BUYRAK SHAMOLLASHI

DAVOLASH

BUYRAK SHAMOLLASHI.

Buyrak shamollashi — sovuq ta’siri ostida yuzaga keladigan buyrak to’qimalarining turli xil yallig’lanish jarayonlari tushuniladi. Past haroratlar tomirlarning kuchli torayishiga olib keladi, bu kislorod, ozuqa moddalari va boshqa kerakli tarkibiy qismlarning o’tishini qiyinlashtiradi. Natija — hujayralarning o’limi yoki funksiyasining buzilishi.

Qon ta’minoting yetishmasligi, dimlanishli o’zgarishlar natijasida viruslar va bakteriyalarning ko’payishi uchun qulay muhit yaratiladi. Sovqotish fonida ko’pincha buyraklar parenximasi, kapillyarlari va koptokchalarining yallig’lanishli kasalliklari yuzaga keladi.

Natijada, bakterial infektsiya belgilari paydo bo’ladi:

Varaja qilish;

Harorat oshishi;

Bosh og’rig’i;

Holsizlik;

Zaiflik.

BUYRAK SHAMOLLASHINING ASOSIY ALOMATLARI VA BELGILARI

Buyrak to’qimalariga sovuq ta’sirining dastlabki belgisi yallig’lanishdir. Buyrakdagi yallig’lanish jarayonining tashxis mezonlari:

Ko’ngil aynishi.

Kuchli terlash.

Beldagi og’riq.

Og’riqli, quyuq, ko’p miqdorda siyish.

Siydikda aralashmalar mavjudligi.

Qorin devori, orqaning bel qismi mushaklarining tarangligi.

Har bir alomat o’ziga xos emas, lekin birgalikda kuzatilganida yuqori darajadagi ehtimollik bilan buyrak kasalligini taxmin qilish mumkin. Yallig’lanishli o’zgarishlar Asta-sekin shishish, filtraysiyaning buzilishi, koptokchalardagi o’zgarishlarga olib keladi.

BUYRAKLAR SHAMOLLASHINI KONSERVATIV DAVOLASH USULLARI

Davo tamoyillari quyidagilar:

Yallig’lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish: ibuprofen, diklofenak, nimesulid.

Buyrak ichki qon oqimini me’yorlashtirish uchun malhamlar surtish.

Adaptogenlar, multivitaminlar.

Simptomatik davolash.

Sanatoriya-kurortli terapiya.

Antiretsidiv chora-tadbirlar.

Oldingi bosqichlarni qo’llashdan samara bo’lmasa, gormonal dorilar belgilash.

Fitoterapiya: qichitqi, na’matak, shavel, «buyrak choyi».

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика