REVMATIZM KASALLIGI.
Revmatizm nima? Kasallik haqida umumiy ma’lumot
Revmatizm — bu tanadagi barcha to’qimalarning tizimli yallig’lanishi, asosan yurak qobig’ida lokalizatsiyalanadi. Ayniqsa, organizmdagi yurak, bo’g’im va teri osti biriktiruvchi to’qimalari kasallanishga moyil bo’ladi. Revmatizmni odamlar orasida tez-tez uchrab turadigan oddiy angina keltirib chiqarishi mumkin. Tonzillit o’zi o’tkir shaklda, istma, bosh og’rig’i bilan kechsada, revmatik isitmada yallig’lanish surunkali yurak klapani shikastlanishiga olib keladi, bu esa o’tkir kasallikdan ko’p yillar o’tib nogironlik yoki o’limga olib kelishi mumkin.
Odatda revmatizm 5 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarga ta’sir qiladi, ammo kattalar ham kasal bo’lib qolishi mumkin. Revmatizmning dastlabki alomatlari ko’pincha anginadan 1-5 hafta o’tgach paydo bo’la boshlaydi. Revmatik hujumlar odatda uch oy davom etadi, juda kamdan-kam hollarda ular olti oydan ko’proq.
Hozirgi kunda revmatizm rivojlanishining uchta asosiy sababi ajratiladi:
Boshdan o’tkazilgan kasalliklar. Kasallikning rivojlanishiga A guruh streptokokklari ta’sir ko’rsatadi. Agar kishi A guruhi streptokokklari infektsion kasalliklari bilan bir necha marta hastalangan bo’lsa, patologik jarayon rivojlanishi ehtimoli mavjud bo’ladi, natijada esa revmatizm yuzaga kelishi mumkin. Biroq, bemorda streptokokkning qay serologik kichik guruhi qayq qilinganligi muhim ahamiyatga ega. Ba’zi hollarda gemolitik A guruh streptokokk bilan bir marta kasallangandan keyin ham revmatizm rivojlanishi mumkin. Ayniqsa, agar bemor, masalan, O`RVI bilan kasallangan bo’lsa va tegishli davolash choralarini ko’rmayotgan bo’lsa, revmatik shikastlanishlar rivojlanishi xavfi ortadi.
Allergiya. Allargik reaksiya ham bevosita streptokokkning o’zi tomonidan, ham u ajratadigan moddalar (toksinlar va ferment oqsillar) tufayli sodir bo’lishi mumkin. Toksinlar qon oqimiga kirib, butun tana bo’ylab tarqalganligi uchun, immunitet javobi ham tizimli bo’lishi kerak. Ammo, bunday immunitet javobi natijasida ko’proq yurak va bo’g’imlarga zarar yetadi. Revmatizmning surunkali shakli streptokokk infektsiyasi bilan bog’liq emasligini e’tiborga olish kerak. Surunkali revmatizmda qonda streptokokklarga qarshi antitanalar aniqlanmaydi.
Irsiy moyillik. Birdan aytib o’tish kerak, revmatizm nasldan-naslga uzatilmaydi. Biroq, streptokokk bilan kasallanganda revmatizm rivojlanishiga bo’lgan yuqori moyillik nasl surishi mumkin.
Revmatizm — yakka kasallik emas. Ko’pincha u boshqa patologiyalar bilan «qo’shnilik» qiladi, chunki streptokokklar ajratadigan zararli moddalar va immunitet antitanalari ko’plab a’zolarga va tizimlarga zarar yetkazadi va bunday namoyon bo’lishlarning hammasi revmatizm shakllari deb hisoblanishi mumkin.
Revmatizmning birinchi alomatlari kasallikni aniqlash imkonini bermaydi. Ular streptokokk shikastlanishli boshdan o’tkazilgan yuqori nafas yo’llarining infektsiyasidan (faringit, laringit, tonzillit) 2-3 hafta o’tib namoyon bo’ladi. Tasvir shamollashning qaytalanishi kabi ko’rinadi. O’tkir revmatizmning alomatlari tana haroratining ba’zan 40 darajaga qadar ko’tarilishi, pulsning tezlashuvi, varaja, ko’p terlash, kuchsizlik, bo’g’imlarning shishganligi va og’rishi kabi namoyon bo’ladi. Dastavval eng katta va eng faol ishlatiladigan bo’g’imlarga zarar yetadi.
REVMATIZMNI DAVOLASH
BITSILLIN
Revmatizm — bu aralash immunitet-bakteriologik tabiatga ega bo’lgan patologiya. Shuning uchun revmatizmni davolash qiyin va uni batamom davolab bo’lmaydi. Kasallikning asosiy manbai streptokokk bakteriyalari bo’lganligi sababli (immun reaktsiya esa ikkilamchi va yot organizm «hujumi»ga javob hisoblanadi), davo choralarining asosiy maqsadi bakteriyalarni bartaraf etish va ularning hayot faoliyati va parchalanishi natijasida ajralib chiqqan moddalarni tezkor chiqarib tashlashga qaratilgan bo’ladi.
Ushbu kasallik qo’zg’atuvchisiga qarshi kurashish uchun bosh (va asosiy) preparat bu bitsilindir. Bitsilin penitisilin qatoridagi antibiotik bo’lib, oddiy penitisilinga qaraganda uzoqroq ta’sir qiladi.
Antibiotikli davolashning birinchi (faol) bosqichi 10 kundan 14 kungacha davom etadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, bundan kam muddat maqsadga muvofiq bo’lmaydi, chunki infektsiya saqlanib qoladi, bundan ko’proq muddat esa befoyda, chunki streptokokk antibiotikni parchalovchi moddalar ishlab chiqara boshlaydi, antibiotik esa bemorning o’ziga zarar yetkazadi.
Undan keyin ikkinchi (passiv) bosqich boshlanadi. Bitsillinni og’iz orqali ichish tugaganidan uch hafta o’tgach, xuddi shunday preparat bemorga mushak ichiga kiritiladi. Bunday davolash 5-6 yil davom ettirilishi kerak (har 3 haftada 1 ta in’yektsiya), bu retsidiv ehtimolini kamaytirish va yurakda asoratlar rivojlanishini oldini olish uchun zarur.
ASPIRIN
Tibbiy amaliyotda asetilsalitsil kislotasi o’zini yaxshi tavsiya etdi. Aspirin qabul qilish ko’p qarshi ko’rsatmalarga ega (homiladorlik va emizish davrida, tomirlar sinuvchanligi, ovqat hazm qilish a’zolari bilan muammolar), lekin revmatizmning bunday terapiyasi kasallikning bo’g’imli va nevrologik shakllarida sezilarni naf beradi. Aspirin og’riqni bartaraf qiladi va bo’g’imlarda yallig’lanishni kamaytiradi. Birinchi ikki hafta maksimal ruxsat etilgan dozalarda olinadi.
Terapiyaning asosiy davridan so’ng, aspirin 2 g / sutka dozasida yana 30 kun davomida qabul qilinadi.
GORMONAL PREPARATLAR
Revmatizmning jiddiy kechayotgan shakllarini davolashda maksimal ruxsat etilgan dozada prednizolon qo’llaniladi.
UMUMIY TAVSIYALAR
Agar kasallik yengil kechayotgan bo’lsa, 10 kungacha bo’lgan yarim yotoq tartibi belgilanadi. Agar kasallik jiddiy kechayotgan bo’lsa, har qanday harakat faolligini istisno qilish kerak, chunki u jarayonni yanada kuchaytiradi. Bir oygacha muddatga yotoq tartibi belgilanadi.
Davolashning samaradorligini baholash uchun laboratoriya tahlillari o’tkaziladi. Ko’rsatkichlar normal darajalarga yaqinlashganida, yotoq tartibini bekor qilish mumkin. Agar kasallik o’ta jiddiy, yurak ritmining yorqin buzilishlari, bo’g’imlardagi og’riq bilan kechayotgan bo’lsa, ikki oygacha muddatga statsionar davolanish kerak.
REVMATIZMNING ASORATLARI
Miyaning shikastlanishi. Revmatizmli yurak kasalliklari, masalan, miokardit (yurak mushaklari yallig’lanishi), endokardit (yurak ichki qoplamining yallig’lanishi) va perikardit (yurak tashqi qobig’ining yallig’lanishi) kabi asoratlar rivojlanishi mumkin. Og’ir hollarda o’lim yuz beradi.
REVMATIZMNI OLDINI OLISH
Bir haftadan ortiq tomoq og`risa bo’lsa, shifokorga murojaat qiling, chunki tomoq A guruh streptokokklar tomonidan infektsiyalangan bo’lishi mumkin. Yashash joyingizda yaxshi sanitariya sharoitlarini ta’minlash va ko’p odamlar yig’ilgan joydan qochish tavsiya etiladi. Tananing tabiiy mudofaasini rag’batlantiring. Ovqat tayyorlashni boshlashdan avval qo’lingizni yaxshilab yuving, ayniqsa aksa ursangiz yoki yo`talsangiz. Shu orqali siz anginani keltirib chiqaruvchi bakteriyalar tarqalishining oldini olasiz.