MOVAROUNNAHR

MOVAROUNNAHR

MOVAROUNNAHR

MOVAROUNNAHR Dunyodagi hamma mamlakat, o‘lkaning o‘tmishda boshqacha nomi bo‘lgan.

Vaqtlar o‘tishi bilan ularning nomlari o‘zgarib bugungi holiga kelgan. Lekin xalqlarning yodida yurtning eski nomlari o’chmas iz qoldirgan.

Asosan Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan yurtimiz — 0‘zbekistonimizning nomi ham tarixan juda yosh, 1924-yildan ma’lum. Ungacha u turli nomlarda atalgan.

Shulardan biri arabcha «Movarounnahr» atamasi bo‘lib, u «daryoning narigi tomoni» ma’nosini anglatadi. Bu yerda daryo deganda Amudaryo nazarda tutilib, uning o‘ng qirg‘og‘idagi yerlar o‘rta asrlarda shu nom bilan atalgan.

Miloddan avvalgi 5-4-asrlarda mahalliy aholi daryoning o‘ng qirg‘og‘idagi hududni Varozrud , yunonlar

Transoksaniya deb atagan. Arablar esa yunonchadan o‘z tillariga Movarounnahr deb tarjima qilib, Amudaryo va

Sirdaryo oralig‘idagi madaniy viloyatlarni shu nom bilan atay boshlashgan. Keyinchalik bu atama ilmiy-badiiy adabiyotimizga singib ketgan va 19-asrgacha iste’molda bo’lgan. Movarounnahr qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan?

Bu haqda olimlar turli fikrlar bildirishgan. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, Movarounnahr, asosan, Amudaryo bilan Sirdaryo oralig’idagi yerlar bo‘lib, shimolda Orol dengizigacha, janubda Pomir tog‘lari etaklarigacha yoyilgan.

Movarounnahrda Samarqand, Buxoro, Termiz va boshqa qadimiy shaharlar joylashgan.

Mahmud Koshg’ariyning yozishiga ko’ra «ba’zilar butun Movarounnahrni turkiylar olkalaridan deb hisoblaganlar. U

Yankanddan boshlanadi… Bu Buxoroga yaqindir. Butun Movarounnahr Yankanddan sharqqacha bo’lgan o’lkalarni turkiy (qavmlar) shaharlaridan deb hisoblashning asosi shuki Samar- qand — Semizkand, Toshkent — Shosh, 0‘zkand,

Tunkand nomlarining hammasi turkiychadir. Kand — turkiycha shahar de- makdir. Ular bu shaharlarni qurdilar va shunday nom qo’ydilar… Bu yerda forslar ko’paygach, so’ng ular Ajam shaharlari kabi bo‘lgan».

Movarounnahr tarkibiga Qubodiyon, Chag‘oniyon, So‘g‘d, Kesh, Nasaf, Xorazm, Farg’ona, Usrushona, lloq, Shosh,

Isfijob va boshqa viloyatlar kirgan. Arab geograflari (Yoqut Hamaviy va boshqalar) Movarounnahrni «tuprog‘i serhosil, mo‘l-ko‘l tabiiy boyliklarga ega, lazzatli meva bog’lariga boy, hayvonot dunyosi rang-barang, aholisi saxovatli va mehmondo’st, yoTlari, ko‘prig-u kechuvlari batartib va mukammal, rabot-u bozorlari obod, yigitlari shijoatli va jasur, barcha aholisi ilm-u ma’rifatga chanqoq, iste’dodli» deb ta’riflaydilar.

Arablar istilosiga qadar Movarounnahr aholisining ko‘pchiligi turkiy bo‘lgan. Mamlakat xalifalik tarkibiga qo‘shib olingach ko‘plab arablar va forslarning ko‘chib kelishi natijasida hamda Abbosiy xalifalar davrida ko’pchilik turkiy aholining Iroq va boshqa islom mamlakatlariga borib qolishlari tufayli Movarounnahr aholisi orasida asta-sekin arab va fors tillarida so‘zlashuvchi qatlam vujudga kelgan.

Movarounnahr zaminidan ko‘plab buyuk allomalar (Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek), davlat arboblari va sarkardalar (Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi) va boshqa mashhur shaxslar yetishib chiqqanligi bilan o‘zbek xalqi haqli ravishda faxrlanadi.

Related posts

Leave a Comment