HAMMASI O‘ZIMIZGA BOG‘LIQ xotirani rivojlantirish yodlash uchun
HAMMASI O‘ZIMIZGA BOG‘LIQ
- Har kuni kitob mutolaa qilish va o‘qi-ganlaringizdan yodingizda qolganlarini daftarga yozib borishga harakat qiling.
- Sizga yoqsa-yoqmasa-da, turli janrlar-dagi musiqalarni eshitib boring. Unutmang:
musiqa tinglash sizning fikrlash qobiliya-tingizni yaxshilaydi va xotirangizni mus-tahkamlaydi. Olimlar shuni ta’kidlaydi-ki, doimo jaz yoki klassik uslubdagi musiqa-larni tinglash aqliy faoliyatning analitik jihatlarini rivojlantiradi.
- turli tarixiy shaharlarga sayohat qilish, undan zavq olish xotiraning mus-tahkamlanishiga, kerak bo‘lsa avval unuti-lib ketgan ma’lumotlarning qayta tiklani-shiga yordam beradi. Bu sayohatlardan olina-digan taassurot va qiziqarli ma’lumotlar markaziy asab tizimini stimullashtiradi.
- Muzey, teatr va badiiy ko‘rgazmalarga borishni kanda qilmang. Bu yerdan o‘zingiz-ga oladigan yangi ma’lumot va bilimlar xo-tira susayishining oldini oladi. Hattoki mazkur sayohatlar natijasida sizning ha-yotingiz batamom boshqa tomonga o‘zgarishi, orzu-istaklaringiz ham yangicha qiyofa kasb etishi mumkin. Eng muhimi, egallangan har bir yangi bilimlar kelajakda sizga asqati-shiga shak-shubha yo‘q.
- She’r yodlashni kanda qilmaydigan, muntazam nazmiy mutolaaga bosh qo‘shgan ki-shilar xotirasi boshqalarnikidan ancha mus-tahkamroq bo‘ladi. She’r yodlash orqali xoti-rasini mustahkamlamoqchi bo‘lganlar avva-liga bir yoki ikki band she’rni yodlashlari mumkin. Asta-sekin bu ko‘rsatkichni ortti-rib borish maqsadga muvofiqdir.
- O‘zi kulib, o‘zgalarni ham kuldirib, ha-misha yuzi tabassumga moyil bo‘lgan inson-lar miyasida qon yaxshi aylanadi.
- Har kuni 7-8 soat uxlashga odatlaning. Chunki uyqu paytida miya dam oladi. Agar iloji bo‘lsa, uxlashdan oldin miyangizga yomon fikrlar kelishidan saqlaning. Uyqu kun bo‘yi olingan ma’lumotlarni miyada mus-tahkamlashga yordam beradi.
KO‘PRIKLAR O‘RNATISH USULI
Xatolar qancha kam bo‘lsa, samara shuncha ko‘p bo‘ladi.
O‘zingizning umumiy ma’lumotingizni quyidagi usul yordamida chuqurlashtiring. Bu usul aytib turish tamoyili bo‘yicha ishlay-di: u qiyin sharoitlarda voqealarning sa-nalarini, murakkab ism va familiyalarni eslab qolish lozim bo‘lganida kerak bo‘ladi.
Siz quyosh tizimidagi sayyoralar qaysi izchillikda joylashganligini o‘ylanmasdan aytib bera olasizmi? Unda jonli tasvir-ni ko‘z oldingizga keltiring, uni, masalan, quyidagi ibora bilan chizib ifodalang.
Mehriddin vokzaldagi yengil mashina-siga yuklarini solib, uyiga negadir pi-yoda ketdi.
Mehru vafong yengsin, malagim, yurak-dagi sirli uqubat nashidasin par-cha-parchalab.
Mevalarda voajab yetiladi mazasi yutganingda sirayam unutilmas nektar pishilib.
Bu so‘zlarning birinchi harflari Merku-riy quyoshga eng yaqin sayyora ekanligi, keyin esa Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Nep-tun, Pluton kelishini aytib beradi.
Bu usul fantaziyalarini bolalar fanta-ziyasiga o‘xshatish mumkin. Ular ijodiy qobiliyatning o‘sishiga yordam beradi va xo-tirani mashq qildiradi.
Mazkur usul tufayli raqamlarning yoki telefon raqamlarining uzundan-uzoq qator-larini xotirada osongina saqlash mumkin. Mana, masalan, oxiri yo‘q π belgisini ver-guldan keyingi 23 ta raqam bilan birga qan-day eslab qolish mumkin? Bundan osoni yo‘q: ikki daqiqa ichida quyidagi gaplarni eslab qolishga harakat qiling.
Siz u quyosh, u mohni bilmaysiz. Bu dilbar jonon – dil torim, sevgilim, zamindagi farishta. Sargardon ishq shu moh hajridan aslo tinmas to kel-mas pari.
Agar siz bu qatorlarni yodladim deb hi-soblasangiz, ularni qog‘ozga yozing. Endi olmoshlar va bog‘lovchilarni ham qo‘shgan holda, har bir so‘zning harflarini sa-nab chiqing va π belgisining 24 raqamini yozib chiqing. Masalan, siz – 3 harf, u – 1, quyosh – 4, u – 1 va hokazo. Natijada π bel-gisining quyidagi ko‘rinishi hosil bo‘ladi: 3,14159265358979323846264… Siz π belgi-sining bu raqamlariga qarab, yuqorida kel-
tirib o‘tilgan jumlalarni bemalol eslay ol-guningizcha yoki aksincha, jumlalarni yoddan yozib, π belgisi raqamlarini to‘g‘ri qo‘yib chiqquningizcha mashqni davom ettirib, ko‘z-langan maqsadga erisha olasiz.