Psixika va aks ettirish

Psixika va aks ettirish

Psixika va aks ettirish

 

Psixika — bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning sistemali xossasi (xususiyati), sub’ekt tomonidan ob’ektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzalarini sub’ekt o’zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o’z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o’tmishning, hozirgi davr va kelasi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingandir. O’tmish hodisalari inson xotirasida mujassamlashib, shaxsiy tajribalarda namoyon bo’ladi. Hozirgi zamon aqliy jarayonlar, hissiy kechinmalar, obrazlar va tasavvurlar majmuasida ifodalanadi. Kelajak esa turtkilarda, maqsad, ezgu niyatlarda, shuningdek, fantaziya, vijdon azobi, armon va tushlarda aks etadi. Inson psixikasi ham anglanilmagan, ham anglanilgan xususiyatga ega bo’lib, anglanilmagan psixika o’z navbatida hayvon psixikasidan sifat jihatidan keskin tafovutga va ustuvorlikka ega.

 

Tashqi ob’ektlarning psixika shaklida maxsus tana a’zolari qurilmasining faol va ilgarilab in’ikos etishi harofati bilan mazkur ob’ektlarning xususiyatiga mutlaqo mutanosib harakatlarni amalga oshirish imkoniyati yuzaga keladi. Shu bilan birga psixikaning vaziyat ustuvorligi va qidiruv faolligi tufayli organizmning tarkiblari o’rtasida yashash uchun kurash ro’yobga chiqadi.

 

Xuddi shu boisdan psixikani aniqlovchi asosiy belgilari mavjuddir: predmet muhiti obrazini aks ettirish, tirik tana a’zolarining harakat qilish, ularning mazkur muhitda orientatsiyasi, u bilan aloqaga kirishish eshtiyojidan qoniqish, to’g’ri aloqalar teskari aloqa qilish printsipi bo’yicha aks ettirish to’g’riligini nazorat qilish kabilar. Insonning nazorat instantsiyasi sifatida ijtimoiy amaliyot xizmat qiladi. Teskari aloqa harofati tufayli obraz bilan harakat natijasini taqqoslash amalga oshiriladi, paydo bo’luvchi holat bu natijasidan oldinroq sodir bo’ladi, chunki u borliqning o’ziga xos modeli sifatida yuzaga kelish imkoniyatiga ega. Genetik kelib chiqishiga binoan, psixika o’zining reflektor tipiga va tarixiga ega bo’lgan alohida siklli tizim sifatida ro’yobga chiqqan. Reflektorlik organizm hayotining ob’ektiv haroitlari birlamchiligini bildiradi.

 

Idrok qilinuvchi mazkur tizimning tarkibiy qismlari ijro etuvchanligi, harakatlarning maqsadga yo’nalganligiga, obraz ta’siriga «teskari» qonuniy o’tish jarayoni hisoblanadi. Psixikaning reflektor tabiatining birinchi shunday ilmiy talqini rus fiziologi I.M.Sechenov tomonidan amalga oshirilgan bo’lib, bir qacha asrlar davomida psixika alohida tanasiz narsa, uni harakatga keltiruvchi, uni nerv jarayoni bilan almashtiruvchi, unga tenglashtiruvchi mexanik materialistik yo’nalishga kuchli zarba edi. Psixikaning faolligi reallik bilan bevosita muloqotga kirishish jarayonida namoyon bo’ladi, chunki nerv apparatlarida harakatlanuvchi fizikaviy, kimyoviy qo’zg’atuvchilarni qayta qurish ko’zda tutildi.

 

Qo’zg’ovchilarda, ularning doirasidagi xatti- harakatlarga kuch-quvvat beruvchi, uzluksiz ravishda intiluvchi, xulq-atvor dasturi bajarilishini ta’minlovchi, unga qidiruv jarayoni va variantlar tanlashni o’zida qamrab oluvchi faollikning xususiyatlaridir. Psixika biologik evolyutsiyaning ma’lum bir bosqichida vujudga kelgan bo’lib, uning o’zi omillarning biri sifatida organizmni ularning yashash haroitiga tobora kuchayib boruvchi moslashuvni ta’minlab turadi. Psixikaning insonda paydo bo’lishi sifat jihatdan mutlaqo yangi tuzilishga ega, chunki u ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning qonuniyatlari bilan hartlangandir. Faoliyat regulyatsiyasining yuksak darajasi sifatida ong vujudga keladi, psixika faolligining yuksak ko’rinishi manbai tariqasida esa shaxs shakllanadi.

 

Bizningcha, metodologik nuqtai nazardan psixika tahlil qilinganda, albatta biosferik va neosferik aloqalar natijalari, ularning ta’sirchanlik kuchi, vaziyat, muhit hamda holatlar (hodisalar) fazoviy joylashuvi, «sun’iy miya»ning vujudga kelishi imkoniyati yuzasidan fikr bildirish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Chunki, inson aql-zakovatining quvvati yetmaydigan, payqash imkoniyatiga ega bo’lmagan borliqning mo’jizalari, sirlari mavjuddir, uni hisobga olmasdan ilojimiz yo’q. Shuningdek, qarama-qarshilik mavjud ekanligini tan olish bilan birga, murosa-yu madora, xaotik (betartib) harakatlar hukm surishini unutmaslik lozim.Aks ettirish materiyaning umumiy xususiyatidan iborat bo’lib, ob’ektlarning belgilari va alomatlarini turli darajada adekvat (to’g’ri) idrok qilishga qobiliyatliligi, boshqa ob’ektlarning munosabatlari va tuzilishining tavsiflarini ifodalaydi.

In’ikosning xususiyati materiyaning tashkil topganlik darajasiga bog’liq, chunki u organik va noorganik tabiatda, hayvonot olamida, ijtimoiy hayotda o’ta sodda va yuksak tashkil topgan tizimda sifat jihatdan xilma-xildir. Organizmda dastlabki aks ettirishning vujudga kelishi tirik tananing ichki va tashqi stimullarining javob reaktsiyasiga tanlab munosabatda bo’lish manbaidan kelib chiquvchi seskanuvchanlikdan boshlanadi. Bu psixikaga b o’lgan aks ettirishning sodda ko’rinishi bo’lib, u organik dunyoni rivojlanish jarayonida sezuvchanlik qobiliyatiga ega bo’lgani tufayli sezgi vazifasini bajaruvchi birlamchi psixologik obrazlar paydo bo’la boshlaydi, ular organizm harakati ehtiyojini, fazoviy chamalash (mo’ljallash) maqsadini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Xuddi ana shu davrdan boshlab muhitga, ekologiyaga t o’g’ri moslashish va harakatni idora qilish funktsiyalari yuzaga keladi. Aks ettirishning sodda shakllari murakkabroq shakllarining rivojlanishi uchun zarur hart-haroitlar sifatida xizmat qiladi.

 

Organik dunyoning keyingi evolyutsion taraqqiyot davrida voqelikning ham sensor, ham aqliy obrazlarni qamrab oluvchi sodda sababiy aloqalar va vaqtni idrok qilish yuzaga keladi, buning natijasida xatti-harakatni to’g’ri ifodalash imkoni va faollik xususiyati tug’iladi. Bevosita harakat qiluvchi qo’zg’atuvchi organizmning to’g’ridan to’g’ri reaksiyasiga javobi oldindan, ilgarilab aks ettirishni keltirib chiqaradi. Inson faoliyatining ijtimoiy hartlanganligi tufayli in’ikos faolligi oshibgina qolmay, balki u sifat jihatidan mutlaqo boshqa xususiyat kasb eta boshlaydi. Aks ettirishning tanlovchanlik va maqsadga yo’nalganlik xususiyatlari hamkorlik faoliyati jarayonida mehnat quroli orqali tabiatni o’zgartirish ehtiyoji darajasi ko’rsatkichi aniqlanadi. Mazkur jarayonlarda psixik aks ettirish nafaqat hissiy obrazlarni, balki mantiqiy tafakkur, madaniyat mahsulini o’zida ifodalovchi ijodiy fantaziya,o’z navbatida til tarkibiga kiruvchi belgilar, alomatlar tizimining mohiyatiga qorishib, yaratuvchi sifatida aks ettirishning tubdan, radikal o’zgarishga olib keladi. Bunday toifadagi in’ikosning oqibatida ideal obrazning paydo bo’lishiga puxta zamin hozirlaydi, imkoniyatlarning ro’yobga chiqishi uchun barcha hart-haroitlar yaratadi. Aks ettirishning to’g’riligi, adekvatligi o’zini kelib chiqish manbaga ko’ra, mazkur manbaning moddiy tavsifi bilan miyada nerv impulslarini qayta ishlash o’rtasidagi qiyosiy jarayonni mujassamlashtiradi va sub’ektning psixologik jihatidan namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’zgarishi, takomillashishi kabi holatlarni ham bevosita, ham bilvosita usullar yordami bilan turlicha shaklda, tarzida, k o’rinishda ifodalaydi.

 

Psixologiya fanida aks ettirishning quyidagi ko’rinishlari tan olinadi: fizik, fiziologik, psixik, ong, o’zini anglash.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика