatlarda, faoliyatda o’z ifodasini topar ekan. Xuddi shu bois iroda- bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan qiliqlarni va harakatlarni inson tomonidan ongli boshqarishdir.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика