MODDALAR ALMASHINUVI

MODDALAR ALMASHINUVI HAQIDA

MODDALAR ALMASHINUVI

MODDALAR ALMASHINUVI Doimiy moddalar almashinuvisiz, ya’ni har bir tirik organizm, shu jumladan odam organizmi ichida kechadigan uzluksiz o‘zgarishlarsiz hayot kechirish mumkin emas.

Tanamizning barcha a’zolari va hujayralarining o‘zaro muvofiq ishlashini ta’minlash uchun katta quvvat kerak. U qayerdan olinadi? U ovqatdan olinadi.

Me’daga 20 kun mobaynida taxminan odam tanasining vazniga teng miqdorda xilma-xil oziq moddalar va suv tushadi. Hazm qilish a’zolarida asosiy oziq moddalar — oqsil, yog‘ va uglevodlar hazm bo‘ladi.

Ularning zarralari yanada maydaroq zarrachalarga, go‘yoki «g‘ishtcha»larga parchalanadi. Bu parchalanish «g‘ishtcha»lar qonga o’tishi uchun zarur, qon esa ularni tananing barcha uchastkalariga, har bir hujayraga tarqatadi.

Hujayrani o’ziga xos butun bir «korxona» deyish mumkin. Uning barcha «bo‘lim»larida ish qaynaydi. Hatto hujayraning tashqi qobig‘i ham ishlaydi. Uni «ta’minlash bo‘limi» deyish mumkin.

U hujayra uchun kerakli moddalarni ichkariga o‘tkazadi, kerak bo’lmagan narsalarni esa tashqariga chiqarib tashlaydi.

Hujayrada oziq moddalar qayta ishlanadi, o‘zgaradi, qolaversa barcha o‘zgarishlar, hatto eng murakkablari ham juda tezlik bilan kechadi. Bunga esa oqsillar bilan bog‘liq bo‘lgan alohida «tezlatgichlar» yordam beradi.

Xo‘sh, uglevod va yog‘ zarrachalarida nimalar bo’ladi? Ular ozroq miqdorda zaxira qilinib, to‘planib boradi. Lekin aslida ular hujayraga zarur bo’lgan boshqa moddaga aylanadi yoki kislorod bilan birikib, buzila boshlaydi.

Qon kislorodni o’pkadan olib keladi. Yog’ va uglevodlar kislorod bilan birikishi natijasida is gazi va suvga aylanadi. Natijada organizm uchun kerakli bo‘lgan quvvat ajralib chiqadi.

Ovqat — faqat quvvat manbaigina emas. balki qurilish manbai hamdir. Asosan oqsillardan tuzilgan hujayralar qisman kislorod bil;ar’ birikib, buziladi va oqsillarning evaziga yag oqsillar paydo bolishi kerak.

Hujayralarning «yig‘uv bo‘limlari» ishiga razm solaylik. Bu yerda oqsillar yuqorida aytib o’tilgan «g‘ishtcha»lardan «yig‘iladi». Bu murakkab va qiyin vazifadir.

Chunki hujayra tarkibiga 100 dan ortiq xilma-xil oqsillar, aminokislotalar kiradi. Qolaversa, turli hujayralarning oqsillari ham bir xil emas.

Binobarin, har qanday yo‘qotishni o‘z vaqtida tiklash, «g‘ishtcha»larni tez va bexato «terib chiqish» kerak. Ularni «terib chiqish»dagi ozgina xato ham faqat xujayraning emas, balki butun a’zoning faoliyati buzilishiga olib kelishi mumkin.

Hujayra o’zining oqsillarini tez, uyg‘un ravishda va bexato qurib chiqadi.
Taxminan yarim yil mobaynida barcha oqsillar to‘liq almashinadi. Hujayralar esa uzluksiz ravishda yangilanib turgani uchun ham ishchanlik qobiliyatini bir umr saqlab qoladi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика