Faoliyat to’g’risida umumiy tushuncha

Faoliyat to’g’risida umumiy tushuncha

Faoliyat to’g’risida umumiy tushuncha

 

Psixologiya fanida shayvonlarning xatti-harakati (ularning qaysi taraqqiyot bosqichidan qat’i nazar), xulq-atvorining yuzaga kelishi ko’p jishatdan ularni qurshab turgan makro, mikro va mize mushitga bog’liq. Ularning namoyon bo’lishi biologik (tabiiy) hartlangan omillar, vositalar tomonidan belgilanadi va boshqarilib turiladi. Insonni shayvonot olamining shususiyatlari bilan qiyoslashga harakat qilsak, u holda mutlaqo boshqacha voqelikning shoshidi bo’lishimiz mumkin. Chunonchi shaxs o’zining faolligi bilan shayvonot olamidan farqli o’laroq ajralib turadi, mazkur harakatlantiruvchi kuch (faollik) ilk bolalik yoshidan e’tiboran ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davomida to’plangan insoniyatning tajribasiga va jamiyatning qonun-qoidalarini egallashga yo’naltirilgan bo’ladi. Uzoq davrlar davom etgan maxsus jarayonning ta’sirida sodda tarzdagi xatti-harakatda faollik ustuvorlik qilganligi tufayli o’zining yuqori bosqichiga o’sib o’tib, yangicha mazmun, moshiyat, shakl va sifat kashf etgan.

 

Faollik negizida paydo bo’luvchi o’zgacha sifatni, o’ziga xoslikni egallagan xatti-harakatning yuksak ko’rinishi, faqat insongagina taalluqliligi orqali u psixologiya fanida faoliyat deb nomlana boshlandi. Faoliyat faollikning shaxsga xos turi sifatida vujudga kelib, u o’zining psixologik alomatlari bilan xatti- harakatdan tafovutlanadi. Uning farqli alomatlari tavsifi yuzasidan maqsadga muvofiq mulohazalar yuritish ayni muddaodir.

 

Birinchidan, faoliyatning mazmuni to’la-to’kis uni yuzaga keltirgan tabiiy, biologik va ma’naviy eshtiyoj bilan hartlanmaganligi tufayli uning psixologik mexanizmi ham o’zgacha negizga qurilishi mumkin. Mabodo eshtiyoj motiv (lotincha motiv turtki, harakatga keltiruvchi degan ma’noni anglatadi) sifatida faoliyatga ichki turtki berib, uni jadallashtirishga, faollashtirishga erishsa, u vaziyatda faoliyatning mazmuni, shakllari ijtimoiy: hart-haroit, talablar, zaruriyat, tajriba kabilar bilan belgilanadi. Shuni aloshida ta’kidlash o’tish joizki, insonni mehnat qilishga undagan motiv moddiy ovqatga nisbatan eshtiyoj vujudga kelishi tufayli tug’ilishi hodisasi muayyan darajada uchrab turadi.

 

Aksariyat shollarda ishchi dastgoshni ochlikning oldini olish uchun emas, balki jamiyat tomonidan mas’ul ijtimoiy vazifa sifatida belgilanganligi sababli boshqarishga qaror qiladi. Bundan ko’rinib turibdiki, ishchining mehnat faoliyati mazmuni moddiy eshtiyoj bilan emas, balki maqsad bilan belgilanadi, bu o’z navbatida maqsadning ijtimoiy negizida yotuvchi tayyorlash mas’ulligi bilan uyg’unlashib ketadi. Modomiki shunday ekan, odam nima uchun bunday y o’sinda xatti-harakat amalga oshirgani, uning nimani ko’zlab ish qilayotgani mos kelmaydi, chunki uni faollikka undovchi turtki, xoshish-istak bilan faoliyatni yo’naltiruvchi aniq maqsad o’zaro mutanosib emas. Binobarin, faoliyat faollik manbai shisoblanmish eshtiyoj sifatida yuzaga kelgan tarzda faollikning yo’naltiruvchisi tariqasidagi anglanilgan maqsad bilan idora qilinadi.

 

Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash uchun psixika narsa va hodisalarning xususiy ob’ektiv xossalarini aks ettirishi, qo’yilgan maqsadga erishish yo’l-yo’riqlarini aniqlab berishi joiz.

 

Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq- atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ro’yobga chiqarish, yuzaga kelgan eshtiyojlarni va yordamga mushtojligi yo’q faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalashi lozim. Shuning uchun faoliyat bilish jarayonlarisiz, irodaviy z o’r berishsiz amalga oshishi amri mashol, chunki u har ikkala omil bilan uzviy aloqaga kirishganidagina yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi, xolos.

 

Odatda faoliyatga ta’rif berilganda, birinchi galda anglashilgan maqsad bilan boshqarilishi, so’ngra psixik (ichki) va jismoniy (tashqi) faollikdan iborat ekanligi ta’kidlab o’tiladi. Lekin ushbu belgilar faoliyat ta’rifini mukammal tarzda ochib berishga qurbi yetadi, degan gap emas, albatta.

 

Inson faolligida anglanilgan maqsad mavjudligi to’g’risida mulohaza yuritish uchun har xil xususiyatli bir qancha omillarga murojaat qilishga to’g’ri keladi. Faoliyatning motivlari, ro’yobga chiqarish vositalari, axborot tanlash va uni qayta ishlash anglanilgan yoki anglanilmagan, ba’zan anglanilganlik noto’kis, shatto u noto’g’ri bo’lishi mumkin. Jumladan: a) maktabgacha yoshdagi bola o’yin faoliyatiga nisbatan eshtiyojini gosho anglaydi, xolos; b) boshlang’ich sinf o’quvchisi o’quv motivlarini hamisha ham anglash qurbiga ega bo’lmaydi; v) o’smir ham xulq motivlarini noto’kis va noto’g’ri anglashi mumkin; g) shatto voyaga yetgan odam ba’zan xulq motivini noo’rin xaspo’shlashga intiladi. Bundan tashqari, shatto faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirish, uni ro’yobga chiqarish uchun qaror qabul qilish, mashsulani taxminlash, xulosa chiqarish ham anglanilganlik kafolatiga ega emasdir. Chunki faoliyatni ro’yobga chiqaruvchi harakatning aksariyati ong tomonidan boshqarilmaydi, jumladan, velosiped uchish, kuy chalish, kitob o’qish, telefon qilish odatiy hodisadir.

 

Shuni uqtirib o’tish lozimki, faoliyatning jabshalarini ongda aks darajasi va mukammalligi uning anglanilganligi ko’rsatkichi mezoni shisoblanadi.

 

Lekin faoliyatning anglanganligi darajasi keng ko’lamli bo’lishiga qaramasdan, maqsadni ko’zlash (anglash) uning ustuvor belgisi vazifasini o’ynayveradi. Faoliyatda maqsadni anglash ishtirok etmasa, unda u ixtiyorsiz(impulsiv) xatti-harakatga aylanib qoladi va bunday xolat ko’pincha shissiyot bilan boshqariladi. Jashl, g’azab (affekt), kuchli eshtiros holatlari yuz bergan odam ixtiyorsiz harakat qiladi. Biroq xatti-harakat ixtiyorsizligi uning anglanilmaganligini bildirmaydi, aksincha bunda inson motivining shaxsiy jabshasi anglanilgan bo’ladi, uning ijtimoiy mazmuni esa qamrab olinmaydi.

Faoliyatning tuzilishi

 

Voqelikka nisbatan munosabatning muhim shakli sifatidagi faoliyat inson bilan uni qurshab turgan olam (borliq) orasida bevosita aloqa o’rnatadi.

 

Tabiatga, narsalarga o’zga odamlar ta’sir ko’rsatish ham faoliyatning qudrati bilan ro’yobga chiqadi. Inson faoliyatda narsalarga nisbatan sub’ekt sifatida, shaxslararo munosabatda esa shaxs tariqasida gavdalanadi hamda imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga muharraf bo’ladi. Buning natijasida ikkiyoqlama bog’lanish uzluksiz harakatga kirishishi, to’g’ri va teskari aloqa o’rnatishi tufayli inson narsalarning, odamlarning, tabiat va jamiyatning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida ma’lumot to’playdi. Har xil xususiyatli o’zaro munosabatlar negizida faoliyat sub’ekti uchun narsalar sub’ektlar sifatida, odamlar esa shaxs timsolida aks eta boshlaydi.

 

Inson faoliyatga yo’naltirilgan maqsadga erishish uchun shu yo’lda harakat qilishi tufayli xususiy vazifalarni bajarishga kirishadi. U o’z oldida turgan maqsadni amalga oshirish uchun ma’lum vaqt oralig’ida u yoki bu amalni bajaradi. Biror matnni kompyuterda tayyorlash uchun inson oldin uni elektr tokiga ulaydi, ekranni ishga sozlaydi, uning tugmachalarini bosish orqali harf va so’zlarni teradi, so’ngra ma’lum ma’no anglatuvchi matn paydo bo’ladi.

 

Psixologiyada faoliyatning aloshida bir xususiy vazifasini bajarishga mo’ljallangan, nisbatan tugallangan qismi (unsuri), tarkibi harakat deb nomlanadi. Masalan, kompyuter texnikasidan foydalanish harakatlari amalga oshiriladigan ishlardan tarkib topadi. Harakatlar natijasida odam borliqdagi narsalar xususiyati, holati, fazoviy joylashuvini o’zgartiradi. Mazkur jarayon nafaqat harakat yordami bilan, balki muayyan sa’i-harakatlar tufayli yuzaga keladi. Duradgor eshik yasamoqchi bo’lsa, avval munosib material tanlaydi, ularni o’lchaydi, unsurlarini sanaydi, randalaydi, qismlarni bir-biriga joylashtiradi, yopishtiradi, unga pardoz beradi, oshiq- moshiq qoqadi, kesaki o’rnatadi, ochib yopilishini tekshiradi va hokazo. Keltirilgan misoldan ko’rinib turibdiki, duradgorning gavdasi, oyoq- qo’llari, boshining tutishi sa’i harakatlari bilan birga «tanlash», «ishlov berish», «o’rnatish» amal qismlari majmuasi faoliyatni tarkib toptiradi. Sa’i-harakatning harakatdan farqli tomonlari uning aniqligi, maqsadga yo’nalganligi, epchilligi, uyg’unligi singari belgilarida o’z ifodasini topadi.

 

Inson faoliyatida narsalarni o’zlashtirishga yo’naltirlgan sa’i-harakatlardan tashqari: a) tananing fazoviy holati; b) qiyofaning saqlanishi (tik turish, o’tirish); v) joy almashish (yurish, yugirish); g) aloqa vositalari sa’i-harakatlari qatnashadi. Odatda aloqa vositalari tarkibiga:                                                                a)ifodali sa’i-harakatlar (imo-ishora,

pantomimika); b) ma’noli ishoralar; v) nutqiy sa’i-harakatlar kiritadi. Sa’i- harakatlarning ushbu turlarida ta’kidlab o’tilganlardan tashqari mushaklar, xiqildoq, tovush paychalari, nafas olish a’zolari ishtirok etadi. Demak, narsalarni o’zlashtirishga qaratilgan harakatning ishga tushishi muayyan sa’i-harakatlar tizimining amalga oshirilishini anglatadi. Bu hodisa ko’p jishatdan harakatning maqsadiga, ta’sir o’tkaziladigan narsalarning xususiyatlariga va harakatning amalga oshishi hart haroitlariga bog’liq. Jumladan, a)kitobni olish qalamni olishdan boshqacharoq tarzdagi sa’i- harakatni taqozo etadi; b) avtomobilni shaydash velosipedda uchishga qaraganda ayricha sa’i- harakat talab qiladi; v) ellik kg shtangani ko’tarishda bir pudlik tonnaga qaraganda ko’proq quvvat sarflanadi; g) kartonga katta shaklni yopishtirishga qaraganda kichik shaklni joylashtirish, qiyin kechadi.

 

Yuqorida keltirilgan misollar turlicha ob’ektlarga taalluqli bo’lishiga qaramay, ularda harakatning maqsadi yagonadir. Ob’ektlarning turlicha ekanligi sa’i-harakatlarning oldiga va mushak faoliyati tuzilishiga har xil talablarni, tizimni qo’yadi. Ushbu voqelik rus olimlari P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn, E.A.Asratyanlarning tadqiqotlarida dalillab berilgan. Ularning umumiy mulohazalariga qaraganda, mushaklarning faoliyati sa’i-harakat vazifasi bilan emas, balki mazkur sa’i-harakat ro’y beradigan hart- haroitlar bilan boshqarilishi mumkin. Mushaklar bu o’rinda sa’i-harakatlarning yo’nalishini va tezligini ta’minlash uchun xizmat qiladi, har xil qarshiliklarni (shajm, kuch, vazn ta’siri) muayyan darajada susaytiradi.

 

Sa’i-harakatlarning amalga oshirilishi beo’xtov ravishda nazorat qilinadi, uning mashsulasi harakatning pirovard maqsadi bilan qiyoslanadi va unga ayrim tuzatishlar kiritiladi, xuddi shu tarzda boshqaruv betinim takrorlanaveradi, harakatni nazorat qilish jarayoni esa sezgi a’zolari yordami bilan vujudga keladi. Sa’i-harakatning sensor (sezgi a’zolari yordamida) nazorat qilishning isboti uning oynadagi o’z aksiga qarab chizishda o’z ifodasini topadi. Ma’lumki, oynada qalamning odam qo’li harakat yo’nalishi bo’yicha emas, balki qarama-qarshi tomonga harakatlanayotganday tuyuladi. Inson ko’rish orqali mashqlanishi tufayli ma’lumotlardan foydalanish bilan harakatni muvofiqlashtirishni uddalaydi.

 

Sa’i-harakatlarning nazorat qilish jarayoni va ularni boshqarish teskari aloqa prinsipiga binoan ro’yobga chiqadi. Ushbu hodisani amalga oshish imkoniyati quyidagi omillarga bevosita bog’liq holda kechadi: a) sezgi a’zolari aloqa kanali vazifasini bajargan taqdirda; b) ular axborot manbai sifatida harakat rolini o’ynaganda; v) sa’i-harakatlarni aks ettiruvchi alomatlar bu jarayonda xabar yetkazuvchi sifatida qatnashganida va boshqalar. Ta’kidlab o’tilgan omillar orqali amalga oshadigan teskari aloqaning bunday shaklini (ko’rinishini) rus tadqiqotchi P.K.Anoxin teskari afferentasiya deb atagan. Afferentasiya (lotincha afforens keltiruvchi degan ma’no anglatadi) hamda tashqi qo’zg’atuvchilardan, hamda ichki organlardan, axborotni qabul qiluvchi shissiy a’zolardan markaziy nerv sistemasiga kelib tushuvchi nerv impulslarining doimiy oqimini bildiradi. To’g’ri aloqa- axborotlarining tashqaridan kirib borishini anglatib kelsa, teskari afferentasiya uning aks holatini aks ettiradi.

 

Sa’i-harakatlarning hammasi ham organlarning faoliyatini tushuntirish uchun xizmat qiladi va nazorat (boshqaruv) jarayoni qanday kechishini tashlil etish imkoniyatiga ega.

 

Narsaga yo’naltirilgan harakatning ishga tushishi muayyan bir tizimga taalluqli sa’i haraktlarning natijaga (maxsulaga) erishishni ta’minlash bilan cheklanib qolmaydi. Balki u (harakat), birinchidan, sa’i-harakatlarning maxsulasiga mos ravishda, ikkinchidan, harakatlar ob’ektning xususiyatlariga mutanosiblikda, uchinchidan, sa’i-harakatlarni shissiy nazorat qilishni amalga oshirgan yo’sinda ularga ba’zi bir tuzatishlar kiritadi. Ushbu jarayonni osonroq tushunish uchun uning negizi: a) tashqi mushitning holati, b)mushitda harakatlarning vujudga kelishi, v) natijalar (maxsulalar) to’g’risida miyaga axborot beruvchi shissiy mo’ljallarni egallash mujassamlashtiradi. Masalan, xaydovchi avtobusni to’xtatish tepkisini bosish kuchini, uning harakati tezligi, shosh ko’chaning holati, avtobusning vazni, harakat qatnovi, piyodalar gavjumligi bilan s o’zsiz moslashtiradi.

 

Sholbuki shunday ekan, faoliyat tarkibiga kiruvchi sa’i-harakatlar tizimi oxir oqibatda mazkur harakatning maqsadi bilan nazorat qilinadi, basholanadi va to’g’rilab turiladi. Maqsad miyada faoliyatning bo’lg’usi maxsulasining timsoli, o’zgaruvchan andazasi tarzida vujudga kelishi mumkin.

 

Ezgu niyatga aylangan bo’lg’usi andoza bilan haraktning amaliy natijasi qiyoslanadi, o’z navbatida andoza sa’i-harakatni yo’naltirib turadi. Ana shu holatning turlicha psixofiziologik talqinlari mavjud bo’lib, ular «bo’lg’usi harakat modellari», «sa’i-harakat dasturi», «maqsadning dasturi», «miyada harakatning o’zi oldindan shosil qiladigan andozalari» singari tushunchalarda o’z ifodasini topadi. Jumladan, ularning eng muhimlari: «harakat akseptori» va «ilgarilab aks ettirish» (P.K.Anoxin), «harakatlantiruvchi vazifa» va «bo’lg’usi eshtiyoj andozasi» (N.A.Bernshteyn), «zaruriy moshiyat» va «kelajak andozasi» (Mittelshtedt, U.Eshbi) va boshqalar. Sanab o’tilgan tadqiqotchilarning talqinlari ilmiy faraz (taxmin) tarzida berilganligi tufayli ular miyada qanday aks etilishi mumkinligini mukammal bilishga qodir emasmiz. Lekin ularning miyada ilgarilab aks ettirish to’g’risidagi mulohazalari, bu borada tasavvurlarning yaratilishi psixologiya fani uchun ijobiy ilmiy voqelik bo’lib shisoblanadi.

  • Faoliyatning o’ziga xosligi

 

Faoliyat jahon psixologiyasi fanining asosiy (fundamental) tushunchalaridan biri shisoblanib, ko’pincha psixologik kategoriya sifatida olib qaraladi. Shuning bilan birga ushbu tushuncha shaddan ziyod keng ma’noli va ko’p ahamiyatli tarzda foydalanilganligi tufayli uning moshiyati yoyiq bo’lib boradi, natijada qiymati asl mazmunini yo’qotadi. Xuddi shu boisdan psixologiyada faoliyat uchun umumiy qabul qilingan definisiya mavjud emas, foydalanib kelinayotgan tuzilma, ta’rif esa ko’p shollarda tanqidga uchraydi. Sholbuki shunday ekan, semantik tashlil o’tkazish orqali faoliyatga nisbatan turlicha qarashlarni umumlashtirish, o’zaro taqqoslash zaruriyati aniqlangan bo’lar edi, bu esa o’z navbatida uning (faoliyatning) ilmiy psixologik ob’ektiga aylantirishi unga aloqador tushunchalar tarkibini mukammallashtirish imkoniyatini vujudga keltiradi.

 

Ensiklopediya, izoshli lug’at va lingvistik so’zliklardagi ma’lumotlar, ilmiy matnlar tashlilining ko’rsatishicha, faoliyat tushunchasi falsafa, fiziologiya, sosiologiya, psixologiya fanlari predmetidan kelib chiqib, o’zaro qorishish oqibatida mehnat, ish, aktivlik, xulq singari to’rt xil tavsifga ega bo’lgan.

 

I.M.Sechenov fiziologik organlar va tizimlar faolligi yoki ishi to’g’risida tasavvurga ega bo’lgan, shu sababdan uning asarlarida «tafakkurning faol shakli», «tafakkur faoliyati», «miya faoliyati», «muskul faoliyati» so’z birikmalari keng ko’lamda joy egallagan. I.P.Pavlov tomonidan «oliy nerv faoliyati», N.A.Bernshteyn esa «fiziologiya faolligi» atamasi fan olamiga olib kirgan. Lekin N.A.Bernshteyn faollik, faoliyat, ish, mehnat tushunchalarini ma’nosiga ko’ra farqlagan bo’lishiga qaramay, u aksariyat shollarda faollikni faoliyat ma’nosida qo’llagan.

 

Psixofiziologiyada faoliyat faollikni fiziologik ma’nosi sifatida talqin qilingan bo’lsa, ish, mehnat faoliyati «mehnat faolligi» mazmunida qo’llanadi. Ijtimoiy psixologiyada «faoliyat-faollik-ish-mehnat», «faoliyat-xulq», «mehnat- xulq-faoliyat» ko’rinishlari juftligi uchrab turadi.

 

S.L.Rubinshteyn ong va faoliyat birligi prinsipini ilgari surib va atroflicha asoslab berib, faoliyat psixologiyasini yaratish zaruriyatini tushuntira oldi. Uningcha, mehnat psixologik emas, balki «ijtimoiy kategoriya», psixologiya esa «mehnat faoliyatining psixologik jabshalarini» tadqiq etadi. Psixiklilikning namoyon bo’lishi yoki shukm surishining ob’ektiv shakli xulqda, faoliyatda ifodalanadi (aks ettirish harakati ma’nosida).

 

N.Leontev faoliyatning psixologik nazariyasini yaratib, uning asosiy tushunchasi sifatida «predmetli faoliyat» so’z birikmasini fanga olib kirdi. Muallif tomonidan «odamning shissiy amaliy faoliyati» so’z birikmasi «ijtimoiy inson» sifatida talqin etiladi. Uning asarlarida «faoliyat», «xulq» tushunchalari har xil mazmunda ishlatiladi, jumladan, «teskari aloqalar vositasida xulqni boshqarish», «faoliyatning shalqali tuzilishi», «faoliyatni boshqarish», «qo’lning tuyush faoliyati», «perseptiv faoliyat», «reseptor va effektor apparatlarning hamkorlik faoliyati» kabilar.

 

G.Ananev faoliyat psixologiyasini faollik psixologiyasi ma’nosida tushunadi. Uning fikricha, bilish va muomala faoliyatning birlamchi ko’rinishidir. Tadqiqotchi «inson faoliyati», «tashkiliy ish», «tashkilotchilik faoliyati», «xulq jarayonining algoritmlari» atamalaridan har xil ma’noda foydalanadi.

  1. Faoliyatni interiorizasiyalash va ekstreoriozasiyalash

 

Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, miyani ilgarilab aks ettirish imkoniyati va shali amalga oshirilmagan harakatning natijasi inson psixikasida qay tarzda in’ikos etilishi kuchli qiziqish uyg’otadi. Bu hodisani izoshlashning yagona yo’li — u ham bo’lsa borliqning muhim shususiyati shisoblanmish qonuniyatning mavjudligidir. Borliqdagi qariyb (neosfera shisobga olinmaganda) barcha narsalar, munosabatlar, xususiyatlar, hart-haroitlar, tuzilmalar bir-biri bilan doimiy bog’liqlikka ega bo’lib, muayyan qonuniyat asosida harakatlanadi, bu holatdan ikkinchisiga o’tadi.

 

Shuning uchun idishdagi suv qaynatilsa bug’ga aylanadi, harorat pasaysa, u muzlaydi, shavo isiganida esa muz eriy boshlaydi, bashor ketidan yoz keladi, narsalar ishqalansa qiziydi va hokazo. Xuddi shu bois ob’ekt bilan hodisa o’rtasidagi o’zgarmas, barqaror munosabatlar, ob’ektning muhim xususiyatlari hodisaning qonuniyati deyiladi. Ularda o’zgarmas xususiyatlar va qonuniyatlarning mavjudligi o’zgarishlarni oldindan payqash, harakatlarni muvofiq yo’naltirish imkonini vujudga keltiradi. Tashqi, yaqqol faoliyat favquloddagi davrda ichki timsoliy (psixik) faoliyat tarzida shis etiladi. Ob’ektlarga yo’naltirilgan yaqqol harakatlar ularning muhim xususiyatlariga mo’ljallangan timsoliy jarayon bilan almashtiriladi.

 

Xuddi shu sababdan tashqi, yaqqol harakatdan, ichki, timsoliy harakatga mana shu tarzda o’tish jarayoni interiorizasiya (ichki tarzga aylanish) deb ataladi. Interiorizasiya muammosi rus olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari tomonidan turli jabshalarda tadqiqot qilingan. Interiorizasiya harofati bilan inson psixikasi muayyan vaqt oralig’ida uning idrok maydonida yo’q narsalarning timsoli (obrazi)dan foydalanish qurbiga ega bo’ldi. Shu narsa ma’lumki, bunday o’zgarishlarning muhim quroli bo’lib so’z, o’zgarish vositasi sifatida nutqiy faoliyat xizmat qiladi. Shuning uchun so’zlarni to’g’ri ishlatishga odatlanish favqulodda buyumlarning muhim xususiyatlarini axborotidan foydalanishning usullarini o’zlashtirish demakdir.

 

Inson faoliyati murakkab va o’ziga xos jarayon bo’lib, shunchaki eshtiyojlarni qondirishdan iborat emas, balki ko’pincha jamiyatning maqsadi va talablari bilan belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo’yilgan maqsadning anglanilganligi va unga erishish bo’yicha ish harakatlari tajribasi anglanilganligi va unga erishish bo’yicha ish harakatlari tajribasi bilan bog’liq ekanligi inson faoliyatining o’ziga xos belgisi bo’lishini tasdiqlaydi.

 

Shuning uchun shaxs faoliyatining jismoniy (tashqi) va psixik (ichki) tuzilmalari bir-biri bilan uyg’unlashganligi ko’zga tashlanadi. Inson faoliyatining tashqi jabshasi uning atrof mushitga ta’sir ko’rsatishga mo’ljallangan sa’i-harakatlar ichki (psixik) jishatiga bog’liq bo’lib, ularni motivlashtiradi, bilishga undaydi va boshqaradi. Shuningdek, tashqi jabsha o’z navbatida: a)psixik faoliyat buyumlar va jarayonlar xususiyatlarini o’zida namoyon qiladi; b) ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o’zgartirilishini amalga oshiradi; v) psixik andozalar o’xshashligini, natijalar va harakatlarning kutilmalariga muvofiqligini ko’rsatadi; g) ularni uzluksiz ravishda yo’naltirib va nazorat qilib turadi. Shunga muvofiq ravishda tashqi, yaqqol faoliyatni ham ichki (psixik) faoliyatning eksteriozasiyalashuvi (tashqi tarzga aylanishi) deb basholash maqsadga muvofiq.

  1. Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash

 

Psixologiya fanida harakat tushunchasi tashlil qilinganida u motor (jismoniy) harakat, sensor (shissiy) harakat va markaziy qismga ajratiladi. Shunga muvofiq ravishda ajratilgan tarkiblar harakatni amalga oshirish jarayonida bajaradigan ishlarni ijro etish, nazorat qilish va boshqarish bilan shug’ullanadi. Faoliyat harakatlarining ijro etish, nazorat qilish va boshqarishda qo’llaniladigan yo’l-yo’riqlar uning usullari deyiladi.

 

Odatda harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshirilishi kuzatiladi. Harakatni bajarishda ong borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ishni amalga oshirish avtomatlasha boshlaydi, ayrim mayda- chuyda qismlarga nisbatan e’tibor (nazorat) kamayadi. Shuning uchun inson faoliyatida maqsadga yo’naltirilgan sa’i-harakatlarni ijro etish va boshqarishning muayyan darajada avtomatlashuvi malaka deyiladi. Xuddi shu boisdan harakatlarni boshqarish bilan sa’i-harakatlarni boshqarish aynan bir narsa emas, albatta. Chunki sa’i- harakatlarning yuksak darajada avtomatlashuvi uning o’z tarkibidagi harakatni ongli ravishda idora qilish bilan uyg’unlashib ketadi. Patologik holatlardan tashqari, barcha faoliyat turlari ong bilan boshqarilib turadi. Harakat tarkiblarining avtomatlashuvi: birinchidan, ongli ravishda yo’naltirilgan ob’ektni almashtiradi.

Ikkinchidan, harakatning umumiy maqsadlarini, uning ijro etilishi hart- haroitlarini, natijalarini nazorat qilishni, uchinchidan, ularni basholashni ong uning tasarrufi doirasiga kiritadi.

 

Malakaning tuzilishi. Harakatning qisman avtomatlashuvi tufayli uning tuzilishida ayrim sifat o’zgarishlari yuz beradi va ular quyidagilardan tashkil topgandir: Birinchidan, sa’i-harakatlarning ijro etilishi usullari o’zgaradi. Bunda bir qator sodda sa’i-harakatlar yagona jarayonga (tarkibga) kiruvchi ba’zi sodda sa’i- harakatlar o’rtasida to’siq va uzilish ro’y bermagan bitta murakkab sa’i-harakat o’zaro bir-biriga qo’shilib ketadi, ortiqchalari esa bartaraf etiladi.

 

Masalan, bola velosipedni uchishga o’rganayotgan paytida bir qancha ortiqcha harakatlarni amalga oshiradi: o’zini bir tekis tuta olmaydi, pedalni birini bosib, ikkinchisini bosmaydi, rolni qattiq tutadi, yo’lga diqqatini taqsimlay olmaydi, o’rindiqqa noqulay o’tiradi, birovning yordamiga tayanadi. Malakali velosiped shaydovchisi harakatni silliq bajaradi, ortiqcha urinishlarga yo’l qo’ymaydi. Harakatlarni o’zlashtirish jarayonida:

a)sa’i-harakatlar tarkibi; b)sa’i-harakatlar izchilligi; v)sa’i-harakatlar uyg’unligi; g)ularning tezligi rejali kechishiga haroit yuzaga keladi.

 

Ikkinchidan, harakatni sensor (shissiy) nazorat qilish usullari o’zgaradi. Dastavval, sa’i-harakatlar amalga oshishini ko’rish organi orqali nazorat qilish kinestetik (mushaklar yordamida harakat) nazorat bilan almashadi. Chunonchi, charxchi asbobning tezligiga emas, balki ko’proq pichoq tig’iga e’tibor qaratadi. Sa’i-harakatlarning xususiyatini aniqlovchi har xil o’lchamlarining nisbatini basholash imkonini vujudga keltiradigan sensor sintezlar (yunoncha synthesis uyushma demakdir) shosil bo’ladi. Harakat mashsullarini nazorat qilishga aloshida ahamiyat kasb etadigan mo’ljallarni farqlash va ajratish uquvchanligi insonda rivojlanadi.

 

Uchinchidan, harakatni markazdan turib boshqarish usullari o’zgarib boradi. Harakat usullarini idrok etishdan diqqat xoli bo’lib, u uning vaziyati va mashsulasiga qaratilgandir. Topshiriq yechimlari, aqliy faoliyat jarayonlari tezkorlikda, hamkorlikda bajarila boshlaydi.

 

Jumladan, uchuvchi samolyot dvigatelining ortiqcha kuch bilan ishlayotganini tovushidan fashmlaydi. Narsalarni aniqlashga sarflanadigan vaqt kamaya boradi. qo’llanishga mo’ljallangan usullarning turkum tarzda ong yordamida oldindan payqash (sezish, fashmlash, bilish) jarayoni antisipasiya (lotincha anticipatio oldindan fashmlash, sezish ma’nosini anglatadi) deyiladi.

 

Shuning uchun harakat usullaridagi mazkur o’zgarishning siri nimada va ular qanday psixologik mexanizmiga ega? degan savolning tu g’ilishi tabiiydir.

Psixologik mexanizm (ta’minlash) o’z ichiga izlanish urinishlarini va tanlashni oladi. Shaxs u yoki bu harakatni bajarishga urinib ko’radi, shatto ushbu jarayonni nazorat qilib ham turadi. Bu o’z navbatida muvaqqiyatli urinishlar (sa’i-harakatlar), o’zini oqlagan chamalashlar, mo’ljallar inson tomonidan tanlanadi va asta- sekin mustashkamlanadi. qo’llanganda foyda (naf) bermagan harakatlar samara beruvchilari bilan almashtiriladi. Bu holat muayyan davr davomida takrorlanadi yoki mashq qilinadi. Ana shundan kelib chiqqan holda muayyan harakatlarini o’zlashtirish maqsadida ularni ongli ravishda nazorat qilishga va o’zgartirishga harakat qilinadi. Amaliy ish harakatlarini takrorlanmasdan turib, turli xususiyatli malakalarni shakllantirib bo’lmaydi.

 

Malakani shakllantirishda bajarilayotgan harakatlarning nutq faoliyatida so’z bilan ifodalanishi va harakatning timsolini xayolda mujassamlashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu yo’sinda insonning malakasi anglashinilgan tarzda avtomatlashgan xatti-harakat sifatida shakllanadi. Malakalarni shakllantirish mexanizmiga, prinsipiga muayyan odatiy jabshalarga, usul va vositalar tanlash xususiyatiga aloshida e’tibor qilish uning muvaffaqiyatli shosil bo’lishini ta’minlaydi. Buning uchun quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq: a) usullarni tanlash, b) harakatda ong nazorat funksiyasini kamaytirish, v) maqsadni oydinlashtirish, g) hart-haroitni tasavvur etish, d) malakani shakllantirish modelini xayolda yaratish va hokazo.

 

Psixologiya fanida malakani shakllantirishning asosiy bosqichlari sxemasi ishlab chiqilgan, bunda asosiy e’tibor malakaning xususiyatiga, malakaning maqsadiga, harakatni bajarish usullariga qaratiladi. Shuningdek, malakalarning o’zaro ta’siri muammosiga aloshida ahamiyat beriladi, chunki inson malakalar tizimiga amal qilgan holda yangi malakani o’zlashtiradi.Oldin egallangan malaka, keyingisini tarkib topishiga yordamlashadi, gosho unga xalaqit berishi ham mumkin. Harakatning avtomatlashuvi uning maqsadi, ob’ekti, vaziyati va hart- haroitlari bilan belgilanadi.

 

Harakatning muvaffaqiyati, samaradorligi ko’p jishatdan sensor nazoratga hamda uning yangi haroitiga ko’chishiga bog’liq.

 

Malakalarning noto’g’ri (teskari) ko’chirilishi interferensiya hodisasini vujudga keltiradi. Faoliyat ko’nikma, malaka, usul, harakat,sa’i-harakat, operasiya kabi tarkibiy qismlar tufayli muayyan mashsullarga erishadi, moddiy va ma’naviy natijalarni hamda bilimlarni vujudga keltiradi.

 

Psixologik ma’lumotlarning ko’rsatishicha, faoliyat shaxslararo munosabatlar tizimi tariqasida, hamkorlik tarzida namoyon bo’ladi. Faoliyatda inson shaxsi (uning xususiyatlari) aks etadi va ayni bir davrda faoliyat odam shaklini tarkib toptiradi. Ong bilan faoliyat birligi prinsipiga asoslanish orqali shaxs kamol topadi, shaxslararo munosabatga kirishadi, ijtimoiy tajribalarni o’zlashtiradi, o’zaro ta’sir yordamida ijtimoiylashadi. Inson shaxsining shakllanishi o’yin, ta’lim, mehnat, sport va boshqa faoliyatning turlarida amalga oshadi. Faollik tufayli faoliyatni amalga oshirish jarayoni yuzaga keladi, xulq-atvor, muomala (kommunikasiya) vositasida eshtiyoj, istak, ijtimoiy talablar qondiriladi, turli xususiyatli axborotlar o’zlashtirilishi natijasida shaxs tarkib topa boshlaydi.

 

  1. O’yin faoliyati. Faoliyatning oddiy shakllaridan biri o’yin shisoblanadi, lekin u tobora takomillashib, sodda harakatlardan keyinchalik syujetli, roli o’yinlarga, shatto sportgacha murakkablashib boradi, atrof mushitni aks ettirishida ishtirok eta boshlaydi. Insonning borliqni in’ikos etishidagi dastlabki urinishni harakat orqali namoyon bo’ladi. Harakatlar bolaning tabiatga, uni qurshab turgan kishilik dunyosiga nisbatan munosabatini, ular to’g’risidagi ilk taassurotlar, sodda tasavvurlar, bilimlarni o’zlashtirishni anglatib keladi. Keyinchalik oddiy harakatlar muayyan ma’no kasb etib, syujetli va rolli o’yinlarga aylanadi. o’yinlar milliy (etnik) va umumbahariy turkumlardan tarkib topgan bo’lib, ijtimoiy shayotning barcha jabshalarini o’zida aks ettiradi. o’yinlar takomillashib borib sport turlariga, sport faoliyatiga o’sib o’tadi, jumladan, shaxmat, damino, futbol, shashka va xokazo. Sport o’yin faoliyati sifatida barcha yoshdagi insonlarga xos bo’lib shisoblanadi. O’yin faoliyatida bola ijtimoiy voqelikni taqlid, rol orqali ijro etishga harakat qiladi va shu yo’sinda atrof mushit to’g’risidagi, ijtimoiy turmushdagi shaxslararo munosabatlarni o’zlashtira boradi. Ijtimoiy turmushdagi u yoki bu hodisani rol orqali ijro qiladi. So’z bilan harakatning birikuvi natijasida o’yin faoliyat tusini oladi va muayyan ma’no, axborot berish, uzatish imkoniyatiga ega bo’ladi. Dastlabki o’yin aynan kattalar xatti-harakatini takrorlash, ularga taqlid qilish bilan tavsiflanadi. Syujetli o’yinlar borliqning gosh anglangan, gosho anglanmagan tarzda u yoki bu tomonlarini egallashga xizmat qiladi.

 

O’yin dastavval bola uchun vaqt o’tkazish, uni mashg’ul qilish funksiyasini bajarsa, keyinchalik ijtimoiy tarixiy taraqqiyot namunalarini ifodalash darajasiga o’sib o’tadi. Rollar, ma’noli harakatlar, ibratli imo-ishoralar, tushunchalar bola shaxsini shakllantirishda faol ishtirok etadi. Bola tug’ilganidan to maktab ta’limigacha davrida uning uchun o’yin faoliyati yetakchi faoliyat rolini bajaradi, shuningdek, o’yin didaktik tus kasb etishi ham mumkin.

 

  1. Ta’lim. Ta’lim ham jarayon, ham faoliyat sifatida insonning shayotida muhim rol o’ynaydi va muayyan davr uchun yetakchi faoliyat sifatida gavdalanishi mumkin. Ta’lim boshqacha so’z bilan aytganda, o’qituvchi bilan o’quvchining sub’ekt-sub’ekt munosabatidagi hamkorlik faoliyati shisoblanadi. Aksariyat shollarda o’qituvchi axborot uzatuvchi (kommunikator) o’quvchi esa uni qabul qiluvchi ob’ekt sifatida talqin etiladi, lekin ikkiyoqlama harakat tufayli ma’lumot insonga anglashiniladi, o’zaro ta’sir, o’zaro anglashuv, tushunuv, o’zaro sub’ektlarning bir- birga zaruriyligi, taqozochanligi hamkorlikning muvaffaqiyati kafolatli sanaladi. Ta’lim o’quv faoliyati, aqliy faoliyat, bilish faoliyati turtkisi vazifasini o’taydi, chunki har qaysi faoliyatning shakli aqliy mehnat tufayli amalga oshadi. Ta’limning boshqa faoliyat turlaridan farqi uning mashsulining o’ziga xosligi, barcha bosqichlariga ongli yondashuvda va munosabatda bo’lishdir. Ta’lim o’quv faoliyati yoki jarayon sifatida mustaqil izlanishni, ijodiy munosabatni, turli vaziyat (auditoriya va undan tashqarida)ni, har xil bosqichni (boshlang’ich, o’rta, maxsus, oliy ta’lim) o’zida mujassamlashtiradi. Mustaqil bilim olish va mutolaa qilish ham o’quv faoliyatining muayyan ko’rinishlari bo’lib, shaxsiy ilmiy, ijodiy izlanishning mashsuli shisoblanadi.

 

Ta’lim tarbiya bilan uyg’unlashgan tarzda namoyon bo’ladi, sub’ektga ob’ektiv ta’sir o’tkazish tufayli bilimlar egallanadi, muayyan shaxsiy fazilatlar tarkib topadi. Ta’limning moshiyatiga (matnda g’oya, taassurot, mazmun, syujet, timsol orqali) tarbiyaviy ta’sir o’tkazish dasturiy asosda, ierarxik (yunoncha hierarchia izchillik) tarzda singdiriladi. Ta’lim muayyan guruh va jamoani shakllantiradi, shaxslararo munosabat maromlari bilan tanishtiradi, shaxsiy fazilatlarning tarkib topishiga, sub’ektning ijtimoiylashuviga sezilarli ta’sir o’tkazadi. Ta’limning yana bir muhim funksiyasi shuki, u turli yoshdagi odamlarni kasb tanlashga yo’naltiradi, kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishga, mutaxassis sifatida shakllanishga muhim ta’sir o’tkazadi. Ta’lim ijtimoiy jishatdan shaxslarni shakllantirish, ixtisos ko’nikmalari bilan qurollantirish, u yoki bu sohada mutaxassis bo’lib faoliyat ko’rsatishga xizmat qiladi. Mustaqil fikrlash, psixologik imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish, barkamollikni egallash borasida ijtimoiy shayotning turli jabshalarida ta’lim yetakchi faoliyat tariqasida muhim rol o’ynaydi.

 

3 Mehnat faoliyati. Insoniyat o’zining mehnati tufayli ongli mavjudodga aylangan, jamiyatda mo’l-ko’lchilikni yaratgan, tabiatda esa ayrim o’zgartirishlarni amalga oshirgan, borliq to’g’risidagi ma’lumotlarni egallashga muharraf bo’lgan. Mehnat faoliyatining tarkibida mehnat, ish harakat yotadi. Ularning har qaysisi muayyan ulushni amalga oshirish tufayli faoliyat mashsuli vujudga keladi, u moddiy yoki ma’naviy ko’rinishda bo’lishi mumkin.

 

Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan kasb-kor ko’nikmalarini avlodlarga o’rgatish mehnat faoliyati yordamida amalga oshiriladi. Kasbiy malakalarni shakllantirish, takomilashtirish, mashsulot yaratish va undan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish mehnat faoliyati orqali ro’yobga chiqariladi.

 

Mehnat faoliyatida amaliy ko’nikmalar barqarorlashadi, nazariy fikr, g’oya, mulohaza vujudga keladi. Faoliyat bilan ong birligi mavjud bo’lganligi sababli shaxs tarkib topadi, ham axloqan, ham aqlan rivojlanadi. Mehnat faoliyati individual xususiyat kasb etsa-da, lekin uning moshiyati ijtimoiydir. Inson shaxsiy eshtiyojini qondirish uchun mehnat qiladi, u yoki bu mashsulot ishlab chiqariladi, oqibat natijada odam ijtimoiy jamiyat farovonligi uchun o’z shaxsiy ulushini qo’shadi.

 

Mehnat faoliyati yashash, eshtiyojni qondirish, kelajak uchun mo’l- ko’lchilik vujudga keltirish, yaratilgan mashsullarni (me’morchilik, san’at, madaniyat asarlarini) saqlash, asrash, meros sifatida qoldirish funksiyalarini bajaradi.     Shuning uchun     mehnat faoliyati o’n minglab kasb-kor

professiogrammasiga asoslangan holda turli shaklda tashkil qilinadi va muayyan reja, maqsadni ro’yobga chiqarish uchun har xil vaziyatlarda amalga oshiriladi.

 

Mehnat maishiy va ishlab chiqarish turlariga ajratilgan holda imkoniyatga, layoqatga, qobiliyatga, saloshiyatga qarab taqsimlanadi. Shuning uchun mehnat faoliyatining sodda ko’rinishlari ilk bolalik yoshidan ko’zga tashlanadi, bu o’rinda dastyorlik, ko’maklashish holatlari nazarda tutiladi. Keyinchalik yaxlit mehnat faoliyati tashkil qilinadi va muayyan maqsad amalga oshiriladi, uning mashsuli (natijasi) moddiy ko’rinishga ega bo’ladi.

 

Mehnat turlari maishiy, ishlab chiqarish sohalari moshiyatidan kelib chiqqan holda paydo bo’ladi va ijtimoiy talab, eshtiyojni qondirish uchun xizmat qiladi. Mehnat faoliyati shaxsni rag’batlantiradi (maosh, maqtov) va kasbiy shakllanishining yangi qirralarini ro’yobga chiqarishga zamin shozirlaydi.

 

Natijada qobiliyatli, saloshiyatli mutaxassis, mashoratli, novator kasb egasi bosqichlariga erishishga shaxsni safarbar etadi.

Mehnat faoliyati kishida praksik (lazzatlanish) shissini shakllantiradi, butun imkoniyatini ishga tushirishga moddiy, ma’naviy negiz yaratadi

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика