Motiv muomalasi va uning yechimiga doir mulohazalar
Motiv muomalasi va uning yechimiga doir mulohazalar
Sobiq sovet psixologiyasi motivlar muammosini dialektik materializm prinsplariga asoslanib tadqiqodlangan. Bu esa eng avvalo motivlar tizimi inson shayoti va faoliyatiga murakkab tuzilgan boshqaruvchisi (regulyatori) sifatida tushunishni bildiradi. Mazkur yo’nalishga daxldor psixologlar o’rtasida shaxsning faolligi, ongning faolligi shaqidagi g’oyalar keng tarqalgan. Jumladan, S.L.Rubinshteyn motivlashgan tizimning inson borliqni aks ettirishdagi asosiy rolini ko’rsatib, shunday mulohazalarni ta’kidlab o’tadi: birinchi bo’lib kuzatish ob’ektlari emas, balki eshtiyoj ob’ektlari va inson xatti-harakatlari beriladi. Motivlashgan ustanovkalarning faollikka oid o’ziga xosligi ham shunday tuzilgan va u o’zi xoshlagan borliqning elementi va holatini belgilashga xizmat qiladi. Ularning fikricha, tashqi olamga munosabatning faol motivasion xususiyatini ko’rsatib o’tishning o’zi kifoya. S.L.Rubinshteyn «ong-bu faqatgina aks etish emas, balki insonning tashqi mushitga nisbatan munosabati hamdir» deb yozadi.
Motivlarning tuzilishi bilan bevosita borliq ongning bosqichli tuzilishi muammosi psixologlar tomonidan tezkorlik bilan shal qilish, yechish, tekshirish, tadqiq etish zarur bo’lgan dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
S.L.Rubinshteyn ongning rolini ko’rsatish bilan bir qatorda psixikaning ko’pqirraliligi nuqtai nazaridan turli bosqichlarda ruhiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi holatlarini tushuntirib berishga erishgan. Har qanday shaxsning xulq-atvorini psixologik jishatdan tushuntirishda quzg’atuvchilar (qo’zg’ovchilarni) turli bosqichlarda o’zaro murakkab bog’liqlikda olib qarash, ko’rish lozim, deb ta’kidlaydi. Bu ko’p bosqichli tuzilma boshqarishni anglashilgan bosqichi singari anglanmagan motivasion tendensiyalarni o’z ichiga oladi.
Sobiq sovet psixologlari motiv tuzilishining bosqichli konsepsiyasini ishlab chiqarishda quyidagi mulohazalarga tayanganlar:
- ongning tarixiy kelib chiqish jarayoni bilan inson xulq-atvorini boshqarishning murakkab tizimiga ega ekanligi;
- ontegenezda bola shaxsining individual (yakkashol) shakllanish jarayoni bo’lmish genetik dalillarga asoslanganligi va boshqalar.
Motivlar tuzilishini genetik bosqichda shakllanish eshtimolini tashlil qilish natijasida uning sodda, bir bosqichli tizimdan murakkab, ko’p bosqichli yuksak darajaga o’sib o’tish jarayoni ishonchli omillar yordami bilan yaqqol ko’rsatib beriladi. Umumlashtirilgan ma’lumotlarga ko’ra, sobiq sovet psixologlari motivlarning tuzilishi muomalasini tadqiq qilishda ularning dinamik va ma’noviy tomonlarining birligi prinsipidan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Ular faol motivning dinamik holati shaqida mulohaza yuritganlariga mazkur faoliyatning ba’zi jarayonlarida uning dinamikasi o’ta bo’rttirib talqin qilinadi.
Shuni aloshida ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiqki, sobiq sovet psixologlari motiv tuzilishiga oid masalaga yondashish jarayonida butun e’tiborini uning mazmuniy jabshasini aloshida ko’rsatishga, ma’noviy tomonlarining birlamchiligini belgilashga yo’naltiradi.