Shaxsning shakllanishida motivasiyaning roli

Shaxsning shakllanishida motivasiyaning roli

Shaxsning shakllanishida motivasiyaning roli

 

  1. Insonning motivlar oqimi to’g’risida mulohazalar.

 

Insonning motivlari tuzilishini, ularning asosiy funksional mexanizmlarini hamda shakllanish jarayoniga yo’naltirishning strategik rejasini ishlab chiqish muammosini psixologik jishatdan tushuntirish uchun bolaning psixik rivojlanishi tashliliga o’ziga xos ravishda taktik yondashish ma’qul.Shaxsning motivlari oqimi muammosi uning ham metodologik, ham nazariy munosabatni tekshirish demakdir. Chunki to Hozirgi davrgacha sobiq sovet psixologiyasida uning ko’pgina qismlari o’z yechimini topa olmagan. G’arb mamlakatlari hamda AqSh psixologlari orasida «biologik eshtiyojlar asosida inson motivlari yotadi», degan qarashlar majmuasi keng ko’lamda qo’llanib kelinmoqda. Chunonchi, AqSh psixologi B.Damellning fikricha, to’qimada vujudga kelgan eshtiyojlar qo’zg’atuvchining asosiy manbai shisoblanadi. Mazkur g’oya yuzasidan mulohaza yuritgan Danlep esa «qo’zg’alish biologik to’qimalardan chetga chiqmaydi», degan fikrga qat’iy ishonadi. Gilfordning ta’kidlashicha, faollikning birlamchi manbai ovqatdan» iboratdir. Lekin muallif o’z fikrini izchil ochib berishga intilmaydi.

 

Bu vaziyatni basholashda psixologik muammolar oqimi bilan motivlarning biologik oqimi o’rtasida yuz beruvchi o’zaro o’rin almashishning sodir bo’lishini mulohaza doirasidan tashqari chiqmaslik lozim. Chunki biologik hartlangan reja faollik manbai o’zaro o’rin almashish jarayonlari assimilyasiya va dissimilyasiya sifatida namoyon bo’ladi. Sholbuki biologik holatlar psixik jarayonlarning moddiy asosini tashkil qiladi. Xuddi shu boisdan, ular birlamchi manba va psixik faollikning negizi tariqasida yuzaga keladi.

 

  1. Ilk bolalik yosh davrida xulq-atvor motivlari. Ikki-uch yoshli bolaning motivlari tuzilishi kristallashmagan (amorf)ligi bilan, shuningdek, ularning qat’iy ierarxiyasi yo’qligi bilan tavsiflanishi namoyon bo’ladi. Bola shaxsiga aloqador motivlar tizimi bir qator motivlar yig’indisini ifodalovchi, o’zaro bir-biri bilan tasodifiy o’rin almashib turish xususiyatiga egadir. Motivlarni o’zaro o’rin almashish jarayonida yagona anglashish darajasidagi nazorat tizimiga bo’ysunmaydi.

 

S.L.Rubinshteyn bolalik davrining motivlariga quyidagicha psixologik tavsif beradi: «Bevosita bolaga ta’sir etuvchi har bir qo’zg’atuvchi (qo’zg’ovchi) ilk bolalik davrida uning o’sishida shukmronlik qiladi. Chunki undagi ichki motivlar shali mustashkam emas, shuning uchun har xil vaziyatda bola boshqa quzg’atuvchi shukmronligiga tobe bo’lib qolishi mumkin. Shu boisdan beqaror, kuchsiz, betartib motivlar xuddi shunday xatti-harakatlarga bog’liq.

 

Muallif vaziyatning stixiyali ta’siri shaqida mulohaza yuritib, u bolalik beixtiyor intilishining xulq-atvorga ta’sirini ko’rsatib turishini ta’kidlaydi.

Nazariy va amaliy malumotlarga asoslanib, ilk bolalik davridagi individning xulq-atvori, birinchidan, impulsivlik bilan, ikkinchidan, vujudga kelgan vaziyat xususiyati bilan tavsiflanadi. Shaxsni boshlan g’ich genetik qobig’idagi shakllanish pallasidagi motivining dinamik asosi — xatti-harakati qo’zg’alishini muvaqqat, tor mushitidan tashkil topadi. Chunki bola shali motivlashgan ustanovkalarni uzoq vaqt ushlab tura olmasligi sababli u tez yo’qoladi. Muhim ahamiyat kasb etuvchi qo’zg’alishlarda bola chalg’isa, demak, ularni u tezda esdan chiqaradi.

 

Eshtiyoj qondirilishida, affektiv reaksiyalarda, chalg’ish jarayonida qo’zg’alish berilgan vaqt doirasidan chetlashadi. Psixologik doiradagi boshqarishning o’ziga xos vositalari, faoliyatni tashkil etishni ta’minlovchi motivlar — inson faoliyatining energetik darajasini strukturaviy aks ettiradi. Bolaning intellektual darajasi va bilimlarning yetarli emasligi oqibatida kichik bir amaliy tajriba yaqqol amaliy faoliyat mushitini siqib chiqarishi mumkin. Bola biron-bir ob’ektga yo’naltirilgan faoliyatni, uni boshqarishni yuksak funksional- energetik bosqichida motivlarni o’z sholicha uzoq vaqt saqlab yurish imkoniyatiga ega emas.

 

Inson faoliyatining samaradorligi (mashsuldorligi)ni oshirish shaqidagi psixologik usulning rolini L.S.Slavina III-IV sinf o’quvchilarida tajriba yo’li bilan dalillab berdi. L.S.Slavina murakkab va uzoq davom etadigan faoliyatlarni tashlil qilish kezida uni nisbatan mustaqil va sodda tarkibiy qismlarga ajratib chiqadi hamda ularning har birini aloshida nazorat qilish kerak, binobarin, uni xuddi mustaqil faoliyat strukturasining takomillashuvi va rivojlanishi natijasidagina motivlar tuzilishining takomillashuvi va rivoji namoyon bo’ladi. Muallifning fikriga qaraganda, xulq-atvorning muayyan maqsadga bo’ysundirilishi kichik maktab yoshining pirovard bosqichida amalga oshirilib, mazkur bosqich ixtiyoriy xulq-atvor shakllanishining boshlang’ich davri bo’lib shisoblanadi.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика