FIKRIY TASVIRLAR xotirani rivojlantirish yodlash uchun

FIKRIY TASVIRLAR xotirani rivojlantirish yodlash uchun

FIKRIY TASVIRLAR

 

Xotirani yaxshilash bo‘yicha ko‘p-lab usullar mavjud, ammo ular orasida fikrning tasvirlarο yoki xayoliy rasmlar bilan bog‘lanishi (assotsiatsiyalar)ga alohida urg‘u be-radilar.Va aksariyat hollarda shu usulga murojaat qiladilar, bu

usulni ko‘proq qo‘llaydilar.

 

Bunday rasm (tasvirlar)ni yaratishda bu ishning mashqini olish juda zarur. Bu ularni «vizual tasavvur qilish» deb atala-di. Shu maqsadda hozir biz sizga bir nechta maslahatlar va mashqlar beramiz.

Bizning miyamizda yuzaga keladigan, pay-do bo‘ladigan tasvir (rasm)lar mavhum g‘oya-larga qaraganda ancha yengil-yelpi saqlanadi.

 

bir misol. Mana, Morantenning she’ri (so‘zma-so‘z tarjima):

 

Toqqa olib boruvchi noqulay qumloq yo‘lda, Yondiruvchi quyosh nurlari ostida, Oltita kuchli ot dil jonni tortib bo-

rishardi.

 

quyidagi uch misra esa pol Volerining she’ridan:

 

«Faqat mengina sening qo‘rqinchingga bar-dosh bera olaman – mening tavbalarim, me-ning shubhalarim, mening bog‘liqligim se-ning katta olmosingning nuqsonlaridir…»

 

Bu she’rlarni yodlab olishga harakat qi-ling va siz shunda Merontenning uch qator she’rini yodlash Valerining uch qator she’-rini yodlashdan osonligini ko‘rasiz. Nega? Hammasi oson. Birinchi uch qator she’r aniq tasvirlar bilan to‘ldirilgan, Valeriniki esa umumlashtirilgan fikrlarni uyg‘otadi, xolos. Mefontenning she’rlari bilan kich-kina tadqiqot o‘tkazamiz.

 

1-misra: toqqa olib boruvchi yo‘lni xayo-lan tasavvur qiling. U qum bilan qoplangan, unda o‘ydim-chuqur, past-balandliklar, katta toshu xarsanglar ko‘p. Siz ko‘zingizni yumib bu yo‘lni tasavvur qila olasizmi?

 

2-misra: qaynoq quyosh chetlarida past bo‘yli buta o‘sgan, ammo birorta daraxti yo‘q yo‘lning tepasida tikka osilib turibdi.

 

Bu ikki misradan ko‘rinishni fotorasm shaklida yoki televizor ekranidagi tasvir shaklida tasavvur qiling.

 

3-misra: ikki qator ulkan otlar aravani qiynalib tortib ketayapti.

 

Agar siz bu ko‘rinishni o‘zingizga tasavvur qila olsangiz siz she’rning bu uch misrasi-ni osongina eslab qolasiz, chunki ular aniq tasvirlarni uyg‘otadi.

 

Valerining misralari bilan ahvol bir oz qiyinroq, chunki ularda xayolan tasavvur qi-lib ko‘rish mumkin bo‘lgan ko‘rinishlar yo‘q.

Xayolda aniq, ravshan tasvirlarni shakl-lantirishga o‘rganish, odatlanish juda muhim-dir, chunki ularni yaratar ekanmiz, biz eslab qolish jarayonini ancha yengillashtiramiz.

Buni yaxshiroq tushunib olishimiz uchun quyidagi mashqlarni bajaramiz:

Shu narsa muhimki, quyida keltirilgan mashqlar birdan emas, faqat asta-sekin va biridan keyin boshqasi bajarilishi kerak. Birinchi mashqni yaxshi o‘zlashtirib olganin-gizni his qilganingizdan keyingina ikkin-chi mashqqa o‘ting, ikkinchisini mustahkam o‘zlashtirgandan so‘ng uchinchisiga o‘ting va hokazo. Mashqlarni bir necha hafta davomi-da kuniga 2-3 martadan bajaring.

 

Ko‘zlaringizni yuming va ketma-ketiga qu-yidagilarni tasavvur qiling: mushuk, daraxt,

 

lug‘at, do‘st yoki dugona (siz yaxshi bilgan) ma-shina, qalam, elektrolampa va hokazo. Keyin boshqa so‘zlar ro‘yxatini tuzing. Har bitta predmetga imkon qadar eng aniq tasvir (rasm) yaratishga erishishga harakat qiling. Sizning xayolingizda (ongingizda) bir predmetni yoki bir mavjudotning turli xil tasvirlari yuza-ga kelishi ehtimoldan xoli emas. Lekin bu muhim emas. O‘sha tasvirlarning o‘ziga qayting va diqqatingizni ularda mustahkamlang. Bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng boshqa predmetga o‘ting.

 

Ko‘zlar avvalgidek yu.muq. Endi xayolan uch predmet: kalit, gugurt qutisi va soatni, sta-kan, lineyka va qoshiqni, bir juft botin-ka va shimni, it, mushuk va to‘pni va hokazo uchliklarni birlashtirishga urinib ko‘ring.

Ko‘zlar oldingidek yumulgan, ikkita nar-sani yonma-yon tasavvur qilib ko‘ring: qa-lam kitobning ustiga qo‘yilgan, bir juft ko‘zoynak gazeta ustida yotibdi, sanchqi li-kopchada yotibdi, kursi yonida turibdi, bo-tinka yonida poyabzal tozalash cho‘tkasi tu-ribdi, taroq atir shishasi oldida, shisha benzin quyish kolonkasi yonida turibdi va hokazo.

 

Ko‘z oldingizga harakatlanuvchi tasvir (rasm)larni keltiring. Butunlay o‘ylab to-pib yaratilgan tasvirlar bilan mashq qi-ling. Zero, tasavvurlarning bu turi eslab qolish bo‘yicha mashqlarning davomida sizga foyda beradi. Misol: uchayotgan va qahvali finjonga kelib tushgan qoshiq, mixni o‘zi qoqayotgan bolg‘a, gazlama bo‘lagini ikkiga qirqayotgan pichoq, dasturxonga ag‘darilib tushgan siyoh shishachasini tasavvur qiling. Keyin ko‘lga sho‘ng‘iyotgan qushni va hokazo.

Ikkita narsani bir-biriga shunday birik-tiringki, ularning biri ikkinchisi tomon-ga harakatlansin va u bilan to‘qnashsin. Bu mashq juda muhim, chunki sizga ikkita narsa-ni xayolan birlashtirish zarur bo‘lganda, agar narsalardan biri harakatlansa, sizning mi-yangizda ancha barqaror tasvir paydo bo‘ladi. Shaxsiy rivojlanish jarayonida xayoliy tim-sollarni erkin yaratish yoki vizuallashtirish ham sezilarli rol o‘ynaydi. Biz bu yerda taf-silotlarga to‘xtab o‘tmaymiz, chunki bizning fanimiz, predmetimiz – xotira.

Agar g‘oya bizda mustahkam «o‘tirib» (joyla-shib) olgan bo‘lsa, biz uni amalga oshirish uchun nima qila olishimiz yoki qila olmaslgimiz-dan qat’i nazar (bunga bog‘liq bo‘lmagan holda), uning o‘zi bizni o‘zimiz sezmagan holda g‘oyani moddiylashtirishimizga olib keladi.

 

Shunday qilib, g‘oyani on-gimizga singdirish uchun uni xayoliy tasvir (rasm) lar shaklida tasavvur qi-lishimiz kerak.

telepatiya, telegipnoz, masofadan turib ta’sir qilish texnikasi va hoka-zo sohalarda ham vizual-lashtirishdan keng foyda-laniladi.

Endi siz predmetni: hayvonlar, perso-naj yoki harakatni imkon qadar tezroq vi-zuallashtirishni bilish uchun mashqlarning batafsil va sinchiklab o‘tkazilishidan man-faatdorsiz.

Boshlanishida sizga o‘zingiz narsaning xayoliy tasvirini ishonchli mustahkamlashga qodir emasligingiz haqida tasavvur shakl-lanishi mumkin. Bu tabiiy holdir. Jara-yon shunday o‘tadiki, xuddi predmet bizning xayoliy ko‘rish maydonimizda paydo bo‘lgan-dek, keyin esa tez g‘oyib bo‘lgandek bo‘ladi. Bu doimo shunday bo‘ladi. Biroq tasvirni xotirada qayta tiklashingiz bilanoq u av-valgidek ko‘proq davom etadi, ammo yana g‘o-yib bo‘ladi va hokazo.

Harakatlanuvchi tasvirlar bilan mashqlar qilib siz asta-sekinlik bilan tasvirlar-ning izchilligidan tuzilgan haqiqiy ichki filmni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Siz vizuallashtirishning bu texnikasini ko‘p darslarda amalda puxta o‘rganib olish

 

imkoniga ega bo‘lasiz. Biroq shu lahzadan boshlab, birinchi mashqlarni bajarib, o‘zingizni bunga tay-yorlang. Vizuallashti-rishni yaxshilab o‘rga-nib olmaguningizcha o‘zingizni har kuni mashq qildirib boring.

 

 

 

 

 

Ko‘zingizning oldiga unda markaziy per-sonaj (masalan, siz) boshqalar orasida bo‘l-gan va unda biror narsa sodir bo‘layotgan ko‘rinishni keltiring. Misol uchun, siz poch-tadasiz va pul jo‘natmasini olayapsiz, siz do‘kondan non xarid qilayapsiz, siz do‘stla-ringiz bilan yoki poezdda nazoratchi bilan suhbatlashayapsiz va hokazo.

Bu mashqlarning hammasi majburiydir, chunki xayoliy timsoliy tasavvur erkin eslab qolish jarayonida eng muhim shartdir. U xo-tirada bog‘lanish (assotsiatsiya)larni barqa-ror saqlash imkonini beradi.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика