Hikoyalar

Hikoyalar Vijdon azobidan qutqargan falokat

Hikoyalar Vijdon azobidan qutqargan falokat

Hikoyalar Vijdon azobidan qutqargan falokat

Dildora bu xonadonga kelin bo‘lib tushganiga besh yil bo‘ldi. Uni barcha oila a‘zolari iliq kutib olishdi. Kelin emas, o‘zlarining qizlaridek qabul qilishdi.

Turmush o‘rtog‘i ham uni yer-u ko‘kka ishonmas, asrab avaylardi, o‘zini baxtli his etishiga barcha narsa muhayyo edi. Faqatgina bir narsadan jahli chiqar, bir narsa uni yuz foiz baxtli bo‘lishiga to‘sqinlik qilar edi. Bu uning ovsini Risolat.

To‘g‘ri, u Dildoraga qarshi hech qanday adovati yo‘q, biror bir xusumatli ish qilmagan edi. Dildoraning yagona asabini buzadigan sabab, bu qaynonasining har doim ovsini bilan maslahatlashishi, ko‘pincha aynan ovsinining gapi bilan biror ish qilishi edi.

Shuning uchun ham, ba‘zi bir masalalarda qaynonasi Dildora albatta ovsinidan so‘rash kerakligini, undan maslahat olishini tavsiya qilardi. Risolat bu xonadonga Dildoradan atigi ikki yil avval kelin bo‘lib tushgan, o‘z shirinso‘zligi, uddaburon va chaqqonligi bilan hammani mehrini qozongandi.

Qaynonasi shuning uchun ham unga to‘liq ishonar, butun ro‘zg‘orni unga ishonib topshirib qo‘ygandi. Dildoraga aynan qaynonasining o‘rniga ovsinining qaynonalik qilishi yoqmas edi. Kuni kecha ham shunday bo‘ldi.

Qaynonasining tug‘ilgan kuni, har yilgidek mehmonlar ko‘p kelar, shuning uchun bir kun avval tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Oyijon, men unda napoleon qilaman, – Dildora taklif bildirdi. Dildora, bunga ko‘p vaqt ketadi, bitta pishiriq uchun shuncha vaqt yo‘qotmaylik, uning o‘rniga salatlarni ko‘paytiramiz.

Siz yaxshisi tvorogli pirog qilin, ham tez, ham kam masalliq ishlatamiz, – har doimgidek uning gapiga qarshilik qildi ovsini. Ovsiningiz to‘g‘ri aytyapti, qizim. Bo‘lmasa, oshxonani sizlarga topshirdim, men nabiralarga ko‘z-quloq bo‘laman.

Hikoyalar

Dildoraxon, siz ovsiningiz aytgan ishlarni qilasiz, – shunday deya qaynonasi ichkariga kirib ketdi. Shu kuni ham, ertasiga ham Dildoraning qovog‘i ochilmadi. Turmush o‘rtog‘iga arzi-hol qilmoqchi ham edi, lekin bu fikridan qaytdi.

Chunki eriga aytgan taqdirda ham, uni qo‘llamasligi aniq. Sababi, eri ham kelinoyisini yaxshi ko‘rar, ba‘zi masalalarda undan maslahat ham olib turardi. O‘ylay-o‘ylay bir qarorga keldi, bu qaroridan o‘zi ham cho‘chib ketdi.

Shunday qilsagina, ovsinining yuzi qora bo‘lib, maslahatlari va aqlliligidan qutilardi. Haydab yuborishmasa, juda bo‘lmaganda ro‘zg‘orini bo‘lak qilishardi. U shu rejasi bilan tilla zanjirini qo‘liga oldi, maqsadi ovsinini o‘g‘rilikda ayblash edi.

Rejasini qanday amalga oshirishni o‘ylab turganda, oshxonadan uch yoshli o‘g‘lining chinqirig‘i eshitildi. Nainki u, qaynonasi bilan ovsini ham yugurib chiqishdi. O‘g‘li yerda chinqirib yig‘lar, chap qo‘li yelkasi bilan qizarib turardi.

Dildora karaxg ahvolga tushib qoldi, uning oyoq-qo‘li qaltirab, nimalar bo‘layotganini idrok qilmasdi. O‘yinqaroq bola qaynab turgan chovgumni ustiga to‘kib yuborganini tushungan ovsini birinchi bo‘lib bolaga yopishdi. Xonasidan qandaydir malham olib chiqib zudlik bilan kichkintoyning badaniga surdi.

Dildorani, qaynonasini tinchlantirib, bolani olib shifoxonaga yugurishdi. Dildora haligacha shok holatida bo‘lgani uchun, shifokorning oldiga ovsini kirib ketdi. Bu orada Dildoraning turmush o‘rtog‘i ham yetib keldi. Nima bo‘ldi?

Fazliddin yaxshimi? Qani o‘zi? – eri tinmay savollar berar, Dildora esa hech biriga javob berolmay, faqat unsiz yig‘lardi. Shu payt ichkaridan shifokor va kichkintoy Fazliddinni ko‘targan ovsini chiqdi. Xavotirga o‘rin yo‘q, vaqtida olib keldinglar.

Buning ustiga kuygan joyiga surilgan malham juda yaxshi ta‘sir qilgan. Endi men yozib bergan malhamlarni surib tursanglar, kuygan joyida hech qanday chandiqlar qolmaydi, – shunday deb, ularga qog‘ozda yozilgan dorilar ro‘yxatini uzatdi.

Dildora faqat shundagina o‘ziga keldi. Qo‘lida tilla zanjirni siqib turganini ko‘rdi va o‘zi qo‘rqib ketdi. Uni vijdon azobi qiynay boshladi. Tilla zanjirni darrov cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Qanchalik adashganini, qanchalik ovsinini noto‘g‘ri tushunganini anglab yetdi.

Ovsinini butun kuchi bilan quchoqlab oldi: Meni kechiring. Rahmat sizga. Risolat uning nima uchun kechirim so‘raganini tushunmadi, shunchaki uning qo‘rqib ketganiga yo‘ydi: Hammasi yaxshi bo‘ladi, – Dildoraning boshini silab qo‘ydi.

Добавить комментарий