Biznesda Raqobatchilar – bu dushmanlardir!

Biznes reja

Raqobatchilar – bu dushmanlardir!

 

(Dushmanlar bilan do‘stlik foyda keltirishi mumkin)

 

Ko‘pchilik boshlovchi biznesmenlar va hatto tajribali biznesmenlar ham raqobatchilarni yaxshi ko‘rishmaydi yoki ulardan qo‘rqishadi. Haqiqatda esa raqobatchilardan shaxsiy boyish yo‘lida foydalanish mumkin va bu kerak ham. Raqobat do‘stligi (hamkorlik) raqobat kurashiga qaraganda ancha foydali. Agar firmangiz atrofida boshqa raqobatchi firmalar bo‘lsa, ular bilan dushmanlik qilgandan ko‘ra ma’lum kelishuvlarga erishishingiz ancha foydalidir.

Ko‘pchilik sohalarda mijozlarni o‘zaro almashlash sxemalaridan foydalaniladi. Ayniqsa bu ko‘chmas mulk sohada ko‘proq qo‘llaniladi. Agar birorta firma bilan mijoz orasida kelishmovchilik paydo bo‘lsa (boshqaruvchi yoqmay qolgan), mijozni raqobatchi firmaga ma’lum komission mukofot evaziga beriladi.

Siz bilan hamma sohada raqobat qilmaydigan firmalar bilan hamkorlik qilish yanada foydaliroqdir. Sizning mijozlaringiz sizning mahsulotlaringizga qo‘shimcha ravishda yana nimalar sotib olishlarini

aniqlang. Masalan, siz mijozingizga santexnika mollarini sotsangiz, ularga uyni ta’mirlash va qurilish bilan bog‘liq boshqa narsalar ham kerak bo‘lishi mumkin. Ular shundog‘am ularni sotib olishadi. Nimaga endi bundan foydalanmaslik kerak? Buning ustiga siz ushbu mijozga ham yordam berasiz, chunki bitta yetkazib beruvchi bilan ishlash ancha qulaydir.

Siz boshqa kompaniyalarning mahsulotlarini (jumladan sizda yo‘q mahsulotlarni                        sotuvchi raqobatchilaringizning mahsulotlarini ham) ma’lum komissiya evaziga sotasiz, mahsulotni yetkazib berish va servis xizmatni ularning o‘zlari ko‘rsatishadi.

Huddi shuningdek ma’lum foiz evaziga siz o‘zingizning mahsulotlaringizni ham ularga taklif qilishingiz mumkin. Yuqoridagi santexnikani yana misol keltirsak, uylarning ta’miri, mebelь ishlab chiqarish                          va boshqa ta’mirga oid mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga o‘z mahsulotlaringizni sotishni taklif qilishingiz mumkin. Bu, birinchidan, sizning sotish hajmingizni oshiradi – chunki hamkoringiz sizning                                mahsulotlaringizni ham sota boshlaydi, ikkinchidan, hamkoringizning mahsulotlarini sotishingizdan daromadingiz oshadi, uchinchidan, sizning mijozlaringiz bazasining oshishiga olib keladi. Qolgan foyda olish yo‘llarini aytib o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak?                 Hamkorlik, jumladan raqobatchilar bilan, sotuvning jiddiy oshishiga olib kelishi mumkin. Bu bilan siz hamkorlaringizning mijozlari    hisobiga o‘zingizning potentsial mijozlaringiz sonini oshirasiz, hamkorlaringizning mollari hisobiga taklif qilinayotgan mahsulotlar va xizmatlar assortimentini oshirasiz. Ushbu yondashuvni aql bilan amalga oshirishingiz hisobiga sotuv hajmini 20-30% ga oshirish mumkin.

Raqobatchilarda pul ishlash kerak

Mijozlar va raqobatchilar bilan jang qilish emas, ularda pul ishlash kerak. Huddi shuningdek ularga sizning yordamingizda pul ishlab olishlariga ham imkon berish kerak.

Agar siz boshqa odamlarga sizda pul ishlashlariga imkon bersangiz, ular sizning 10% ingizni xursand bo‘lib olib kelib berishadi. Ya’ni mijozlarning daromadining oshishi ustida ishlash kerak bo‘ladi.

O‘z vaqtida Uolt Disney shunday degan ekan: “Mening qilgan ishlari ichida eng muhimi – atrofimdagi odamlarning talantlarini biror maqsadga erishish uchun yo‘naltirganimdir”.

Agar siz raqobatchingiz yoki mijozingizga sizda anchagina pul ishlab olishiga va sizning kassangizga foydaning bir qismini komissiya tarzida topshirishiga imkon yaratsangiz, juda ajoyib bo‘ladi! Bozor kengayadi, siz ekspertga aylanasiz va odamlar sizga tomon talpina boshlaydi. Bundan foyqat foyda olasiz, zarar ko‘rmaysiz!

Bu yerda bittagina minus bo‘lishi mumkin – bu ham bo‘lsa “Ular menda pul ishlashyapti, bu pullarni mening o‘zim olishim mumkin edi” degan                      fikringizdir. Bu esa sizning ishingiz orqaga ketishining boshlanishidir. Agar bunday fikrlar paydo bo‘lsa, bilingki, siz boshqa tomonga ketyapsiz.                   Muvaffaqiyatning haqiqiy qoidasi: raqobatchilardan qo‘rqishni to‘xtating, ularda potentsial hamkorlarni ko‘rishni boshlang.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика