BOBUR HAQIDA

BOBUR HAQIDA HAQIDA

BOBUR HAQIDA

BOBUR ZAHIRIDDIN MUHAMMAD (1483—1530)

BOBUR HAQIDA Toshkent shahridagi Navoiy ko’chasidan borib, Shayxontohur tor ko‘chasiga burilsan giz, sharqona usulda qurilgan, salobatli maqbaraga ko‘zingiz tushadi.

Bu 15asr oxirida Toshkent viloyati hokimi bo’lgan Yu nusxon maqbarasidir. Yunusxon mashhur shoir va davlat arbobi Boburning ona to mondan bobosidir. Shoirning onasini Qut lug‘ Nigorxonim deyishardi, u o‘qimishli va madaniyatli ayol bo’lib, o‘g‘lining tarbiyasi ga katta e’tibor bergan.

Boburning otasi Umarshayx Mirzo esa Farg‘ona viloyatining hokimi bo’lgan, u Amir Temurning uchinchi farzandi Mironshohning nabirasi Sulton Abu said Mirzoning o‘g‘li edi.

Bobur 14fevralda Farg’ona vodiysidagi Axsi qal’asida dunyoga kelgan. U o‘n ikki yoshda ekanligida otasi Umarshayx fojiali halok bolgan. Shundan keyin Bobur otasi o‘rniga Farg‘ona viloyatiga hokim bo‘ldi. Shu vaqtdan e’tiboran uning davlat arbobi va sarkarda sifatidagi mustaqil faoliyati boshlandi.

U Movarounnahrda ulug‘ bobosi Sohib qiron Amir Temur saltanati kabi markaz lashgan qudratli davlat barpo qilish rejasi ni tuzadi, shu maqsadda Samarqand tomon yurish boshlaydi va 1497yil kuzida uni qo‘lga kiritadi. Ammo, uzoq muddatli qamal oqibatida shahar iqtisodi izdan chiqqan, hatto yemish topish ham mushkul bolganligidan, Samarqandni tashlab keta di.

Bu orada yosh hukmdorning raqiblari, uning Samarqandda ekanligidan foy dalanib, Andijonni o‘z ixtiyorlariga olgan edilar. Shu bois Bobur tog‘alari huzuriga Toshkentga qarab yo‘l oladi. Bir necha urinishlardan keyin 1498yil yozida Andijon ni qaytarib olishga muvaffaq boladi.

1500yilning kuzida Bobur Samarqandni ikkinchi bor egallaydi. Ammo u yerda bu sa far ham mustahkam o’rnashib qola olmay di katta qo‘shin bilan kelgan Shayboniy xon tazyiqi ostida shahami tark etishga va yana Toshkentga ketishga majbur bo’ladi.

Yod etmas emish kishini g’urbatta kishi, misrasi bilan boshlanuvchi mashhur ruboiysi va:
Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,

Ko’nglimdan o’zga mahrami asror top madim, bayti bilan boshlanuvchi g’azali Boburning shu yillardagi og’ir ruhiy kayfiyati va iztiroblarini jonli va ta’sirchan ifodalaydi.

1504yili Shayboniyxon Andijonni ham qo‘lga kiritgandan so‘ng Bobur janubga qarab yurish qildi va Kobul ulusida o‘z

Zahiriddin Muhammad Bobur. Rassom M. Nabiyev.

hokimiyatini o‘rnatdi. 15051515yillarda u Movarounnahrga qaytishga bir necha bor uri nib ko‘rdi. Ammo bu urinishlaridan natija chiq madi.

15191525yillar oralig‘ida Bobur Hindis ton viloyatlariga bir necha bor harbiy yurish uyushtiradi va nihoyat, 1526yilning aprelida asosiy raqibi Sulton Ibrohim Lo‘diyning yuz ming kishilik qo’shinini tormor keltirib, Dehlini ishg‘ol qiladi.

Oradan ko‘p o‘tmay ikkinchi yi rik sarkarda Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Hindistonni butkul zabt etadi. Agra ni o’ziga poytaxt sifatida tanlaydi. Shundan keyin Hindistonda katta qurilish va obodon lashtirish ishlarini boshlab yuboradi va bu yurt da bir necha asr hukm surgan boburiylar su lolasiga mustahkam asos soladi.

Bu sulola Hindistonda 300 yilga yaqin hukmronlik qilib, mamlakat tarixida katta iz qoldirdi. Boburiy lar mamlakatda qabilalar va dinlar o’rtasidagi nizolarga chek qo‘yib, ilmfanni, madaniyat ni rivojlantirishga, qurilish va obodonlashtirish ishlariga katta e’tibor berishdi. Javoharlar

Neru boburiylar hukmronligi davrida madaniy sohada amalga oshirilgan ishlarni ta’riflab shunday degan edi: «Bobur Hindistonga kelgandan keyin katta siljishlar yuz berdi va yangi rag’batlantirishlar hayotga, san’atga, me’morlikka toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir birlariga tutashib ketdi».

Boburtola ma’noda ulug’vor, nihoyatda iste’dodli va ayni zamonda, juda murakkab siymo. Uning shaxsiyatini chuqur ichki madaniyat va sof insoniy fazilatlar, serqirra tug’ma qobiliyat va donolik, qomusiy bilim va katta hayotiy tajriba bezab turadi.

Shoirning ijodi 1500yilda — Samar qandni ikkinchi bor ishg’ol qilgan davrda boshlangan. Shu shaharda atrofiga ijodkor larni to’plab, she’riyat bazmlari, mushoiralar o‘tkazgan. Alisher Navoiy uning eng sevgan shoiri edi.
Bobur Samarqandda ekanligida Alisher Navoiydan maktub oladi va unga javob xati yollaydi. Ammo ulug‘ shoirning vafoti oqi batida bu yozishma to‘xtab qoladi.

1506yilda Bobur Hirotga borganida Ali sher Navoiy qadamjolarini ziyorat qiladi, bu tun safari davomida Navoiy yashagan uyda to‘xtab, buyuk shoirga chin ixlosi va chuqur hurmatini bajo keltiradi.

Bobur ijodiy faoliyatini ruboiy va g’azallar yozishdan boshlagan edi. Umrining oxirida esa sohibi devon adib sifatida shuhrat qo zondi.

«Boburnoma» («Vaqoye’») Boburning shoh asaridir. Qomusiy mazmundagi bu tarixiyvoqeiy va ilmiybadiiy asarda adib 16asrda Movarounnahr, Afg‘oniston va Hindistonda yuz bergan muhim ijtimoiysiyo siy voqealar va ko’plab tarixiy shaxslar fa oliyatini haqqoniy bayon etgan. Mazkur mamlakatlarda yashovchi xalqlar va qabila larning tarixi, urfodatlari, kasbu hunar, shuningdek, shahar va qishloqlari tabiati, yer osti boyliklari, hayvonot va nabotot ola mi to‘g‘risida juda qimmatli va ishonchli ma’lumotlar bergan.

Asrlar davomida butun dunyo olimlari ning diqqatini o‘ziga tortib kelgan bu ulkan tarixiy badiiy yodgorlik ko‘pgina xorijiy (fors, ingliz, nemis, golland, fransuz, turk, urdu, rus va boshqa) tillarga tarjima qilingan, qator mam lakatlarda bir necha marotaba nashr etilgan.

Adib badiiy yuksak g‘azal va ruboiylari biian ham mashhurdir. Uning nazmiy asarlari o’zining samimiyligi va ravonligi, o’ynoqiligi va ta’sirchanligi bilan o’quvchilami o‘ziga rom etadi.

Boburning Movarounnahrda qavtadan markazlashgan katta davlat tuzish orzusi amal ga oshmadi. U kindik qoni to kilgan tuproqni tark etib, o’zga yurtda onaVatanini sog‘inib yashashga majbur bo’idi. Bu holat uning she’riyatida ham aks etgan:

Tole’ yo’qki jonimg‘a balolig’ bo’lai.
Har ishniki, ayladim xatolig1 bo’ldi.
0‘z yerni qo’yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.

Shukronalik, hayot go’zalliklari va tabiat ko’rkamliklaridan bahramahdlikka undash, dun yo lazzatiari va chin do’stlar davrasida bo’lganidagi quvonch, bahor latofati va sozlar navosidan yayrash shoir devonidagi ko‘plab she’rlarda bosh g‘oya darajasiga ko’tarilgan. Hayotsevarlik Bobur ijodida insonni ulug’lash, uning erkhuquqini va orzuintilishlarini qadrlash, unga baxtsaodat tilash g‘oyalari bilan uyg’un holda bir yaxlitlikni tashkil etadi.

Shoir Insonga qarata dildilidan:
Sendin ayru naylagaymen ayshu sahbo xushlig‘in
Ki, sening uchun tilarmen barcha dunyo xushlig’in! — deb xitob qiladi. Ayni zamonda, Bobur Insonni «bor elga» — butun insoniyatga halol xizmat qi lishga, xalq manfaatlari yo‘lida ezgu amallarga, o‘z faoliyati bilan dunyoda yaxshi nom qoldirish ga da’vat etadi:

Bori elga yaxshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo‘q
Kim, degaylar el aro «qo!di falondin yax shilig‘!»

Bobur yaratgan yana bir asar — «Risolai aruz»da Sharq she’riyatining muhim nazariy va amaliy masalalari necha o‘nlab yirik o‘zbek va fors ijodkorlar meroslaridan olingan mi sollarning tahiili asosida yoritilgan. Bu ilmiy asar Boburning adabiyotshunos sifatidagi noyob iste’dodini ravshan namoyish etadi.

Hindistonga yurishlar davrida Bobur «Mubayyin» asarini yozadi. Masnaviy tarzida yozilgan bu asar islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga oid. Bobur merosida shuningdek, harb ishlari va musiqa san’atiga bag‘ishlangan risolalar ham mavjud.

Umri davomida bir necha bor og‘ir xasta liklarga chalingan Bobur 26dekabrda Agra da vafot etgan. Uning xoki, o‘z vasiyatiga ko‘ra, keyinchalik Kobul shahriga keltirilib, «Bog‘i Bobur»ga dafn etilgan.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика