CHAYON HAQIDA

CHAYON HAQIDA HAQIDA

CHAYON HAQIDA

CHAYON HAQIDA CHAYON NIMA?

«Chayon» so’zining o’ziyoq bizni xavfli zahar haqida o’ylashga majbur etadi. Haqiqatan ham chayonga duch kelinganda ko’ngilsizlik ro’y berishi mumkin.

Chayonlar o’rgimchaklarga qarindoshdir. Chayonning to’rt juft oyog’i va o’ljasini ushlab turadigan ikkita kuchli qisqichsimon tirnoqlari bor. Chayonning uzun bo’g’imli dumi bo’lib, uning uchida zaharli bez tomirlariga ulangan o’tkir nishi mavjud.

Chayon yurganda dumini yoysimon o’rab, ko’tarib oladi. Qisqichsimon tirnoqlari bilan o’ljani ushlab olganda, chayon dumini boshi ustidan oshirib, qurboniga nish sanchadi. Zahar chayon o’zi eydigan hasharotlarni, o’rgimchaklarni va boshqa jonivorlarni yo o’ldiradi, yo falaj etib tashlaydi.

Chayonlar tunda yurishni ma’qul ko’radi va kunduz kunlari soyalarda, masalan, toshlar tagida, po’stlar ostida yoki uyning qorong’i burchaklarida pusib yotadi. Katta chayonlar odatda yolg’iz yashaydi va yuradi.

Chayonlar tuxum qo’ymay bolalaydigan hayvondir, jajji chayonlar dastlab onasining elkasiga chiqib oladilar, ammo u bolasini bokmaydi, bir necha kun o’tgandan so’ng kichkintoylar o’z holicha kun kechira boshlaydilar.

Chayonlar issits itslimda yashaydi. Ularning uzunligi 1 santimetrdan 17 santimetrgacha bo’ladi, eng yirik turlari esa tropik o’lkalarda uchraydi.

ChAYoNLAR O’Z-O’ZIGA NISh SANChIShI MUMKINMI?

O’lim chohiga yatsinlashib tsolgan chayonning o’lim azobidan tezroq qutulishi uchun o’z-o’ziga nish sanchgani to’g’risidagi afsona ko’p xaltslarga ma’lum. Tadtsitsotlar ko’rsatishicha, bu xayoliy mubolag’a emas, balki hamma tirik organizmlarga xos tabiiy muhofaza reaktsiyasi ekan.

Mashhur frantsuz entomologi Jan Anri Fabr chayonlar xults-atvorini tadtsits etib, chor tarafi yonayotgan ko’mir bilan o’rab tso’yilgan chayonning dastlab o’z zaharli bezini gazab bilan sochgancha zir aylanib yugurgani, so’ng to’satdan kotib qolgani va teginilsa ham hech narsaga e’tiborsiz qolganini kuzatgan. Hasharotlarning go’yo o’z-o’zini o’ldirishi hatsidagi tasavvur, mana, tsaerdan paydo bo’lgan.

Aslida chayon issitsqa bardosh berolmagan va katalepsiya (tsattiq asabiylashish va hayajondan taxta bo’lib tsolish)ga tushib qolgan. Bu hol insonni oftob urganda behush bo’lib tsolishi bilan bir xil. Maboda chayon sovuq joyga olib borib qo’yilsa, u yaxlab jonga kiradi va hech narsa ko’rmaganday yana o’rmalab ketaveradi.

Bu reaktsiya chayonning issits tropik va subtropik o’lkalarda yashashi bilan boglitsdir. Tadqi- qotchilar anitslashicha, kunlar behad isib yoki keskin sovib ketganda chayon iniga kirib, uzoq vaqt karaxt bo’lib yotadi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика