Motivasiya va motivlarning nazariy muammolari

Motivasiya va motivlarning nazariy muammolari

Motivasiya va motivlarning nazariy muammolari

 

Motiv va motivasiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o’ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo’lib, ularning negizida ilmiy pozisiyalar va konsepsiyalar moshiyati jishatdan farqlanuvchi g’oyalar va yo’nalishlar mujassamlashdi. Shozir ularning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.

 

Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy,

  1. Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev, A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson, V.S.Merlin, L.I.Bojovich, V.I.Selivanov, V.G.Aseev va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Ushbu mualliflarning qarashlari oldingi shisobotda berilganligi uchun ularga qaytatdan to’xtalishga shojat yo’qdir.

 

Rus va sobiq sovet psixologiyasi vakillaridan tashqari Yevropa va Amerika mamlakatlarida motivasiyaga oid 30 (o’ttiz)dan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Ana shu psixologik maktablarning ayrim namoyandalarining tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishga harakat qilamiz:                                                                                             interospektiv

psixologiya, bixeviorizm, geshtalpsixologiya, psixoanaliz, strukturaviy psixologiya, assosianistik psixologiya, empirik psixologiya, analitik psixologiya, gumanistik psixologiya, antropologik psixologiya va hokazolar.

 

Bixeviarizmning asoschisi DJ.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya’ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o’zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog’liq ekanligini ta’kidlab o’tadi. Bixeviorizm uchun «xulq» asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab o’tilgandir. Shunga qaramasdan, ba’zi bixeviaristlar, jumladan E.Torndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivasiyasiga muayyan darajada e’tibor qilganlar.

 

Ular o’zlarining izlanishlarida xulq motivasiyasining «quyi darajalari» ni o’rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaksiya tezligiga nisban namoyon b o’lish xususiyati, har xil haroitda motivasiyaning kuchi to’g’risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi qo’zg’atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini faollashtiruvchi deb shisoblaydilar. Neobixevioristik nazariyalar yangi qo’zg’atuvchilar, doayvalar paydo bo’lishiga asoslangan bo’lib, ular insonning organik eshtiyojlarini qoniqtirish   bilan stimul                    natijasining   uyg’unlashuvi                      tariqasida tashlil     etiladi.

Ularning      ta’kidlashiga ko’ra,           ikkilamchi       qo’zg’ovchilar      organik

qo’zg’atuvchilarning go’yoki qobig’iga o’xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall (1871-1938) motivasiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan holatni asoslash uchun tug’ma instinktlar masalalari bilan mazkur voqelikni bog’lab tushuntirishga harakat qilgan.

 

Uning fikricha, tug’ma instinktlar ham insonlarga, ham shayvonlarga bir tekis taalluqli bo’lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 tagacha «asosiy instinktlar» sifatida shukm surishi mumkin. Umuman olib qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar o’ziga xoslikka ega:

 

  1. Bixeviorizm motivasiya modelini topish bilan shug’ullanib va xulq prinsiplarini vujudga keltira borib, shayvon xulqi hamda ularda kashf etilgan xulq motivasiyasi qonuniyatlariga asoslanib insonning xulq motivasiyasi yuzasidan xulosa chiqarishga harakat qiladi.

 

  1. Bixeviorizm insonni biologik mavjudod sifatida qarab, unga biologik jabshada yondashadi, oqibat natijada uning ijtimoiy moshiyati tadqiqot predmetidan chetda qolib ketadi.

 

 

  1. Bixeviorizm ham insonga, ham shayvonlarga xos bo’lgan xulqning umumiy prinsiplarini topishga intiladi.

 

  1. Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayonini ifodalovchi o’ziga xosligini yo chetlab o’tadilar yoki o’ta sodda tarzda izoshlashga moyildirlar.
  2. Shayvonlarning xulq motivasiyasi shakllarini juda sodda tarzda tushuntirishga asosan tadqiqot natijalarini insonning murakkab va boshqa bir sifat bosqichidagi motivasiyasiga ko’chirish ishonchli dalillarga ega emas.

 

  1. Inson motivasiyasini o’rganishda foydalanilayotgan bixeviorizmning tushunchalari, chunonchi, birlamchi mayllar, organizmni qitiqlovchi tug’ma eshtiyojlar kabilar odamning motivasiya doirasi tuzilishi moshiyatini juda yuzaki ocha oladi, xolos.

 

 

Psixoanalitik konsepsiyalar negizida motivasiya ortganlik ravishda inson mayllariga xosdir, degan g’oya yotadi. Ularning manbai maylni aks ettiruvchi qaysidir organdagi yoki uning qismidagi somatik jarayon tushuntiriladi.

 

Z.Freydning konsepsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o’rtasida shech qanday tafovut yo’qdir. Ongsizli ta’limotining asoschisi Z.Freyd xulq motivalari va eshtiyojlari muammosini ishlab chiqayotir, motivasiyaning manbai instinkt, u tur va individning saqlanish hartidir deb taqdirlaydi. Mazkur holatni muallif individning energetik potensiya sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala shuki, Z.Freyd motivasiya regulyatori va motivasiya energiyasining irsiy manbai sifatida «u» tushunchasiga qanday ma’no yuklamoqchi. Uningcha, «u» tushunchasining mazmuni tug’ma va o’zgarmasdir. Xuddi shu bois mantiq qonunlari va aql darajalari, ko’rsatkichlari unga shech qanday ahamiyat kasb etmaydi Z.Freyd affektiv, impulsiv shakldagi mutlaqlashgan qo’zg’ovchilarni nazarda tutgan bo’lsa ajab emas. Ushbu qo’zg’atuvchilar (turtkilar) ning impulsivlik, taxminiylikning affektiv moshiyati, notanqiydiylik, ongli va irodaviy nazoratga itoat etishda qiyinchilik kabilarning dinamik xususiyatlarini mutlaqlashtirish bo’lib, ularning asosida quyi genetik va strukturaviy darajadagi qo’zg’atuvchilar yotadi. Z.Freyd takidlab o’tgan dinamik xususiyatlar va xossalari moshiyatida motivasiyaning chuqur asosiy manbasini ko’radi. Uning konsepsiyasida inson xulqi va harakatining dvigateli jinsiy instinkt hamda uning transformasiyasi ustuvor o’rin egallaydi.

 

Ushbu mulohazani yanada mukammallashtirish maqsadida nofreydistlar shisoblanmish A.Adler, K.Yung kabilarning nazariyalarini tashlil qilishga o’tamiz. A.Adlerning fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch, uning faoliyati maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yo’llari shukumatga va qudratga erkdir. Xorni, Fromm va boshqalarning asarlarida o’z ifodasini topgan ma’lumotlar moshiyati Freyd tomonidan kiritilgan psixika tushunchasi va uning harakatlantiruvchi nazariyasini almashtirishga intilish yaqqol ko’zga tashlanadi. Xorning nuqtai nazaricha, inson qanchalardir tug’ma kuchlarga ega bo’lib, uning negizi bolalarcha yordamga mushtojlikka qurilgandir, bu holatlar birlamchi bezovtalanish tuyg’usida va tug’ma qo’rqinch shissida o’z ifodasini topadi. Xorning ta’kidlashicha, inson xulqining motivasiyasi boshqa motivlar yordami bilan aniqlanishi mumkin, jumladan, birlamchi bezovtalanish (bolalarcha yordamga mushtojlik keltiruvchi) atrof-mushitga nisbatan dushmanlik shissini tug’diradi, xavfsizlikka eshtiyoj esa insonni boshqa odamlar tomonidan basholash va o’z-o’zini basholashga nisbatan ichki intilishni vujudga keltiradi. Fromm ham o’z qarashlarida libido masalasiga katta e’tibor bermaydi, chunki uni qiziqtirgan muammo inson xulqi jabshalarda ijtimoiy va psixologik omillarning o’zaro ta’sir o’tkazish jarayonidir. Insonni individualizasiyalash unda tansholik shissini vujudga keltirishga olib keladi, shuningdek, o’z qadr-qiymatini anglash sari yetaklaydi. Tansholik shissiyotidan forig’ bo’lishga intilish tuyg’usi inson motivizasiyasini va uning xulq shakllarini aniqlaydi.

 

Neofreydistlarning ilmiy asarlarida inson xulqiga ta’sir qiluvchi intim omillariga va uning motivasiyasiga muayyan darajada ahamiyat berilgan bo’lsa-da, lekin oqibat natijada xulqning harakatlantiruvchisi sifatida anglashilmagan tu g’ma kuchlar asosiy o’rinda turadi.

 

Geshtaltpsixologiya maktabi namoyandalari uchun motivasiya o’ziga xos talqinga ega bo’lib, uning moshiyatini eksperimental tarzda o’rganishga, ochib berishga intilish ko’rsatkichi bilan boshqalardan ajralib turadi. K.Levin (1890­1947) motivlarni eksperimental o’rganish metodikasini ishlab chiqib, ularni mutlaqo mustaqil holat sifatida tushuntirishga harakat qilgan va bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan.

 

Geshtaltpsixologiya maktabining namoyandalariga obraz tushunchasi qanchalik o’ta ahamiyatli bo’lsa, K.Levinning maydon nazariyasi uchun motiv kategoriyasi xuddi shunday muhim xususiyat kasb etadi. Obraz va motiv o’zaro aloqasiz shukm surishi ta’kidlanadi, motivasiyani amalga oshiruvchi vaziyatning predmetli, ma’noviy mazmuni esa inkor qilinadi. K.Levin xalqni mana bunday izoshlashga intiladi, muayyan muvaqqatli mikrointervalda shaxsning bevosita yaqqol mushit bilan munosabatlaridan kelib chiquvchi voqelikdir. Uning mazkur nazariyasida insonda har xil ma’no anglatuvchi ikkita motivasion o’zgaruvchi shukm surishi tan olinadi, ularning bittasi tu g’ma, shayvonlar turtkisiga o’xshash va turmush davomida egallangan faqat insongagina xos bo’lgan.

 

Geshtaltpsixologlarning asarlarida shunday holatlar ham mavjudkim, ularda xulq motivasiyasi muammolari shaxsning muhim (asosiy) xususiyatlarini tashlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat G.Ollport konsepsiyasida yaqqol ko’zga tashlanadi, uningcha, eng muhim jishat bu inson xulqini o’zgarish sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi motivlarning omillarini tekshirish ham aloshida ahamiyatga ega ekanligini anglab olish qiyin emas. Bu borada individning javoblari o’ziga xosligi bilan o’zaro ta’sir o’tkazish o’rtasida qandaydir aloqa mavjudligini o’rnatish ham ikkinchi darajali narsa sifatida talqin qilinmaydi.

 

Sobiq sovet psixologiyasida inson xulq-atvorini harakatlantiruvchi kuchi shisoblangan motivlar chuqur va yetarli darajada tadqiq qilinmagan.

 

Ularning psixologik mexanizmlari, uzluksizligini ta’minlovchi omillar, zarur hart-haroitlar moshiyati, vujudga kelish imkoniyatlari to’g’risida juda yuzaki ma’lumotlargina muayyan darajada tartibga keltirilgan, tub ma’nodagi motivlar tabiati izchil ravishda, pedagogik va yosh psixologiyasi fanlari qonuniyatlariga asoslangan holda tadqiq qilinmagan. Bu esa respublikamizda ularning keng ko’lamda o’rganishga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

 

Motivlarning falsafiy metodologik ahamiyati shundan iboratki, ular sabab- oqibat,ichki murakkab bog’lanishlar tuzilishini yuksak darajada rivojlangan tizim sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuv esa o’z navbatida materiya rivojlanishining oliy mashsuli ekanligi to’g’risidagi xulosaga olib keladi. Chunonchi, maqsadga yo’naltirilgan va maqsadga muvofiqlashtirilgan har xil mazmundagi savollar, axborotlar, ma’lumotlar, xabarlar kishilar faoliyatining ongli xususiyati ta’kidlab o’tilgan mulohazalar moshiyati tarkibiga kiradi. Motivlar tuzilishini amaliy (tatbiqiy) yo’nalishga qaratish-inson shaxsiga motivasion, irodaviy, axloqiy, shissiy, kognitiv, regulyativ ta’sir o’tkazishning omilkor shakllarining ilmiy asosi yuzaga kelishiga muhim imkon va zarur hart-haroitlar yaratadi. Insonning mehnat faoliyati tizimining murakkablashuvi ishlab chiqarishda axloqiy, ma’naviy, nafosat, ruhiy tarbiya jabshalari hamda radio, televidenie va targ’ibot-tashviqot ta’sirini samarali olib borishi, kasbiy tayyorgarlikning ekstremal va stress holatlarning haroitlari barqarorlashuvi, takomillashuvi, yaxshilanuvi, maqsadga muvofiqlashuvi kabi omillarning barchasi shaxs motiv doirasining o’zgarishiga bog’liq. Shaxsning motiv doirasi uning eshtiyojlarida, irodaviy sifatlarida (aktlarida) va funksional imkoniyatlarida o’z aksini topadi. Motivning tadqiqot tarixidan kelib, unga yondashsak, bu holda u insonlar (gosho shayvonlar xatti-harakati) shayoti va faoliyatini ruhiy jishatdan boshqaruvchisi sifatida talqinidan iborat o’ziga xos turidir. Motiv tushunchasi, asosan, sut emizuvchi shayvonlarga taalluqli ekanligi ilmiy manbalarda ta’kidlab o’tiladi. Insonlarga aloqador motivlar tushunchasi qo’zg’atuvchilar va qo’zg’ovchilarning barcha turlari (ko’rinishlari, modalliklari, shakllari) ni o’z ichiga oladi (chunonchi, motivlar, eshtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va boshqalar).

 

Motiv keng ma’noda xulq-atvor determinasiyasi belgilanishiga qaramay, ko’pgina chet el tadqiqotchilari shaxs motivlarini juda tor ma’noda talqin qilib, uni ilmiy jishatdan tekshiradilar, shattoki ular hartsiz reflektor aktlarining miqdorini, affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni motiv tizimiga kiritmaydilar. Bir qator psixologlar motivni energetik, ma’noviy va ma’naviy tomonlarini o’zaro solishtiradilar, ular motivni sof ma’nodagi energetik bioquvvat faolligining manbai sifatida talqin qilib, uning ma’noviy va ma’naviy jabshalarini shisobga olmay turib, o’ziga xos ravishda tushuntirishga intiladilar. Jumladan, Z.Freyd (856-1939) motivning qonun -qoidalarini faqat dinamik energetik holat tariqasida talqin qiladi. Bir guruh chet el psixologlarining fikriga qaraganda, motiv — bu tajriba va reaksiyalarning energetik jabshasidan iboratdir (ushbu ta’rifga nisbatan munosabat o’ta bashsli bo’lganligi sababli mualliflarga tanqidiy fikr bildirishni tadqiqotning boshqa bo’limida bildiramiz).

 

Sobiq sovet psixologlari motivlarni tushuntirishda va uning tarkibiy qismlarini belgilashda dinamik va ma’noviy (ma’naviy) tomonlarining uyg’unligidan kelib chiqqan holda talqin qiladilar. Ularning ayrim namoyandalari qarashlarini tashlil qilish bilan cheklanamiz, xolos.

 

S.L.Rubinshteyn motivning psixologik moshiyati to’g’risida quyidagi mulohazalarni bildiradi: motivasiya — bu psixika orqali shosil bo’ladigan determinasiyadir; motiv — bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayonini bevosita tashqi olam bilan bog’lovchi sub’ektiv tarzda aks etish demakdir.

 

Bizningcha, shaxs o’zining motivlari yordamida borliq bilan uzviy aloqada bo’ladi. Insonning xulq-atvori (xulqi)ni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo’luvchi motivlar shaxsning tuzilishida (tarkibida) yetakchi o’rin egallaydi. Motivning tuzilish (strukturaviy) tarkibiga shaxsning y o’nalishi, uning xarakteri, emosional holati (shis-tuyg’usi), qobiliyati, ichki kechinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi. Psixologiya fanida to’plangan nazariy ma’lumotlarning ko’rsatishicha, shuningdek, bir qator psixologlarning fikricha, xarakter shaxs motivlarining dinamik tomonlari asosini tashkil qiladi, degan ta’limot mavjud. Jumladan, xarakterning u yoki bu sifatlari sof dinamik xususiyatli tavsiflarni tashkil qilsa, qolganlari esa faqat dinamik tabiatinigina emas, balki uning ma’naviy va ma’noviy jabshalarini ham yuzaga keltiradi.

 

Motiv shissiyot bilan ham bog’liq bo’lib, ular xulq-atvor moshiyatidan tashqarida bo’lmaydi, balki shissiy kechinmalar, motivlashgan omillar tizimi bilan uzviy aloqaga egadir. Shissiyotning eng muhim funksiyalaridan biri shundan iboratki, unda inson uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi daqiqalar uning uchun qanchalik zaruriyat ekanligini belgilashga xizmat qiladi. Shissiyotning bu sohadagi boshqa bir funksiyasi nisbatan umumiyroq bo’lib, odamning tashqi olamga, shaxslararo munosabatga, shis-tuyg’ularga negizlik muammosi shisoblanib, uning uchun ahamiyatli voqea va narsalarga nisbatan bog’lovchilik xususiyatiga ega bo’lgan muloqoti zaif emosional holatlar doirasidan tashqariga chiqib, faol, barqaror, turg’un jarayonlarni o’z ichiga oladi.

 

Yuqoridagi mulohazalardan tashqari, motivlar funksional-energetik tomonlarini dinamik boshqarish vazifasini amalga oshiradi.

 

Insonning qobiliyati bevosita motivlashgan mexanizmlar bilan uzviy bog’liq bo’lib, ularning mushitini belgilaydi va dinamik, ma’naviy ta’sir etish munosabatini o’zida aks ettiradi. Motiv bilan qobiliyatning munosabatlari psixik faollikning bevosita bajarish negizi shisoblangan faoliyat orqali namoyon bo’ladi. Motivlashgan tizimning tarkiblarini amaliyotda ro’yobga chiqaruvchi nafaqat faoliyatnigina aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, balki faoliyatning keyingi istiqbol rivoji yoki uning boshqa sohalar bilan qorishib ketish eshtimoli darajasini ham belgilaydi. Lekin muayyan insonning funksional imkoniyati, faoliyati va xuddi shu faoliyatning ob’ektiv tomonlarining yaqqol ro’yobga chiqishi motiv barqarorlashuvi, rivojlanish (takomillashuv) ga yo’nalganligi ham faoliyatning ob’ektiv hart-haroitiga moslasha boradi. Umuman shakllanish jarayoni, shaxsning rivojlanishi motivning faoliyatiga, faoliyatning esa motivga o’zaro ta’siri bilan tavsiflanadi, bizningcha, mazkur ta’sirning k o’rsatkichi, mezoni vazifasini bajaradi. Motivlarning rivojlanishi tufayli tarbiyaviy talablarni anglashda, eshtiyojlarni ichdan qayta qo’rishda xulq-atvor qoidalari, mezonlari yordami bilan faoliyat doirasining kengayishida, shaxsning borliq bilan munosabati kabilarda o’zgarishlar sodir bo’ladi.

 

Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, motivlarning rivojlanishi, motivlashgan yangi ma’lumotlarning paydo bo’lishi, faoliyat mushiti doirasidagi o’zgarishlar tufayli amalga oshiriladi. Motiv mexanizmi shaxs sifatlarini qayta qurish, ularni rivojlantirish jarayonining faollashuvi tarzida yuzaga chiqadi, shu bilan birga inson kamol topish jarayoniga, faoliyat mushiti va haroiti asta sekin yoki tez o’zgarishi — motivlarning takomillashuvi, barqarorlashuvi kabi omillarga ta’sir etadi. Insonni mehnat faoliyatida qayta tarbiyalash va muayyan fazilatlarni shakllantirish yuqoridagi mulohazalar moshiyatidan iboratdir. Bu o’rinda faoliyat faol vaziyat shisoblanib, mavjud eshtiyojlar, qiziqishlar doirasidagi psixologik holatlardan uzoqlashib boradi, so’ngra yangi qiziqish, eshtiyoj va intilishlarni shakllantiradi, motivlar moshiyati va shakllarni o’zgartiradi.

 

Ushbu mulohazani aloshida ta’kidlab o’tish joizki, motivasiyaning faoliyat darajasidan tashqari chiqishi eshtimoli yoki faoliyatning motivasiya doirasidan tashqari chiqishi imkoniyati to’g’risidagi talqinlar nisbiy xususiyatga ega.

 

Binobarin, motivasiya faoliyatdan tashqarida va faoliyat esa motivasiyadan aloshidalikka ega degan xulosaga kelmaslik maqsadga muvofiq. Bu holatni yaqqolroq namoyish qilish niyatida quyidagi shayotiy shaqiqatga murojaat qilamiz. Har bir talaba oliy maktabga o’qishga kirayotganida unda diplom olish motivi paydo bo’ladi, o’qishga joylashganda esa o’quv predmetlarini o’zlashtirish jarayoni o’qishga nisbatan intilish, eshtiyoj, qiziqish, safarbarlik kabi psixik omillar yuzaga keladi.

 

A.N.Leontevning fikricha, faoliyatning tuzilishi: maqsadga qaratilgan xatti- harakatlar va operasiyalardan iboratdir. Odatda faoliyat o’zining predmeti va motiviga ega bo’lib, agarda motiv bilan predmet (jism, narsa) o’rtasida mutanosiblik (moslik) vujudga kelsa, demak shundagina u tub ma’nodagi faoliyatga aylanadi. Masalan, bir talaba imtishondan (reytingdan) o’tish uchungina birlamchi manbalarni o’qiydi, lekin boshqasi esa o’zini tekshirish va shaqiqiy bilimlarni egallash uchun dars tayyorlaydi. Birinchi holatda talaba yoki o’quvchida motiv imtishonga qaratilgan bo’lib, o’quv predmeti mazmuni bundan mustasnodir, xuddi shu boisdan uning faoliyati faqat xatti-harakatlar tizimidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga imkon beradi. Ikkinchi holatda esa motiv o’quv predmetini o’zlashtirishga qaratilganligi sababli uning intilishi faoliyatiga o’sib o’tadi (E.g’. kursiv bizniki: bu mezon vazifasini o’taydi), degan fikrga kelishga kafolat beradi.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика