AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR.
Istalmagan homiladorlikni oldini olish uchun uchun oral kontraseptivlardan foydalaning. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, ayol OKni qo’llashni boshlaganidan so’ng, jinsiy hayotdagi jinsiy aloqalar soni ortadi. U o’zini erkinroq his qiladi va homilador bo’lib qolishdan xavfsiramaydi. Bundan tashqari, shu sababli ko’pgina ayollarda jinsiy munosabatlardan lazzatlanish hissi sifat jihatdan yaxshiroq bo’ladi.
Tana terisini iloji boricha uzoqroq yosh ko’rinishni istasangiz, teri osti yog’ qatlamini saqlashga harakat qiling. Terining yaxshi ko’rinishi aynan shunga bog’liq. Oddiy qilib ayiladigan bo’lsa, haddan tashqari ozishga urinmang.
Muntazam ravishda jelatin saqlovchi taomlarni (xolodets va boshqalar) muntazam ravishda iste’mol qilishni unutmang. Ular tirnoq va sochlarning tuzilishini yaxshilaydi.
Ortiqcha vazn olishni xohlamasangiz, to’liq va me’yoriy uyqudan mahrum bo’lmang. Olimlar doimiy ravishda 5 yoki undan kamroq vaqt davomida uxlaydigan kishilar me’yoriy hisoblangan 7-8 soat davomida uxlaydiganlardan ko’ra to’laroq bo’lishini aniqlashdi.
Sog’lom ovqatlanish — go’zallik va salomatlik garovidir. O’zingizni shirinliklardan ko’p ham cheklamasligingiz mumkin, ammo fast-fud, margarin, chipsi, limonadlar, dudlangan mahsulotlar, go’shtli yarimfabrikatlar, konservalar, ko’p miqdorda kofe, energetik va spirtli ichimliklardan voz kechgan ma’qul.
Atrogingizdagi odamlar faqat optimistlar bo’lishiga harakat qiling. Negativ ruxda yuruvchilar nafaqat o’zlarining, balki sizning kayfiyatingizni ham buzadi. O’zingiz ham quvnoq va shodon bo’ling.