KINO HAQIDA

KINO HAQIDA HAQIDA

KINO HAQIDA

KINO HAQIDA Hammangiz kinoni yaxshi ko’rasiz, albatta. Hayotingizni kinosiz tasavvur qilishingiz qiyin. Lekin kino paydo bo‘lganiga ko‘p bo’lgani yo‘q.

19-asrning oxirida harakatlanayotgan narsalarni, kishilarni, hayvonlarni — umuman harakatni plyonkaga tushira oladigan asbob ixtiro qilindi. Bu asbob nomi yunoncha «kinema» — harakat va «grafo» — yozaman so’zlaridan olinib, «kinematograf» deb ataldi (keyinchalik bu asbob kinokamera deb atala boshladi).

Shu vaqtdan kinofilmlar yaratish san’ati paydo bo‘ldi. Kino o‘ziga xos ifoda vositalari asosida adabiyot, teatr, tasviriy san’at va musiqaning estetik xususiyatlarini birlashtiradi.

Film ustida ishlash badiiy adabiyotning alohida turi bo’lgan ssenariydan boshlanadi. Ssenariyda bo’lajak filmning mazmuni eng mayda bo‘laklarigacha qayd etiladi.

Tomoshabinlar ko‘radigan voqeaning o‘rni va vaqti belgilanadi, aktyorlar aytadigan so‘zlarning hammasi yoziladi. Ssenariy mazmuniga muvofiq holda film qahramonlari roliga aktyorlar tanlanadi, rassomlar kiyim va dekoratsiyalar tayyorlashadi, kompozitor filmga musiqa yozadi.

Film yaratayotgan jamoaga rejissyor boshchilik qiladi. U aktyorlar bilan ish olib boradi, tasvirga oluvchilar, rassomlar, grimchilar, libos ustalariga rahbarlik qiladi.

Filmni kinotasmaga kinotasvirchi tushiradi. Har bir sahnaning nihoyatda yorqin va ta’sirchan bo’lishida u katta rol o‘ynaydi. Filmning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan aktyorlarga bog’liq.

Chunki bizning zamondoshimiz bo‘lgan aktyor o‘rta asr kishisi hayoti bilan yashashi yoki kelajak kishisi sifatida namoyon bolishi, qilich yalang‘ochlab hujumga tashlanishi yoki o‘q yomg‘iri ostida qalin qorda emaklashi lozim bo’ladi.

Film boshidan oxirigacha biz ekranda
«Tilsimoy — g’aroyib qizaloq» filmidan ko’rinish.

ko’radigan tartibda emas, balki alohida bo‘laklar tarzida suratga olinadi. Bu tarqoq bo‘laklarni yagona butunlikka birlashtirish montaj deyiladi. Montaj film ustidagi ishning eng muhim qismi hisoblanadi.

Mana, katta ijodiy ish tugadi. Film tayyor. Film qahramonlari obrazlari ekranda jonlandi. Inson tuyg’ulari va tafakkuriga jonli namunadan ko‘ra kuchli ta’sir yo‘q. Kino ana shundayjonli namunalarni taqdim etadi.

Yerdagi barcha turli-tuman narsalar va boyliklar — shaharlar, qishloqlar, tog‘lar, ko’llar, o‘rmonlarni kino haqqoniy va ravshan ko‘rsatadi.

Film kishilarni his etish va fikrlash, nafrat- lanish va e’tiqod etishga o‘rgatadi va ular Yer kurrasi bo‘ylab «sayohat qiladi».

0‘zbek kinosi o‘z tarixiga ega. 20-asrning 20-yillarida yuzaga kelgan o‘zbek kinosi 30- yillarga qadar ovozsiz filmlar ishlab chiqardi. 1937-yilda birinchi o’zbek ovozli filmi — «Qasam» yaratildi.

Jiddiy mavzu bolalar tushunchasiga moslab talqin etilgan «Paxtaoy» film-ertagi 1952- yilda ekranga chiqdi. «Tog‘lar chorlaydi» (1972), «Bu jasur bolalar avtomobil poygasida» (1975), «Shum bola» (1977), «Achchiq danak» (1975),

«Ertaga chiqasanmi?» (1980), «Ertangi kun saboqlari» (1983), «0‘zganing «besh bahosi» (1982), «Kichik tabib» (1999), «Tilsimoy-g‘aroyib qizaloq» (1999) kabi badiiy filmlar bolalar uchun ish- langan eng yaxshi filmlardir.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика