NERV SISTEMASI

NERV SISTEMASI

NERV SISTEMASI

NERV SISTEMASI Odam bilan hayvon organizmining hayoti va faoliyatida nerv sistemasi juda katta rol o’ynaydi.

Nerv sistemasining eng asosiy a’zosi bosh miyadir. U barcha masalalar bo’yicha qaror qabul qiladi, buyruqlar beradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.

Miyaning turli uchastkalari harxil ishlarni bajaradi. Masalan, ulardan biri qo‘l harakatlarini, ikkinchisi — uyquni, uchinchisi — kayfiyatni, to‘rtinchisi — fikr yuritishni boshqaradi va hokazo.

Miyaning asosiy yordamchilari sezgi a’zolaridir. Ular miyaga dunyoda nimalar bolayotganligi, u yerda qanday jismlar borligi, ular qaysi tomonga harakatlanayotganligi, rangi va hidi qandayligi, issiq yoki sovuqligi, silliq yoki g‘adir-budurligi, qanday ovoz chiqarayotganligi haqida hikoya qiladi.

Bu xil razvedkachi sezgi a’zolaridan tashqari, organizmning ichida sezgir hujayralar ham bor. Masalan, ular qo‘l qanday holatda turganligi, yurak tez yoki sekin urayotganligi, yuz muskullari kerakli yuz ifodasini qay darajada ta’minlayotganligi haqida xabar berib turadi.

Agar a’zolarda biron buzilish ro‘y bersa, muxbir-hujayralar darhol bu haqda miyaga xabar qiladilar.

Bosh miya hamma narsani kuzatib turishi qiyin. Unga orqa miya yordam beradi. Qo‘l, oyoq, tana muskullari, ichki a’zolar uning buyruqlarini bajarib, organizmning bir tartibda ishlashini ta’minlaydilar.

Miyaga boruvchi va undan keluvchi barcha xabarlar nervlar bo’yicha xuddi simdan borayotgandek uzatiladi. Nerv bo’ylab boradigan signallar tezligi juda yuqori bo‘lib, sekundiga 120 metrga yetadi.

Nerv sistemasi organizmning barcha qismlarini bir butun qilib birlashtirib, ularni boshqaradi. Bunga oddiy bir misol keltiraylik.

Daraxt shoxida bitta nokni ko‘rib qoldingiz. Bu signal darhol nervlar bo‘ylab miyaga uzatiladi. Miya esa ko’zlarga nokni yo‘qotmaslikka, oyoqlarga daraxt yoniga borishga buyruq beradi.

Siz yaqin keldingiz. Ko‘zlar miyaga nok yaqin deb xabar beradi. Miya qo‘lga mevani uzib olib, og‘izga olib kelishga, og‘izga — ochilishga, tishlarga — tishlashga, tilga — ta’m bilishga buyruq beradi.

Til nokjuda shirin, deb xabar qiladi. Ammo buni siz avvaldan ham bilardingiz. Chunki ko‘zlaringiz noksariq, pishgan deb xabar qiladi, xotira esa hozir sentabr oyi, mevalar g’arq pishgan payt ekanligini yodingizga soldi.

Odam nerv sistemasi. Chapda nerv hujayralarining umumiy ko’rinishi.
shoqligini, demak, sharbatga boyligini payqadi. Dimog‘ingiz mevaning hidi xushbo’yligidan darak berdi.

Miya xulosa chiqardi: nok shirin bo‘ladi! Keyin so‘lak bezlari hamda me’da bezlariga shirin yegulikni qabul qilishga tayyorlanishni buyurdi.

Endi orqa miya qanday vazifalarni bajarishiga misol keltiraylik.

Qizigan dazmolga bexosdan tegib ketdingiz. Siz hali og‘riq va qo’rquvni his qilib ulgurmasingizdanoq, qo‘l o‘z-o‘zidan tortildi. Xo‘sh, buning sababi nimada?

Qo‘lning sezgir hujayralari kuchli haroratni payqadiyu, darhol «xatar!» deb bong urdi. Bu xabar orqa miyaga yetib bordi.

U yerda qo‘lning barcha muskullari tezda qisqarilishi haqida buyruq berildi. Qo‘l tortib olindi. Orqa miya bu haqda bosh miyaga xabar qilganidan keyingina og’riq va qo‘rquvni his qildingiz, kuygan joyga qarab, qo‘lni qanday tuzatishni o‘ylay boshladingiz.

Juda ham murakkab vazifalarni faqat insongina hal qila olishi mumkin, chunki eng rivojlangan bosh miya undadir.
Jonivorlarning miyasi kichik, yaxshi rivojlanmagan bo‘lib, sodda masalalarni hal qiladi.

Masalan, yomg’ir chuvalchangining butun nerv sistemasi tanasi bo‘ylab joylashgan ikkita yo‘g‘on nerv hamda nerv hujayralarining bir necha bo’rtmalaridan iborat, xolos. Albatta, bunday miya bilan 0‘ylash qiyin.

Endi siz, nerv sistemasi qanday ahamiyatli ekani va nima uchun u sog’lom bo’lishi muhimligini tushungandirsiz.

Agar bosh miyaga biron shikast yetsa, aytaylik, ensa qattiq lat yesa, ko‘ruv sistemasi zararlanishi mumkin. Chakka jarohatlanishi eshitish sistemasi ishdan chiqishiga, peshana shikastlanishi fikr yuritishning buzilishiga olib kelishi mumkin.

Agar orqa miyaga shikast yetsa, ko’rish, eshitish, fikriash jarayonlari buzilmaydi, ammo ichki a’zolar, qo‘l, oyoq faoliyati ishdan chiqadi.

Ma’lum bir tartib yo’qligi, uyqu kamligi yoki ko’pligi, kuchli taassurotlarning, ayniqsa, uyqu oldidan ularning ko’payib ketishi nerv sistemasini bo‘shashtirib yuboradi.

Shu sababli uxlash, uyg‘onish, sayr qilish, o‘qish, dars tayyorlash, ovqatlanish o‘z vaqtida bo’lishi muhimdir. Shunda siz hamisha tetik bo’lasiz, kayfiyatingiz ham yaxshi bo’ladi, hamma narsaga kuchingiz yetadi.

Related posts

Leave a Comment