Biznesda Yomon natijalarni ratsionallashtirish

Biznes reja

Yomon natijalarni ratsionallashtirish

 

Balki bu muammo oldingilariga o‘xshab juda ko‘zga tashlanmas, lekin u juda ko‘plagan bizneslarni yo‘q qilgan va hozir ham yo‘qotyapti.

Sizning jamoangizda kimdir yomon natijalar ko‘rsata boshlasa, siz uni oqlash uchun sabablar topa boshlaysiz, shundaymasmi? O‘zi unchalik yomon odam emas, u to‘g‘rilab oladi, unga yana bitta imkoniyat berish kerak va shunga o‘xshashlar. Lekin bunday sharoitlarning sira oxiri ko‘rinmaydi. Bu bilan siz yomon natijalarni ratsionallashtirasiz. Og‘ir qarorni qabul qilishdan ko‘ra uni cho‘zish yaxshida. Lekin bu bilan siz qancha uzoq muddat shug‘ullansangiz, shunchalik ko‘proq yomon natijalarni olishda davom etaverasiz.

 

Demokratiya va biznes

 

Javobgar shaxsning yo‘qligi – har qadamda uchrab turadigan muammodir. Rahbar bitta xodimni javobgar deb hisoblaydi – u esa boshqasini. Uchinchi kishiga esa baribir, uning maoshini berishsa bo‘lgani.               Hamma javobgar bo‘lsa, demak hech kim javobgar emas. Agar olg‘a yurishga faqat bir kishi javobgar bo‘lsa, mashina olg‘a harakat qiladi. Buning ustiga istagan paytda yomon haydovchini yaxshisi bilan almashtirish mumkin. Lekin mashinada 10 haydovchi bo‘lsa va mashina joyidan jilmayotgan bo‘lsa, sharoitni o‘zgartirish va kimgadir javobgarlikni yuklashning o‘zi og‘ir ishdir.

Bu yerda demokratiya ish bermaydi. Har bitta maqsadga erishish va har bitta bosqich uchun bir kishi javobgar bo‘lishi kerak. Shundagina kompaniyada rivojlanish va olg‘a harakat qilish uchun imkoniyat paydo bo‘ladi.

Samarali biznes muhokama qilishlarini yoqtirmaydi. Ayniqsa hech qanday naf yo‘q “ekspertlar” tomonidan. O‘ylab topdingizmi – shu zahoti bajaring. Natija oldingizmi — uni baholang. Yoqmadimi – keyingi g‘oyaga o‘ting. Yoqdimi – qaytaring va oxirigacha yetkazing. Rejalashtirish, muhokama qilish va boshqa turli intellektual onanizmlar bilan shug‘ullanish uchun turli komitetlar yig‘ish bilan shug‘ullanmang.

Bu degani, xodimlaringizga ijod erkinligini, ayrim qarorlarni qabul qilishlariga imkon bermaslik degani emas. Lekin demokratiyani muhokama qilish va rejalashtirish uchun haddan tashqari ko‘p vaqt ketadigan darajagacha olib borish kerak emas.

Muvaffaqiyatning haqiqiy qoidasi: demokratiyani esdan chiqaring, qaror qabul qilishni o‘z qo‘lingizga oling va buni qat’iy va tez amalga oshiring. Hatto ishonch bilan xato qilishingiz kerak!

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика