NON

NON HAQIDA

NON

NON Kishilar qadim zamonlardan buyon 0‘zlarining iste’molidagi asosiy ne’matlardan biri bolgan nonni e’zozlab, uni oltinga, quyoshga, hayotga qiyoslab kelganlar.

Nonni tejab-tergashgan, «non — hammamizning rizq-ro‘zimiz», deb uning sharafiga madhiyalar o’qishgan. Mehmon kelganda uning oldiga eng avvalo non qo‘yiladi. Non muqaddasdir. Uning uvog’ini ham qadrlash va uvol qilmaslikni bolalikdan o’rgatishadi.

Bundan 10-15 ming yil muqaddam olov kashf etilib, inson g’alla o’simliklari donini pishirib yeyishni, keyinchalik g‘alla ekinlarini o’stirishni 0‘rgandi.

Donni ikki tosh orasida maydalab, g‘alladan un tayyorlash va xamir qorib, uni qizitilgan tosh ustida yoki qo‘rga ko’mib pishirishni o’rganishgandan keyin non paydo bo’lgan.

Oradan ko‘p ming yillar o‘tib, xamirni oshirishda ishlatiladigan, nonda juda ko‘p g’ovaklar hosil qilib, uning hazm bolishini osonlashtiradigan xamirturush kashf etildi, o‘choq, tandir, tova, pech va boshqa non pishirish vositalari yaratildi.

Qadimgi Misrda birinchi marta oshirilgan xamirdan foydalanish rasm bo‘ldi. Non yopish san’ati keyinroq misrliklardan yunonlar va rimliklarga o‘tdi.

Non qaysi g‘alla unidan tayyorlanishiga qarab bug‘doy noni, arpa noni, makkajo‘xori noni (zog‘ora non), javdar noni, tariq noni kabi turlarga bo’linadi.

Qadim zamonl ardan bizning davrimizgacha yetib kelgan sevimli o‘zbek nonlarini yaxshi bilamiz va qadrlaymiz. 0‘zbek pazandaligida tayyorlash texnologiyasiga qarab obi non, gijda non, patir non, shirmoy non kabi nonlar bor. 0‘zbek xalqi o‘rtasida nonni tandirda pishirish usuli keng tarqalgan.

Obi nonlar («suvli non» demakdir)ni tayyorlash usuli juda oddiy: xamir bug‘doy uni, xamirturush va tuz qo‘shib oshiriladi.

G i j d a nonlar ham obi nonlar kabi un, xamirturush, tuz qo’shib oshiriladi, so’ngra uzoq iylanadi va non qalin qilib yasaladi. Patir nonlarga yog‘, jizza qo’shiladi.

Sh i r m o y nonlar («sutli non» demakdir) xamirturushi no’xat va arpabodiyon qaynatmasiga bug‘doy uni qo’shib maxsus usulda olinadi, so’ngra bu xamirturush bilan bug‘doy unidan sutga qorib xamir tayyorlanadi.

Respublikamizning turli viloyatlarida obi, gijda, patir va shirmoy nonlarning o‘nlab xillari yaratilgan. Non yopadigan ustalarni nowoylar deb ataymiz.

Nonni tandirga yopishdan oldin uning yuziga sepiladigan sedana yoki kunjut uni g‘oyatda xushbo‘y qiladi.
0‘zbekistonda tayyorlanadigan non turlari.

Hozirgi davrda nonlar asosan yirik kombinatlar, non zavodlarida sanoat usulida ishlab chiqariladi va kichik novvoyxonalarda tandirga yopib tayyorlanadi. Nonni ko‘z qorachig’idek asrash va e’zozlash har bir kishining burchidir.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика