Biznesda Xodimlarni boshqarish

Biznes reja

Xodimlarni boshqarish

 

Mening xodimlarim – javobgarlikni his qilishadi.                                                          (Dam olish kuni kechqurun kafeda ularning nima

deyotganliklarini bir eshitib ko‘ring)

 

O‘rtacha kompaniyaning rahbaridan uning xodimlari haqida so‘rasangiz, undan standart javobni olasiz – mening xodimlarim yaxshi. Ha, albatta ular ayrim vaqtlarda hatoga yo‘q qo‘yishadi, lekin umuman olganda ular javobgarlikni his qilishadi, umumiy ish uchun kuyinishadi, kompaniyaning rivojlanishidan manfaatdorlar.

Aslida esa, sharoit buning umuman teskarisi bo‘ladi. Buni kompaniyaning o‘zida o‘tirib, bilish juda qiyin. Chunki sichqonlar juda aqlli bo‘lishadi, mushuk yaqin orda bo‘lgan paytda ular o‘zlarini zo‘r berib ishlayotgandek ko‘rsatishadi.

Boss ofisdan chiqishi bilan hamma narsa o‘zgaradi. Sekretarka “jonga tegib ketadigan mijozlar” yana uning joniga tegmasligi va karta o‘yinidan chalg‘itmasligi uchun trubkani olib, telefonning yoniga qo‘yadi. Menejerlar ijtimoiy saytlarga kirib, bir-birlarining rasmlariga baho berishni boshlashadi. Ichki xizmatlar xodimlari choy ichishga yoki chekib kelishga ketishadi.

Sir shundaki, 95% xodimlaringiz sizning bevosita nazoratingiz ostidagina intizomlidirlar. Korxonaning kelajagi ularni oladigan daromadlari miqdoridagina qiziqtiradi. bundan ortiq emas.

Albatta, istisnolar uchrab turadi – haqiqatan ham aktiv va intizomli odamlar bor, lekin ular juda kamchilikni tashkil qiladi. Faqat ularga ishonib korxona tashkil qilish kerak emas.

Biznesmen va xodimlar orasidagi munosabatlar

Juda kamchilik biznesmenlargina kompaniya xodimlari va biznes egasi o‘rtasidagi munosabatlar dushmanlikdan iboratligini tan olishadi. Ko‘picha xodimlar firma maqsadlariga sodiq, uning rivojlanishi uchun xizmat qilishi, xodimlar – “bizning do‘slarimiz” va shunga o‘xshash gaplarni eshitish mumkin.

Aslini olganda ushbu munosabatlarda boshidanoq nizo yashiringan – siz rahbar sifatida ularga o‘zlari qilishni istagan va rejalashtirgan ishlarini qilishlariga xalaqit berasiz. Ular ish kuni bo‘yi qilishi shart bo‘lgan ishlarni qilishlariga majburlash bilan ularning rejalarini buzasiz. Hatto ular aql bilan shunday bo‘lishi kerak va bu adolatdan ekanligini bilsalar ham, vaqti-vaqti bilan hissiyotlar ustun keladi va siz ularning oyog‘iga kirgan tikan ekanligingizni aytishadi.

Bu sizning xodimlaringiz yomon odamlar ekanligini bildirmaydi. Ularning oilasi, do‘stlari, shaxsiy muammolari va ko‘ngil ochishlari bilan bog‘liq muammolari firmaning vazifalariga qaraganda kamroq muhim deb hisoblashingiz soddalik yoki ahmoqlikdir.

Siz biznes egasi sifatida eng ko‘p o‘ylaydigan fikringiz: “Qanday qilib ko‘proq pul ishlab topish mumkin? Foydani oshirish uchun nima qilish kerak?”

Bu vaqtda sizning ofisingizda o‘tirgan xodimlar nima haqida va qaysi tartibda o‘ylashadi? Quyida prioritetning pasayib borish tartibida berilgan taxminiy ro‘yxat:

– Dam olish kunini qayerda va qanday o‘tkazsam ekan?

– Bolalar nima qilishayotgan ekan?

– Bugun ishdan keyin qayerda va kim bilan o‘tirsam ekan?

– Kreditning navbatdagi to‘lovi uchun pulni o‘z vaqtida topa olarmikanman?

– Bugun uyga nima sotib olib borishim kerak edi?

– Kim kim bilan yotib turyapti?

– Menga mukofot berisharmikan yoki yo‘qmi?

– Ofisda kim bilan va kimga qarshi do‘stlashishim kerak?

– Navbatdagi korporativ tadbir qachon bo‘lar ekan?

– Bugun ishdan ertaroq keta olarmikanman, yo keta olmay qolamanmi?           – Ertaga o‘z vaqtida kelishim shartmikan?

– Korxona qanday qilib ko‘proq pul ishlab topishi mumkin?

Ushbu ro‘yxatni o‘qib chiqib, ayrim biznesmenlarning jahli ham chiqadi: «Bu noto‘g‘ri, mening xodimlarim bunday emas, ular bizning biznesimizning rivojlanishi uchun jonlarini berishadi…» Shu yerda to‘xtating. Albatta, sizga korxonangizning taqdiri haqida qayg‘uradigan kamyob xodimi bo‘lishi mumkin. Lekin, barcha xodimlaringiz biznes haqida uning egasichalik qayg‘urishadi deb o‘ylash eng kamida soddalikdan boshqa narsa emas.

Bu sirkdagi otlar bugungi tomoshaga sotilgan biletlarning soni haqida qayg‘urishiday gap. Ular uchun qanday yaxshi sharoitlar yaratsangiz ham ularni, birinchidan, mazali ovqat, ikkinchidan ularning o‘zlarini yeb qo‘ymasliklari,                 uchinchidan quyoshli kunda o‘tloqda shataloq otish qiziqtiradi. Eng oxirida, ongining bir chekkasida – bugun qancha bilet sotildi degan fikr bo‘ladi. Hatto ular o‘zlarining yashash sharoitlari shunga bog‘liq ekanligini bilsalar ham shunday bo‘lishi aniq.

Siz uchun biznes hayotingizning eng asosiy tashkil qiluvchisidir. Ular uchun esa bunday emas. Siz sirk egasisiz, ular esa – otlardir. Ularning nuqtai nazaridan siz ularning bor kuchi bilan ishlashga majbur qilib, ularning hisobidan boyib boryapsiz va bunda ularga shuncha og‘ir ishlari uchun arzimagan chaqalarni beryapsiz.

Siz har bitta mijoz uchun kurashasiz, u qoniqish hosil qilishi, o‘zini sizning ofisingizda uzoq kutilgan mehmonday his qilishi uchun qancha bo‘lsa ham vaqtingizni sarflaysiz. Xodimlaringiz esa ish kuni oxiriga 10 daqiqa qolganda hech kim kelmaydi deb hisoblashadi. Hatto kimdir kelsa yoki qo‘ng‘iroq qilsa ham uni shoshirishga va bir necha daqiqa oldin uylariga yoki do‘stlari bilan pivo ichishga ketishga shoshilishadi.

Hatto, xodimlaringiz foydadan foiz oladigan bo‘lsa ham, baribir shunday bo‘ladi. Magazin soat 7 da yopiladigan bo‘lsa va hozir soat 6:59 bo‘lsa ham sizning chiqib ketishingizni so‘rashadi. Bunda sizning ancha narsa sotib olishingiz mumkinligi va bunda menejerning o‘zi ancha pul ishlab olishi mumkinligi ham muhim emas. Shunchaki sizga ko‘proq vaqt kerak bo‘lganligi muhim bo‘lyapti. Eng yaxshi holatda sotuvchi sining yoningizda “qachon sotib olarkan yoki ketarkan, do‘stlarim kutib qolishdi” degan bashara bilan yuradi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика