Odam va xayvon emotsiyalari

Odam va xayvon emotsiyalari

Odam va xayvon emotsiyalari

 

Shaxsning emosional holatlari va kechinmalarining psixologlar va fiziologlar tomonidan eksperimental tarzda tadqiqot qilinishiga qaraganda, yuksak darajada tashkil topgan xayvonlarga emotsiyalarning fiziologik mexanizmlaridan insonniki juda katta tafovut qilmaydi. Lekin muammo Xissiyotning mazmuni, sifati, shakli, ifodalanishi nuqtai nazaridan tashlil qilinganda inson bilan xayvon emotsiyasi (Xissiyot) orasida keskin farq mavjudligi namoyon bo’ladi. Tabiatshunos va insonshunos olimlar xayvonlarda emosional reaksiyalar, holatlar mavjudligini tan olsalar-da, biroq ularda murakkab Xissiyot, yuksak shis-tuyg’ular borligiga shubsha bilan qaraydilar yoki inkor qiladilar. Bu fikrga to’liq qo’shilish mumkin, chunki insonlarda shunday shis-tuyg’ular borki, bunday Xissiyot xayvonlarda bo’lishi mumkin emas, vasholanki g’azablanish, qo’rqish, jinsiy mayl, qiziquvchanlik, xursandlik, g’amginlik har ikkalasida uchraydi, ammo ular sifat va mazmun jishatdan bir-birlaridan keskin tafovutlanadi.

 

Inson emotsiyalari ijtimoiy shayotning hart-haroitlariga moslashtirgan (patologik shollar istisno qilinganda), «ongli zot» ga taalluqli tabiat va jamiyatga nisbatan munosabatlarida namoyon bo’ladi, maqsadga muvofiqlashtirish hamda boshqarish xususiyatiga ega. Ochlik shissi, jinsiy mayl va boshqa instinktlar soshlardagi emotsiyalar xayvon bilan insonda o’xshash bo’lsa-da, lekin ularning ifodalanishida farqlanishi mavjud. Bularning barchasi instinktiv harakat bo’lishi bilan birga insoniylashidan iborat uzoq evolyusion, ijtimoiy tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan, murakkab qiyinchiliklarni yengish evaziga mazkur ko’rsatgichga erishgan.

 

Inson Xissiyotning ijtimoiy tarixiy hart-haroitlari mavjud bo’lib, ulardan eng asosiysi sababiy bog’lanishlarga (determinirlashgan) egalikdir.

 

Xuddi shu bois inson Xissiyotlarining biologik va fiziologik tashlili, ularning tub mazmunini ochib bermaydi, shuningdek, Xissiyotlar inson shaxsning ongli va ongsiz xatti-harakatlarini amalga oshiruvchi kuchga, ya’ni motivga o’sib o’tish yo’llarini izoshlab berishga qodir emas. Ma’lumki, emotsiyalarning «insoniylashuvi» Xissiyotlar ichidan kechishi mazmuni va sifatlari jishatidan xayvonlarniki bilan qiyoslanganda o’zining rang-barangligi, murakkabligi bilan shaxsniki ustuvordir.

 

Insonlarning mehnat, ma’naviyat, siyosat, oila, ishlab chiqarish bilan o’zaro munosabatlari, shuningdek, tabiat bilan odamlar orasidagi, shu bilan birga shaxslararo munosabatlar bir qator insoniy Xissiyotlarning va ularni ifodalash, tatbiq etish vositalarini vujudga keltiradi Shaxs yuz ifodalari, boshini tebratish bilan, xo’rsinish orqali o’zgalarga hamdardlik (empatiya) tuyg’usini bildiradi. Bolalarga odob bilan javob berishni, sushbatdoshiga iliq, samimiy jilmayishini, qariya va nogironlarga shurmat bilan joy bo’shatishni, kichkintoylarga meshribonlikni shakllantirish lozim. Shaxs o’z shis-tuyg’ularini o’zi boshqaradi, ularni me’yoriy shujjatlar, ijtimoiy turmush qoidalari, etnik rasm- rusumlar, odatlar, an’analar, prsessual qonunlar nuqtai nazaridan gosh ma’qullaydi, gosh qoralaydi. Shu bilan birga insonlar kuchli va j o’shqin emotsiyalari kechishida tashqi xotirjamlikni saqlay biladilar. Ularning ba’zilari o’z Xissiyotlarini berkitish uchun o’zlarini befarq tutadilar, salbiy emotsiyalarni ifodalashga intiladilar. Shaxs o’zining mimika va pantomimikalarini boshqarish imkoniyatiga ega, lekin organlardagi tabiiy o’zgarishlarni ushlab turish mumkin emas. Masalan, nafas olish, qon aylanish, ovqat shazm qilish, ko’z yoshlarini ushlab turish, rangni qizartirish, oqartirish va hokazo.

 

Emotsiyalarning ifodalanish quyidagi ko’rinishlarga ega bo’lish mumkin:1) ifodali harakatlar (mimika va pantomimikalar); 2) organizmdagi turli hodisalar (ichki a’zolar faoliyati va holatining o’zgarishi; 3) gumoral xususiyatdagi o’zgarishlar (organizmning qon tarkibidagi, suyuqlikdagi kimyoviy o’zgarishlar, modda almashish va hokazo). Emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika, imo-ishora, vajoshat, qaddi-qomat o’zgarishi, tashqi sekresiya bezlari faoliyati (yosh, so’lak, ter ajralishi), xatti-harakatlar (tezligi, kuchi, yo’nalishi, muvofiqlashuvi), nutqning xususiyatlari va boshqalar. Emotsiyalar, shis-tuyg’ular mazmuni, sifati, shakli jishatidan etnopsixologik xususiyatiga ega.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика