Biznesda Tadbirkor evolyutsiyasi

Biznes reja

                Tadbirkor evolyutsiyasi

 

Har bitta tadbirkor biznesda professional biznes egaligining bir nechta bosqichidan o‘tadi.

1-bosqich: “hammasini o‘zim qilaman – hech kimdan yaxshiroq qila olmaydi”

Hali tajriba yetishmaydigan boshlang‘ich bosqichda biznesmen aynan mana shu printsipga asoslanadi. Haqiqatan ham siz ushbu vazifalardan birortasini juda yaxshi bajarasiz:

– mijozlarning telefonlariga javob berish;

– hisoblar yozish, to‘lovni amalga oshirish;

– moliyaviy hisobot yuritish va hujjatlarni tayyorlash;

– mahsulotlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanish;

– mahsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanish;

– buyurtmani shaxsan bajarish va xizmat ko‘rsatish;

– mahsulot va xizmatlarning reklama va marketingi bilan shug‘ullanish.

Muammo shundaki siz har safar bu bilan shug‘ullanganingizda biznesning asosiy jarayonida qatnashasiz va o‘z biznesingizga bog‘liq bo‘lib qolasiz. Qancha ko‘p kundalik ishlar sizning bo‘yningizda bo‘lsa, biznesingiz shuncha ko‘p vaqtingizni oladi.

Jarayonlarni o‘zgartirish haqidagi fikr hammadan oldin kelish va hammadan keyin ketish joningizga tekkan vaqtda kela boshlaydi. Buning ustiga dam olish kunlari ham telefonda bo‘lishingiz kerak bo‘ladi.

Aynan shundan keyin yangi odamlarni ishga olasiz va professional biznes egasining rivojlanishidagi ikkinchi bosqichga hos bo‘lgan yangi muammolar paydo bo‘la boshlaydi.

2-bosqich: biznesni shaxsan boshqarish

Ikkinchi bosqichda siz kundalik ishlarga va asosiy jarayonda qatnashishga tobora kamroq vaqt sarflay boshlaysiz hamda ko‘proq o‘z xodimlaringizni boshqarish va nazorat qilish bilan shug‘ullana boshlaysiz. Xodimlaringiz esa bu vaqtda:

– ishni sizdan yomonroq bajarishadi;

– ularga aytilgan ishni qilishmaydi;

– hech nima qilishmaydi, lekin maoshni qaysi kuni berishingiz kerakligini bilishadi;

– vaqtni o‘tkazib yuborishadi va sizning qarorlaringizga qarshilik qilishadi;

– sizning doimiy tepkilashingizsiz ishlashmaydi;

– mijozlarga qo‘pollik qilishadi va yetkazib beruvchilar bilan janjallashishadi.

Bularning hammasi sizning joningizga tekkanida barcha ishyoqmaslarni            ishdan haydaysiz va hamma ishni o‘zingiz qilgan vaqtlaringizga                            qaytasiz yoki biznesni tizim orqali boshqarish printsipini tushunib olasiz.

3-bosqich: biznesni tizim orqali boshqarish

Siz odamlarni boshqarishingiz kerak emas. Barcha jarayonlar va munosabatlarni tizim boshqaradi, siz esa faqat uni takomillashtirish ustida ishlaysiz.

Biznesni tizim orqali boshqarish professional biznes egasining rivojlanishidagi uchinchi bosqichga xosdir. Siz o‘zingizni sotishdagi va boshqa jarayonlardagi tajribangizni xodimlaringizga og‘zaki shaklda emas, balki mijozlar bilan ishlashdagi reglamentlar shaklida berasiz. Siz e’tirozlar va ularga beriladigan javoblarning shablonlarini belgilaysiz va       xodimlaringiz samaraliroq ishlay boshlashadi. Reglamentlarda buyurtmaning o‘tish vaqti, mijozlarning talab va takliflarini olish tartibi va boshqalar keltiriladi.

Aynan mana shu bosqichda sizda biznesda shaxsan qatnashishingizni kamaytirish va biznesni shaxsan boshqarishdan uni reglamentlar, lavozim yo‘riqnomalari                                     va boshqa tizim elementlari asosida instruktiv boshqarishga o‘tish imkoniyati paydo bo‘ladi.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика