QUDDUS MUHAMMADIY

QUDDUS MUHAMMADIY HAQIDA

QUDDUS MUHAMMADIY

QUDDUS MUHAMMADIY (1907-1997)
Quddus Muhammadiy Toshkent shahrida dunyoga keldi. U dastlabki ma’lumotini otasi — Muhammad Alibek Abdurahmonbekovdan olgan.

U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikumiga o‘qishga kiradi. Bu yerda bolalar uchun «Quddus» taxallusi bilan she’rlar yoza boshlaydi (1928).

Uning «Tong o‘yini», «Ahmad va asalari» (1933) she’rlari gazetalarda chop etiladi. U 1931-yildan maktabda botani- ka o’qituvchisi bo‘lib ishlash bilan birga 0‘rta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oladi.

Quddus Muhammadiy Oybek, Hamid Olimjon, G’afur G’ulomlarni ustoz’deb bilgan, ulardan o‘rgangan va doimo ijodiy muloqotda bo‘lgan.

Quddus Muhammadiy ijodiga xos bolgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, a’lo o‘qish, odob-axloqda boshqalarga namuna bo’lish asosiy mavzulardan hisoblanadi.

40-yillarda Quddus Muhammadiy Islom shoirga adabiy kotiblik qiladi. Shu asnoda u xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan tanishadi. Islom shoirdan ko‘p narsalarni o‘rganadi.

Shoirning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari nashr etilgan.

Quddus Muhammadiy asarlarida bolalarni o’qishga, hunaro’rganishga, mehnatsevarlikka chaqiradi. Buni shoirning «0‘quvchiga esdalik» (1946) she’riy to’plamida ko‘rish mumkin.

Asarda maktab o‘quvchisining ma’naviy qiyofasini chizadi, o‘qish, bilim o’rganishning zarurligini ta’kidlaydi:
Bo’lay desang bog‘bon,
Yo Vatanga posbon.
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Nimaki qilsang tilak,
Bariga o’qish kerak.

Uning qaysi turkumda yaratgan asarini olmang, barchasida da’vatkorlik, bolani nimagadir qiziqtirish, ezgulik, yaxshi o’qish, axloq- odobli bo’lish, boshqalarga o’rnak ko‘rsatish, qushlar va jonivorlarga mehribon bolishdek ibratomuz ma’no va mazmun yotadi.

Quddus Muhammadiy sofdil, a’lochi o’quvchi bolalarni samimiy sevadi, ularning tabiatga, mehnatga bo’lgan muhabbatini ifodalovchi «Sinov», «Mening orzum», «Besh», «Salimjonning darsxonasi» «Temirlar o‘yini» kabi ko’plab she’rlar yozsa, «Dum», «Lapashang», «Ahmadjonga uyat» kabi bir qator hajviy she’rlarida yomon bolalarning yaramas odatlarini tanqid qiladi.

Shoirga 1969-yil nashr etilgan «Qanotli do‘stlar» kitobi uchun Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti berilgan. Besh kitobdan iborat «Tabiat alifbosi»da bolalarni va Vatanimizning boy va go‘zal tabiatini sevishga, suv va havoni musaffo saqlashga chaqirgan. 1976-yili «Bog‘larda bolalar» kitobini yozgan. Asarlari bir qancha tillarga tarjima qilingan.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика