Ongning paydo bo’lishi va uning ijtimoiy tarixiy moshiyati

Ongning paydo bo’lishi va uning ijtimoiy tarixiy moshiyati

Ongning paydo bo’lishi va uning ijtimoiy tarixiy moshiyati

 

Inson psixikasi bilan yuksak tashkil topgan shayvon psixikasi orasida katta farqqa ega bo’lgan ijtimoiy voqelik shukm suradi. Shayvon o’z to’dasidagi a’zolariga yaqqol holat bilan bog’liq bo’lgan, bevosita favquloddagi vaziyat bilan cheklangan hodisalar yuzasidan «o’zining tili»da xabar uzatishi odatiy hodisa. Odam undan farqli o’laroq nutq vositasida o’z qabiladoshlariga o’tmish (xotirot), Hozirgi davr va kelajak to’g’risida ma’lumot (axborot) berish hamda ijtimoiy turmush tajribalarini uzatish imkoniyatiga ega.

 

Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida til tufayli aks ettirish (in’ikos qilish) imkoniyatlari qayta qurildi, oqibat natijada odam miyasida atrof-mushit timsollari, xususiyatlari aniqroq aks eta boshladi. Buning natijasida yakka shol shaxs kishilik dunyosi tomonidan orttirilgan tajribadan bashramand bo’la bordi, shuningdek, uning uchun noma’lum shisoblangan borliq hodisalari, holatlari, qonuniyatlari to’g’risidagi bilimlarga egalik qila boshladi. Shis-tuyg’ular, ichki kechinmalar, taassurotlar, shayajonga soluvchi nafosat timsollar yuzasidan zavqlanishi, maroq olish imkoniyatlari vujudga keldi, ularning mazmuni, ma’nosi, moshiyati bo’yicha o’ziga o’zi shisobat berish, ijobiy yoki salbiy ta’sir etishini basholash muammolarini keltirib chiqardi.

 

Shayvonot olami bilan insoniyatning xabar uzatish vositasi orasidagi farqi tafakkurda ham o’z aksini topadi. Chunki har qanday psixik funksiya boshqa turdagi, shakldagi, mazmundagi funksiyalar qobig’ida namoyon bo’ladi va muayyan hart-haroitlar vujudga kelganida rivojlanadi. Yuksak taraqqiy etgan shayvonlarda amaliy (sodda) tafakkur mavjud bo’lib, chamalash orqali mo’ljal olishga, favquloddagi vaziyat yuzaga keltirgan vazifani bajarishga yo’naltirilgandir. Shayvonlar, aniqrog’i maymunlar ayrim shollarda «qurol» yasash va undan muayyan masala shal etishda foydalanish hodisalari tajribalarda kuzatilgan, lekin ulardan birontasi tafakkurni mavshum tarzda amaliyotga tatbiq eta bilmagan.

 

Sholbuki shunday ekan, shayvonlar idrok qilish ko’lamidan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega emas, binobarin, u yaqqollikdan mavshumlikka o’ta olmaydi, shatto bunday vaziyatni aks ettirish imkoni ham yo’q. Shayvon yaqqollik, bevosita idrok qilishlikni quli bo’lsa, aksincha inson mavshum fikrlashning gultojisidir. Inson bilan shayvon o’rtasidagi bu boradagi tafovut quyidagilarda mujassamlashadi: a) shaxsning xulq-atvori, faoliyati yaqqollikdan mavshum holatga o’tish imkoniyatiga ega; b) favquloddagi vaziyat munosabati tufayli vujudga kelishi eshtimol oqibatni oldindan payqash layoqati mavjud; v) qiyinchiliklar uchrasa, ularni engish uchun qo’shimcha vositalar qo’llash, o’zgartirishlar kiritish bilan ajralib turadi. Shuning uchun avtomobil ishdan chiqsa, inson uni sozlaydi, yomg’ir yog’sa, narsalarni panaga oladi, ayb ish qilib qo’ysa, shimoyalanish yo’l-yo’riqlarini o’ylaydi, muammo yechimini qidiradi va hokazo.

 

Shaxs favquloddagi vaziyatning quliga aylanmaydi, aksincha u kelajakni ko’ra bilishga qodir, aql-farosat esa bashorat qilish imkoniyatini yaratadi.

 

Faoliyat mashsulini oldidan payqash, fe’l-atvor oqibatini ilgarilab ketib sezish uquviga egaligi bilan inson ustuvorlik qiladi. Shayvonlarning amaliy tafakkuri ularni yaqqol vaziyatdan bevosita ta’sirotga bo’ysunishni taqozo etadi. Shaxsni mavshum fikrlashga nisbatan qobiliyati muayyan vaziyatga bevosita bog’liqlikdan uni xalos etadi. Inson bevosita muhim ta’siriga javob berish bilan qanoatlanib qolmasdan, balki uni kutayotgan ta’sirini ham bartaraf etish qurbiga egadir. Inson psixikasi bilan shayvon psixikasi o’rtasidagi birinchi farq shaxsning o’zi anglagan qadriyatga binoan ongli xatti-harakat qilish qobiliyati mavjudligidir.

Shaxsning shayvondan ikkinchi farqi- uning mehnat qurollarini yaratish va saqlashga layoqatli ekanligi bo’lib, oldindan tuzilgan reja bo’yicha ularni yasaydi va ulardan muayyan maqsadni amalga oshirishda foydalanadi hamda keyinchalik qo’llash niyatida asrab olib qo’yadi.

 

Ulardan odamlar hamkorlikda foydalanadi, hamkorlik faoliyatida esa qurollar yaratiladi, o’zaro tajriba almashadi, bilimlarni boshqalarga uzatishadi, umumiy saviyaga vorislik tufayli yuksaladi.

 

Inson psixikasining shayvondan yana bir farqli tomoni shundaki, uning ijtimoiy tajribaning boshqalarga uzluksiz ravishda uzatishida aks etadi.

 

Tajribalarni instinktiv xatti-harakatlar tarzida o’zlashtirish hodisasi ham insonga, ham shayvonga xos odatdir, lekin shaxsiy tajribaga ko’ra ijtimoiy tajribaning ustuvorligi odamning ongli mavjudodga aylanishining asosiy manbai shisoblanadi. Shaxsning ijtimoiy munosabat, ijtimoiy tajriba shakllantiradi, moddiy va ma’naviy qurollarni egallash natijasida unda yuksak insoniy funksiyalar (ixtiyoriy xotira, ixtiyoriy diqqat, mavshum tafakkur) vujudga keladi va rivojlana boradi. Sub’ekt tomonidan kishilik dunyosida yaratilgan madaniy merosni o’zlashtirilishi, ayrim o’zgartirishlar kiritilishi uning kamolotiga sifat jishatidan yuksak bosqichni yuzaga keltiradi. Yuksak funksiyalar, nutqiy faoliyatning takomillashuvi, mehnatning shayotiy eshtiyojga aylanishi, ertangi shayot to’g’risida mulohazalar tug’ilishi ongning rivojlanishi uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Shu bois inson bilan shayvon o’rtasidagi tafovut tajribaning vorislik funksiyasi kasb etishi bilan yakunlanadi. Jismoniy va aqliy faoliyat kundalik zaruratga aylanishi sababli ong bevosita nazorat funksiyasini bajara boshlaydi, shuningdek, jamiyat, jamoa, tabiat to’g’risidagi tasavvurlarini tushunishi, anglash ham uning tasarrufiga aylanadi.

 

Borliq voqeliklarini bir tekis in’ikos ettirish vositasi sifatida insonda shis- tuyg’ular rivojlana boshlaydi. Inson bilan shayvonot olami orasidagi yana tafovut shis-tuyg’ular orqali namoyon bo’ladi. Lekin atrof-mushitdagi o’zgarishlarga nisbatan befarqlik har ikkala toifadagi mavjudodlarda shukm surmaydi, biroq tashqi ta’sirlar ijobiy yoki salbiy shissiy qo’zg’atishni vujudga keltiradi. Emosional holatlar shayvonlarda ustuvor rol o’ynaydi, o’zlarining ularga munosabatlarini bildiradi. Biroq shayvonlardan farqli o’laroq odam o’zining yuksak shis-tuyg’ulari (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik-lazzatlanish) bilan jamiyatga va tabiatga nisbatan munosabatini bildiradi, jumladan, quvonch, g’am-g’ussa, meshr-mushabbat, achinish, hamdardlik, zavqlanish, faxrlanish, iftixor va boshqalar.

 

Tabiat manzaralari, mehnat mashsuli, turmush lashzalari, ezgulik, armon insonni faolikka undaydi, har bir soniyadan maqsadga muvofiq foydalanish xoshishlari motiv vazifasini bajarishga o’tadi. Yuksak shis-tuyg’ular inson xulq- atvorining regulyatoriga aylanadi, Undagi vijdon, uyat, mas’ullik esa qadriyat tariqasida xizmat qiladi. Shis-tuyg’ularni boshqarish, nazorat qilish onglilikni taqozo etadi, ko’zlangan maqsadni amalga oshirishni ta’minlashga yordam beradi. Agarda psixikaning taraqqiyoti biologik evolyusion qonunlar ta’siri bilan ro’y bergan bo’lsa, inson ongining rivojlanishi ijtimoiy tarixiy taraqqiyot qonunlari tufayli amalga oshgan. Shayvon bilan odam psixikasidagi yana bir tafovut ularni rivojlanish hart-haroitlarida ko’rinadi va mushit, munosabat, ta’sir orqali aks etadi.

Shaxslararo munosabatga kirishmasdan turib, yuksak shis-tuyg’ular shakllanmaydi, yuksak psixik funksiyalar rivojlanmaydi, inson shaxsi kamol topmaydi. Odam faqat ijtimoiy mushitda, shaxslararo munosabatda insoniy fazilatlarni egallab, til, aql, ong yordamida kamol topadi, xolos. Shunga qaramasdan, ong paydo bo’lishining biologik hart-haroitlari mavjudligi to’g’risida mulohaza yuritish mumkin.

 

Chunki dastlabki ijtimoiy munosabatlarning biologik hart-haroiti ibtidoiy jamiyatdagi to’dadan iborat edi. Shaxsning biologik hartlangan jishatlaridan tashqari, uning ijtimoiy omillari ham mavjud bo’lib, u muayyan ma’noda ijtimoiy munosabatlar mashsulidir. Bunga ijtimoiy mushitdan tashqarida (o’rmonda) shakllangan inson farzandlarining qiyofasi yaqqol misoldir.

 

Mushitdagi keskin shalokatli o’zgarishlar tufayli inson o’zining moddiy eshtiyojini qondirish maqsadida mehnat faoliyatini kashf etdi va u ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga, turmush hart-haroiti yaxshilanishiga, ongning takomillashuviga, fikr almashish, axborot uzatish imkoniyatining tu g’ilishiga olib keldi. Tartibsiz to’dalardan kishilik jamiyati paydo bo’lganga qadar bir qancha davrlar o’tdi, odamning qo’li mo’jizakor ish qurollarini yasaydigan, ularni takomillashtiradigan, keyinchalik foydalanishi uchun asraydigan ongli mavjudodga o’sib o’tdi.

 

Mehnat faoliyatida odamning ongi aks ettirishning yuksak shaklini egalladi, faoliyatning ob’ektiv xususiyatlarini farqlash, ularni maqsadga muvofiqlashtirish tufayli atrof mushitni o’zgartirish, unga ta’sir o’tkazish qudrati, qobiliyati, layoqati vujudga kela boshladi. U faqat qurollardan muvaqqat foydalanishdan voz kechib, avlodlarga qoldirish, asrashni ong ta’sirida ro’yobga chiqara bordi, buning natijasida insonning har xil shakldagi faoliyati ongli faoliyatga aylandi, o’zaro munosabatlar mazmuni, ko’lami kengaya boshladi, shaxsiy mehnat ulushi jamoa eshtiyojini qondirishning asosiy manbaiga aylandi.

 

Tabiatga ta’sir o’tkazish, uni o’zgartirish to’g’risidagi maqsad o’z funksiyasini o’zgartirdi, qo’l esa yangidan yangi mo’’jizalar ijodkoridan asta-sekin aks ettirish quroliga, sezish, payqash, paypaslash, shis etish organi vazifasini bajarishga o’sib o’tdi.

 

Kishilik jamiyatida mehnat faoliyatining takomillashuvi, shaxslararo munosabatning yangi shakllarining paydo bo’lishi, til va nutqni vujudga keltiradi, ularning barchasini maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlovchi ong jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Ong faqat faoliyat, xulq-atvor, muomala, shis-tuyg’ular regulyatori emas, balki yakkashol shaxsning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini to’g’ri amalga oshishining asosiy manbai rolini bajara boshladi.

 

Shunday qilib, insonning ongi ijtimoiy tarixiy taraqqiyot mashsuli bo’lish bilan birga, u mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajribani o’zlashtirishda, hamkorlikdagi o’zaro ta’sirda, tabiatga, jamiyatga nisbatan munosabatlar moshiyatida vujudga kelgan. Buning mashsulasi, shakli sifatida individual, guruhiy, etnik (milliy), ijtimoiy ong namoyon bo’lgan va ularning barchasi taraqqiyot tufayli o’zining yangi bosqichlariga o’sib o’tgan hamda keyinchalik fan, texnika yaralishiga puxta zamin shozirlagan.

 

  1. Ong moshiyati. Psixikaning yuqori bosqichi faqat insongagina xos bo’lgan, uning eng yuksak darajasi shisoblanmish ongda o’z aksini topadi.Ong psixikani yaxlit tarzda ifodalovchi yuksak shakli shisoblanib, insonning yakka va hamkorlik faoliyatining (muloqot nutq, til vositasida, ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning mashsuli sifatida yuzaga kelgandir.U ijtimoiy mashsul bo’lishidan tashqari, unga muayyan munosabat bildirish maqsadni ko’zlash, o’zlikni anglash kabilarni namoyon etish imkoniyatiga egadir. quyidagi mulohazalarimizda ongning tarkibiy qismlarining moshiyatini yorituvchi va ularning shukm surishiga ta’sir etuvchi omillarga doir ayrim manbalar xususiyatini tavsiflashga harakat qilamiz. Odatda inson ongi uni qurshab turgan tevarak- atrof shaqidagi bilimlar majmuasidan iborat bo’lib, uning tuzilishi tarkibiga shunday bilish jarayonlari kiradiki, qaysiki ularning bevosita yordami bilan shaxs o’z axborotlari ko’lamini uzliksiz ravishda boyitib boradi.Insondagi bilimlar sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol singari bilish jarayonlari bilish asta- sekin ular anglashinish darajasiga ko’tariladi, keyinchalik esa muayyan turkumlarning tarkibiga kiradi.

Harakatli shissiy tub ma’nodagi shissiy bilish bosqichlariga taalluqli sezgi, idrok, appersepsiya, tanish, bilib olish va tasavvur kabi bilish jarayonlari k o’magi asosida miyaga bevosita ta’sir o’tkazuvchilarning aks ettirishi natijasida inson ongida borliqning mazkur daqiqasida shaxsning tasavvurida ularning shissiy manzarasi yuzaga keladi.Xotira jarayoni ongda o’tmishdagi narsa va hodisalarining obrazlarini esga tushirsa u yoki bu bosh miya katta yarim harlarining bo’limlarida aks etgan muayyan izlarni jonlantirish imkoniyatiga ega b o’lsa, xayol jarayoni esa eshtiyoj obekti shisoblangan favquloddagi davr shukmiga kirmagan obrazlar modelini namoyon etadi. Bilishning yuksak darajasi b o’lmish tafakkur jarayoni umumlashgan, ijtimoiy xususiyatli, bilvosita va so’z orqali ifodalanuvchi bilimlarga asoslangan holda gavdalanuvchi muammolar yechimini shal etishni ta’minlaydi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan bilish jarayonlarining unisi yoki bunisi aks ettirish imkoniyatidan mashrum bo’lishi, buzilishi yoki ularning qaysinisidir xususiyati batamom, qisman izdan chiqishi ongni tubdan barbod ettirish sari yetaklaydi.

 

Ong psixologik tavsifining yana bittasi-bu unda sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasidagi aniq farqlanishda o’z ifodasini topadi, ya’ni shaxs «Men» degan tushunchasi bilan «Men» emas atamasa tarkibiga nimalar tegishli, aloqador ekanligini aniq biladi. Tirik mavjudodlar olamida birinchi bo’lib, borliqda real uni qurshab turgan tevarak -atrofga nisbatan o’zini qarama-qarshi qo’ygan, yaratuvchanlik kuch-quvvatiga, o’zgartiruvchanlik imkoniyatiga asoslangan shaxs o’zi uchun, sifat jishatidan yuksak darajadagi makon vujudga keltirish uchun shayvonot dunyosini mangu tark etgan, xuddi shu boisdan jonvorlar bilan uning o’rtasidagi ziddiyat va tafovut ongida saqlanib kelmoqda.

 

Tabiatning tarkibiy qismi shisoblangan inson sut emizuvchilar olamida tansho o’zini o’zi nazorat qilishga, o’zini o’zi bilishga, o’zini o’zi boshqarish imkoniyatiga ega bo’lgan jonli zotdir, binobarin, u psixik faoliyatni tashkil qilishga, maqsadga yo’naltirishga, o’zini o’zi tadqiq qilishga qodir mavjudoddir. Shaxs o’z xulq-atvorini, bilish jarayonlarini aqliy va ijodiy faoliyatini, irodaviy sifatlarini, ongli ravishda oqilona basholay oladi hamda o’zini o’zi boshqara biladi. Har qaysi insonda shukm suruvchi «Men»likning «Men emas»likdan ajratishga intilishni «o’zini namoyon qilish, o’zini o’zi ifodalash, kimligini kashf etish, o’zini o’zi takomillashtirish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’ziga o’zi ta’sir o’tkazish singari jarayonlarda» ontogenetik shayotning dastlabki taraqqiyot pallasidan, bolalikning ilk daqiqalaridan boshlab, to yetuklikning u yoki bu bosqichlarini egallash davrigacha davom etib, o’zini o’zi anglashning yuzaga kelishi bilan yakunlanadi.

 

Lekin «Men»lik muammosining boshqa qirralari xususiyatlari, mexanizmlari, ta’sir etuvchi omillari, yangi sifat darajalari o’zini o’zi anglashning takomil bosqichlarida namoyon bo’laveradi, bu jarayon komil inson (jismoniy va ma’naviy barkamollik) darajasiga erishgunga qadar davom etishi mumkin. Biroq yuksak kamolot darajasiga erishish shaxsning iste’dodi, saloshiyati, ishchanlik qobiliyati, aqliy va ijodiy faoliyati mashsuldorligiga bog’liq bo’lib, barcha insonlar taraqqiyot cho’qqisiga erishadi, degan ma’noni anglatmaydi. Chunki ijtimoiy shayotdagi umumbahariy talab, eshtiyoj negizida muayyan shududiy qulay (senzitiv) ham ob’ektiv, ham sub’ektiv hart-haroitlar taqozosi bilan jahon fani va madaniyatida keskin o’zgarishlar yaratishga qodir tarixiy yakka shaxs dunyoga keladi. Bizningcha, komil insoniylikka erishishning o’ziga xos axloqiy, aqliy, irodaviy, g’oyaviy tarkiblari mavjud bo’lib, tanlangan idealga intilish, kasbga sodiqlik samoviy mushabbat uning negizini tashkil qiladi. Tashqi olam ta’surotlaridan mutlaqo vos kechish (g’oyibonalik), fikriy soflikka erishish (chilla), tana azolarini musaffolashtirish (ortiqcha moddalardan tozalash), komfortga tortilganlik orqali shaxs oliy darajaga, ya’ni komillikka yetishi mumkin, lekin bu bosqich nisbiy xususiyat kasb etadi.

 

Ongning uchinchi psixologik tavsifi shaxsining maqsadini ko’zlovchi faoliyatini ta’minlashga oid ta’rifni ifodalangan bo’lib, uning yana bir funksiyasi mazkur maqsadini yaratishga yo’naltirilganligi bilan boshqalardan farq qiladi. Ushbu jarayonda shaxs faoliyatining turli xususiyatli motivlari yuzaga keladi, ular inson tomonidan chamalab chiqiladi, buning natijasida motivlar kurashi namoyon bo’ladi, bu o’rinda ustuvorlikka erishish etakchilikni ta’minlaydi, irodaviy zo’r berish oqibatida muayyan qonun qabul qilinadi, harakatlarni bajarishning izchilligi qay yo’sinda amalga oshirilishi shisobga olinadi, maqsadni qaror toptirishga to’siq vazifasini o’tovchi fikriy g’ovlar (to’siqlar) bartaraf etiladi va unga mutanosib o’zgarishlar kiritiladi, samaradorlikni oshirish uchun ba’zi bir tuzatishlar amalga oshiriladi.

 

Maqsadni ko’zlovchi faoliyatning amalga oshirilishi jarayonida, uning muvofiqlashuvida, voqelikka yo’naltirilishida ob’ektiv va sub’ektiv sabablariga ko’ra ayrim nuqsonlarga yo’l qo’yilishi, buzilishi vujudga kelishi ong funksiyasining zaiflashuvini bildiradi. Faoliyat ongli munosabatni taqozo etganligi tufayli uning tarkibiy qismlari bajarilishida ayrim kamchilikka yo’l qo’yilsa, bu holat ongning nazorat funksiyasi izdan chiqqanligini anglatadi.

 

Ongning so’ngi (to’rtinchi) tavsifi uning tarkibiga muayyan darajadagi, ma’lum tizimga xos emosional (shissiy) munosabatlar qamrab olinganligini aks ettiradi. Shaxs ongiga muqarrar ravishda turli-tuman shis-tuyg’ular (har xil darajali, ijobiy, salbiy, barqaror, statik, dinamik), kechinmalar, stress, affekt holatlar to’g’risidagi axborotlar oqimi kirib kela boshlaydi.

 

Shaxsning boshqa kishilarga, tabiatga, jamiyatga, ashyolarga nisbatan munosabatlari mavjud mezonlarga asoslansa, muayyan qoidalarga bevosita amal qilinsa, har bir narsaga oqilona, odilona va omilkorlik bilan yondashilsa, ongning nazorat funksiyasi shukm surayotganligidan dalolat beradi.

 

Shaxsdagi mo’’tadillik, ruhiy sog’lomlik ongning boshqaruv imkoniyati mavjudligini bildirib kelib, ayrim shollarda shissiyotga berilishi esa uning o’z funksiyasini bajarishdan chetlashganligini namoyish qiladi. Turli xususiyatli munosabatlar ong nazoratida amalga oshirilsa, shaxs xulq-atvorida, faoliyatida va muomala jarayonida, shech qanday nuqsonlar, chetga og’ishlar sodir bo’lmaydi. Shu narsani ta’kidlab o’tish o’rinliki, patologik holatlarni tashlil qilish, ong moshiyatining genezisini atroflicha anglab olishga xizmat qilishi mumkin. Shu boisdan ongning zaiflashuvi shaxsning shis-tuyg’ulari va munosabatlarini o’zgartiradi: simpatiya antipatiya bilan, quvonch qayg’u bilan, optimizm pessimizm bilan vaqti-vaqti bilan o’rin almashib turishi kuzatiladi.

 

Ongning yuqorida ta’kidlab o’tilgan barcha funksiyalarini namoyon bo’lishining muqarrar harti til va nutq shisoblanadi. Shaxs nutq faoliyati yordami bilan bilimlarini o’zgartiradi, ajdodlar tomonidan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida yuzaga keltirilgan tajribalar majmuasi tilda mustashkamlanadi, u o’zining tafakkuri orqali shayoti va faoliyatini boyitadi. Til aloshida ob’ektiv tizim sifatida namoyon bo’lib, unda ijtimoiy tarixiy jarayonlarda vujudga kelgan an’analar, marosimlar, qadriyatlar, g’oyalar majmuasi tariqasida ijtimoiy ongda aks ettirilgandir.

 

Psixologik talqinlarga qaraganda, aloshida, yakkashol shaxs tomonidan egallangan til boyliklari, qoidalari ma’lum ma’noda uning yaqqol, individual ongi sifatida yuzaga keladi, shaxsiy shayoti va faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi. Til bilan nutq borliqni anglashning aloqa quroli hamda vositasi funksiyasini bajarib, shaxsning boshqa mavjudodlaridan farqlash harti shisoblanadi va unda til bilan tafakkur birligi ong uchun moddiy negiz vazifasida ishtirok etadi, qaysidir ma’noda mexanizm rolini bajarishi ham mumkin. Shunday qilib, ontogenezda ongning paydo bo’lishi («Men» davrining boshlanishi), uning taraqqiyoti, tarkibiy qismlari, unda ijtimoiy mushitning, zarur hart- haroitlarning roli, biologik va ijtimoiy hartlanganlikning ta’siri, tarbiyaning ustuvorligi to’g’risidagi ilmiy tadqiqot ishlari mazkur muammoning psixologik tavsifini ishlab chiqishga muhim negiz yaratdi.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика