Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari

Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari

Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari

 

Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to’g’risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha pozisiyada turadilar va muammo moshiyatini yoritishda o’ziga xos yondashishga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalistik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin. quyida sanab o’tilgan nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari tomonidan shaxsni rivojlantirishning prinsiplari to’g’risidagi qarashlariga to’xtalib o’tamiz.

Biogenetik nazariyaning negizida insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o’zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi — biologik determinantlariga (aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning moshiyatidan sosial-psixologik xususiyatlar keltirilib chiqariladi.

 

Taraqqiyot jarayonining o’zi, dastavval biologik yetilishning universal bosqichi sifatida harshlanadi va talqin qilinadi.

 

Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkellar kashf qilishgan. Biogenetik qonuniyat organning taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq organning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo’pol xatolarga yo’l qo’ygan. Jumladan, biogenetik qonunga ko’ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g’oya yotadi.

 

Nemis psixologi V.Shternning fikricha, chaqaloq (yangi tug’ilgan bola) shali u odam emas, balki faqat sut emizuvchi shayvondir, u olti oylikdan oshgach, psixik taraqqiyoti jishatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshida esa oddiy odam sholiga keladi, besh yoshlarda ibtidoiy poda holatidagi odamlar darajasiga yetadi, maktab davridan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, kichik maktab yoshida o’rta asr kishilar ongiga va nishoyat yetukli davrdagina (16­18 yoshlarda) u Hozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi.

 

Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri b o’lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb «rekapitulyasiya qonuni» ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) shisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqiniga binoan, go’daklik shayvonlarga xos taraqqiyot pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning asosiy mashg’uloti bo’lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi. 8-12 yosh oralig’ida o’sish davri o’smiroldi yoshidan iborat bo’lib, yovvoyilikning oxiri va sivilizasiyaning boshlanishidagi kamolot ch o’qqisiga hamoshangdir. o’spirinlik esa jinsiy yetilishdan (12-13) boshlanib to etuklik davri kirib kelgunga qadar (22­25 yoshgacha) davom etib, u romantizmga ekvivalentdir. S.Xollning talqiniga qaraganda, bu davrlar «bo’ron va tazyiqlar», ichki va tashqi nizolar (konflikt) dan iborat bo’lib, ularning kechishi davomida odamda «individuallik tuyg’u» si vujudga keladi. Shaxsni rivojlanishining ushbu nazariyasi o’z davrida bir talay tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o’tadi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.

 

Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis «konstitusion psixologiyasi» (insonning tana tuzilishiga asoslagan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasi negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o’sishining xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshqa sikloid toifasiga xos (tez qo’zg’aluvchi, shis- tuyg’usi o’ta barqaror), ikkinchi uchida esa shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, shis-tuyg’usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminini u shaxs rivojlanishi davriga ko’chirishga harakat qiladi, natijada o’smirlarda sikloid xususiyatlari, (o’ta qo’zg’aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o’spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari bo’ladi, deya xulosa chiqaradi. Lekin insonda biologik hartlangan sifatlar hamisha yetakchi va shal qiluvchi rol o’ynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.

 

Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga chamalab ish ko’radilar, bu jarayonda muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o’zaro o’rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.

 

Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko’rinishi Zigmund Freydning shaxs talqinida o’z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan, shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan hartlangan, ayniqsa birinchi navbatda, u jinsiy (seksual) mayliga (libidoga) bog’liqdir. Bunga o’xshash biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki rolini bajara olmaydi.

 

Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi — bu aksil qutbga joylashgan sosiogenetik nazariya shisoblanadi. Sosiogenetik yondashishga binoan, shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sosializasiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga k o’ra, inson biologik tur sifatida tug’ilib, shayotning ijtimoiy hart-haroitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi. G’arbiy Yevropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri — bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning moshiyatiga binoan jamiyat o’zining har bir a’zosiga status (shaq-shuquq) deb nomlangan xatti- harakat (xulq) ning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy mushitda bajarishi hart bo’lgan maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatida, o’zgalar bilan munosabat, muloqot o’rnatishida sezilarli iz qoldiradi.

 

AqShda keng tarqalgan nazariyalardan yana bittasi — bu individual tajriba va bilimlarni egallash (mustaqil o’zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga binoan shaxsning shayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko’pincha ko’nikmalarni egallash va bilimlarni o’zlashtirishning samarasi qo’zg’atuvchini uzliksiz ravishda mustashkamlanib borishning mashsulidir. (E.Torndayk, B.Skinner va hokazo).

 

K.Levin tomonidan tavsiya qilingan «fazoviy zarurat maydoni» nazariyasi psixologiya fani uchun (o’z davrida) muhim ahamiyat kasb etadi. K.Levinning nazariyasiga ko’ra individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini o’tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat) lar bilan boshqarilib turiladi va ular fazoviy zarurat maydonining ko’lami va tayanch nuqtasiga yo’naltirilgan bo’ladi.

Yuqorida tashlil qilingan (harshlangan) har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqi (shatti-harakati) ni o’zgalar uchun yopiq yoki mashdud mushit xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tushuntiradi, bu o’rinda odam xoshlaydimi yoki yo’qmi bundan qat’i nazar mazkur haroitga moslashmog’i (ko’nikmog’i) zarur, degan aqidaga amal qilinadi.

 

Bizningcha, barcha nazariyalarda inson shayotining ijtimoiy-tarixiy vaziyatlari va ob’ektiv hart-haroitlari mutlaqo e’tiborga olinmaganga o’xshaydi.

Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo’lib, u biogenetik, sosiogenetik omillarning qimmatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotining birinchi darajali ahamiyatga ega deb shisoblaydi. Ushbu yondashishning uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tashlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o’z moshiyati, mashsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o’zaro tafovutlanadi.

 

Psixikaning irrasional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo’lmish emosiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tashlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri — bu amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o’ziga xos betakror xususiyatga egadir.

 

Birinchi davr — go’daklik. Ushbu davrda go’dakda ongsizlikka asoslangan tashqi dunyoga nisbatan «ishonch» tuyg’usi vujudga keladi. Buning bosh sababchisi ota—onaning meshr-mushabbati, g’amxo’rligi va jonkuyarligining nishonasidir. Agarda go’dakda ishonch negizi paydo bo’lmasa, balki borliqqa nisbatan ishonchsizlik shissi tug’ilsa, u taqdirda voyaga yetgan odamlarda mashdudlik, umidsizlik shaklida aks etuvchi xavf vujudga kelishi, eshtimol.

 

Ikkinchi davrda, ya’ni ilk bolalikda jonzodda yarim mustaqqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg’usi shakllanadi yoki aksincha, ularning qarama-qarshisi bo’lmish uyat va shubsha shissi shosil bo’ladi. Bolada mustaqillikning o’sishi, o’z tanasini boshqarishga keng imkoniyat yaratib, bo’lg’usida shaxs xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom, mas’uliyat, javobgarlik, shurmat tuy g’ularini tarkib toptirishga puxta zamin shozirlaydi.

 

Uchinchi davr — o’yin yoshi deb atalib 5 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’ziga qamrab oladi. Mazkur davrda tashabbus tuyg’usi, qaysidir ishni amalga oshirish va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabodo unda xoshish-istakni ro’yobga chiqarishning yo’li to’sib qo’yilsa, ushbu holatda bola o’zini aybdor deb shisoblaydi. Mazkur yosh davrida davra, ya’ni guruhiy o’yin, tengqurlari bilan muloqotga kirishish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi, natijada bolaning turli rollar sinab ko’rishiga, xayoloti o’sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg’usi, uni tushunish mayli tug’ila boshlaydi.

 

To’rtinchi davr — maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy o’zgarishlar ko’zlagan maqsadga erishish qobiliyati, uddaburonlik va mashsuldorlikka intilish tuyg’usi bilan ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati — omilkorlik va mashsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy jishatlari (illatlari) ham ko’zga tashlanadi va ularning qatoriga ijobiy xislatlari yetarli darajada bo’lmaganligi, ongi shayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni yechishda aql-zakovatning yetishmasligi, bilimlarni o’zlashtirishda qoloqligi (sustligi) va hokazo. Xuddi shu davrda shaxsda mehnatga nisbatan individual munosabati shakllana boshlaydi.

 

Beshinchi davr — o’spirinlik — o’zining betakror xislati, individualligi va boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o’smirlik shaxs sifatida noaniqlik, muayyan rolning uddalamaslik, qat’iyatsizlik singari nuqsonlarga (illatlarga) egadir.

 

Mazkur davrning eng muhim xususiyati «rolni kechiktirish»ning o’zgarishi shisoblanib, birmuncha taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy shayotda bajarayotgan rollarining ko’lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyati mavjud bo’lmaydi, vasholanki bu kezda o’spirin rollarda o’zini sinab ko’rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o’spirinlarda o’z-o’zini anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil tashlil qiladi, unda vaqtni yangicha shis qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qo’zg’atuvchi) jarayonlar va ularning turli ko’rinishlari namoyon bo’lishini harshlaydi.

 

Oltinchi davr — yoshlik boshqa odamga (jinsga) nisbatan psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati (uquvi) va eshtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, jinsiy mayl bu sohada aloshida o’rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tansholik va odamovilik kabi bexosiyat xususiyatlari bilan tafovutlanadi.

 

Etinchi davr — yetuklik davri deb atalib, shayot va faoliyatning barcha sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, g’amxo’rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatishda va boshqalarda) mashsuldorlik tuyg’usi unga uzluksiz ravishda hamrosh bo’ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jishatlarda tur g’unlik tuyg’usi nuqson (illat) sifatida shukm surishi eshtimoldan sholi emas.

 

Sakkizinchi davr, ya’ni qarilik inson tariqasida o’z burchini uddalay olganligi, turmushning keng qamrovligi, undan qanoatlanganligi (qoniqqanligi) tuyg’ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida ushbu yoshda shayotdan, faoliyatdan noumidlilik, ulardan ko’ngil sovish shis-tuyg’ularini ta’kidlab o’tish o’rinlidir. Donolik, soflik, gunoshlardan forig’ bo’lishlik bu yoshdagi odamlarning eng muhim jishati, saxovati shisoblanadi, binobarin, har bir aloshida olingan holatga nisbatan shaxsiyat va umumiyat nuqtai nazardan qarash ularning oliy shimmati sanaladi.

 

E.Shpranger «o’spirinlik davri psixologiyasi» degan asarida qizlarning 13 yoshdan 19 yoshgacha, yigitlarning esa 14 yoshdan 22 yoshgacha kiritishni tavsiya qiladi. Ushbu yosh davrida yuz beradigan asosiy o’zgarishlar E.Shpranger bo’yicha:

 

  1. shaxsiy «Men» ni kashf qilish,
  2. refleksiyaning o’sishi,
  3. v) o’zining individualligini anglash (tushunish) va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof qilish,
  4. g) shayotiy ezgu rejalarining paydo bo’lishi,

 

  1. d) o’z shaxsiy turmushini anglagan holda qurish ustanovkasi va hokazo. Uning fikricha, 14-17 yoshlarda vujudga keladigan inqirozning moshiyati ularga kattalarning bolalarcha munosabatidan qutulish tuyg’usini tug’ilishidan iboratdir.

 

17-21 yoshlarning yana bir xususiyati — o’zining tengqurlari va jamoatchilik qurshovidan «uzilish inqirozi» va tansholik tuyg’usining paydo bo’lishidir. Bu holatni tarixiy hartlanganlik hart-haroitlar va omillar vujudga keltiradi.

 

E.Shpranger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik namoyandalari bo’lib shisoblanadilar.

 

Kognitivistik yo’nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.

 

J.Piaje intellekt nazariyasi ikkita muhim jishatga ajratilgan bo’lib, u intellekt funksiyalari va intellektning davrlari ta’limotini o’z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptasiya (moslashish,ko’nikish) dan iborat bo’lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi.

 

Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarga ajratadi:

  • sensomotor intellekti (tug’ilishdan to 2 yoshgacha),
  • operasiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha),
  • konkret operasiyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha),
  • formal (rasmiy) operasiyalar davri.

 

J.Piajening g’oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv- genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yo’nalishning namoyandalari qatoriga L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalar kiradi.

 

Fransuz psixologi A.Vallon nuqtai nazaricha, shaxsning rivojlanishi quyidagi bosqichlarga ajratiladi:

  • shomilaning ona qornidagi davri,
  • impulsiv harakat davri — tug’ilgandan to 6 oylikgacha,
  • emosional (shis-tuyg’u) davri — 6 oylikdan to 1 yoshgacha,
  • sensomotor (idrok bilan harakatning uyg’unlashuvi) davri — 1 yoshdan to 3 yoshgacha,
  • personalizm (shaxsga aylanish) davri — 3 yoshdan to 5 yoshgacha,
  • farqlash davri — 6 yoshdan to 11 yoshgacha,
  • jinsiy yetilish va o’spirinlik davri — 12 yoshdan to 18 yoshgacha.

Yana bir fransiyalik yirik psixolog Zazzo o’z vatanidagi ta’lim va tarbiya tizimining tamoyillaridan kelib chiqqan holda, mazkur muammoga boshqacharoq yondashib va uni o’ziga xos talqin qilib, insonning ulg’ayib borishini quyidagi bosqichlarga ajratishni tavsiya qiladi:

  1. Birinchi bosqich — bolaning tug’ilganidan 3 yoshigacha.
  2. Ikkinchi bosqich — 3 yoshidan 6 yoshigacha.
  3. Uchinchi bosqich — 6 yoshidan 9 yoshigacha.
  4. To’rtinchi bosqich — 9 yoshidan 12 yoshigacha.
  5. Beshinchi bosqich — 12 yoshidan to 15 yoshigacha.
  6. Oltinchi bosqich — 15 yoshidan 18 yoshigacha.

 

Sxemadan ko’rinib turibdiki, R.Zazzo shaxs rivojlanishining bosqichlariga individuallik sifatida tarkib topish, takomillashish nazariyasidan kelib chiqib yondashgani shaxs shakllanishi pallasining yuqori nuqtasi, ya’ni ijtimoiylashuvi bilan cheklanishga olib kelgan. Shuning uchun uning ta’limoti insonning ontogenezda takomillashuvi, o’zgarishi, rivojlanishi xususiyatlari va qonuniyatlari to’g’risida mulohaza yuritish imkonini bermaydi.

  1. Grimm shaxs rivojlanishi quyidagi bosqichlardan iborat ekanligini tavsiya

qiladi:

  • chaqaloqlik — tug’ilganidan to 10 kungacha,
  • go’daklik — 10 kunlikdan to 1 yoshigacha,
  • ilk bolalik — 1 yoshdan to 2 yoshigacha,
  • birinchi bolalik davri — 3 yoshdan to 7 yoshigacha,
  • ikkinchi bolalik davri — 8 yoshdan to 12 yoshigacha,
  • o’smirlik davri 13 yoshdan to 16 yoshigacha o’g’il bolalar, 12 yoshdan 15 yoshigacha qizlar,
  • o’spirinlik davri — 17 yoshdan to 21 yoshgacha yigitlar, 16 yoshdan 20 yoshgacha qizlar (bokiralar),
  • yetuklik davri: birinchi bosqich — 22 yoshdan 35 yoshgacha erkaklar, 21 yoshdan 35 yoshgacha ayollar, ikkinchi bosqich — 36 yoshdan 60 yoshgacha erkaklar, 36 yoshdan 55 yoshgacha ayollar,
  • keksayish (yoshi qaytgan davr) — 61 yoshdan to 75 yoshgacha erkaklar, 55 yoshdan to 75 yoshgacha ayollar,
  • qarilik davri — 76 yoshdan to 90 yoshigacha (jinsiy tafovut yo’q),
  • uzoq umr ko’ruvchilar 91 yoshdan boshlab to cheksizlikkacha.

Dj.Birron shaxs rivojlanishini quyidagicha tasavvur etadi:

  • go’daklik — tug’ilgandan to 2 yoshgacha,
  • maktaboldi davr — 2 yoshdan to 5 yoshgacha,
  • bolalik davri — 5 yoshdan to 12 yoshgacha,
  • o’spirinlik davri — 12 yoshdan to 17 yoshgacha,
  • ilk yetuklik davri — 17 yoshdan to 20 yoshgacha,
  • yetuklik davri — 20 yoshdan to 50 yoshgacha,
  • yetuklik davrining oxiri — 50 yoshdan to 75 yoshgacha,
  • qarilik davri 76 yoshdan boshlab.

 

D.Bromleyning tasnifi boshqalarnikiga mutlaqo o’xhamaydi, chunki unda shaxsning rivojlanishi muayyan davrlarga va bosqichlarga ajratilgan: birinchi davr — ona qornidagi muddatni o’z ichiga qamrab oladi (zigota-embrion-shomila- tug’ilish), ikkinchi davr (bolalik): a) go’daklik — tug’ilgandan to 18 oylikgacha, b) maktabgacha bosqichdan oldingi — 19 oylikdan to 5 yoshgacha, v) maktab bolalik — 5 yoshdan 11-13 yoshgacha, uchinchi davr (o’spirinlik) —

  1. Ilk o’spirinlik — 11 yoshdan to 15 yoshgacha,
  2. O’spirinlik — 15 yoshdan to 21 yoshgacha, to’rtinchi davr (etuklik) —
  • ilk yetuklik davri — 21 yoshdan to 25 yoshgacha,
  • o’rta etuklik davri — 25 yoshdan to 40 yoshgacha,
  1. Yetuklikning so’nggi bosqichi — 40 yoshdan to 55 yoshgacha, beshinchi davr (qarilik) —
  • istefo bosqichi — 55 yoshdan to 65 yoshgacha,
  • qarilik bosqichi — 65 yoshdan to 75 yoshgacha,
  • eng keksalik davri — 76 yoshdan to cheksizlikgacha.

 

Shunday qilib, biz chet el psixologiyasida shaxs rivojlanishining yo’nalishlari va nazariyalarini qisqacha harshlab o’tdik. qilingan tashlillardan ko’rinib turibdiki, Yevropa mamlakatlari va AqSh psixologlari orasida bu sohada bitta umumiy nazariya shali ishlab chiqilmagan. Buning bosh sababi shaxsning tuzilishi, uni shakllanish qonuniyatlari, uning kamolotida ob’ektiv va sub’ektiv ta’sirlarning roli, mikro va makromushitning ta’siri, rivojlanishning tayanch manbalari bo’yicha umumiylikning yo’qligi, aniq metodologiyaga va ilmiy platformaga asoslanmaganlikdir.

 

Sobiq Sovet psixologiyasida shaxs rivojlanishi nazariyalari harshlari

Sobiq Sovet psixologiyasida shaxsning rivojlanishi muammosi L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa boshlagan. Keyinchalik ushbu masala bilan shug’ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy manbai, rivojlanishning o’ziga xosligi bo’yicha yondashuvda, muayyan darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan mulohaza yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhga ajratish va undan so’ng ularning moshiyatini ochish maqsadga muvofiq. Bizningcha, ontogenezda shaxs taraqqiyotini bir necha bosqichlarga ajratish va ularning har biriga aloshida ilmiy psixologik ta’rif berish nuqtai nazaridan yondashish quyidagi nazariya va yo’nalishlarni tashkil qiladi. Jumladan, rivojlanishdagi inqirozga binoan (L.S.Vigotskiy), motivasion yondashish (L.I.Bojovich), faoliyatga ko’ra munosabat (D.B.Elkonin), shaxsning ijtimoiylashuvi xususiyatiga e’tiboran (A.V.Petrovskiy), shaxsni tutgan pozisiyasini shisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo.

 

L.S.Vigotskiy jahon psixologlari shaxsning tuzilishi va rivojlanishiga oid nazariyalarni tanqidiy tashlil qilib, kamolotni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlardan kelib chiqqan holda jarayonni quyidagi bosqichlarga ajratadi.

  1. Chaqaloqlik davri inqirozi (krizisi).

 

  1. Go’daklik davri — 2 oydan 1 yoshgacha. Bir yaharlik inqiroz.
  2. Ilk bolalik davri — 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3 yaharlik inqiroz.
  3. Maktabgacha yoshdagi davr — 3 yoshdan 7 yoshgacha. ? yaharlik inqiroz.
  4. Maktab yoshi davri — 8 yoshdan 12 yoshgacha. 13 yaharlik inqiroz.
  5. Pubertat (jinsiy yetilish) davri — 14 yoshdan 18 yoshgacha. 17 yaharlik inqiroz.

 

L.S.Vigotskiy o’z asarlarida rivojlanishning har bir davrining o’ziga xos xususiyatlariga chuqur ilmiy ta’rif bera olgan. Tadqiqotchi shaxsning rivojlanishida eng muhim ruhiy yangilanishlar yuzasidan ham ilmiy, ham amaliy ahamiyat kasb etuvchi mulohazalar bildirgan. Biroq uning fikrlari ichida o’ta munozarali, bashsbob o’rinlar talaygina. Hozirgi zamon psixologiya fanida L.S.Vigotskiyning shaxsning rivojlanishi nazariyasi ilmiy, tarixiy, ijtimoiy ahamiyat kasb etadi, taraqqiyotni keltirib chiqaruvchi inqirozlarning roli to’g’risidagi mulohazalari va olg’a surgan g’oyalari shu kunning talabi bilan hamoshangdir.

 

Sobiq Sovet psixologiyasining yirik namoyandasi, L.S.Vigotskiyning shogirdi L.I.Bojovich shaxs shakllanishini muayyan davrlarga bo’lishda motivlarga asoslanadi, shuning uchun bu yondashuvni motivasion deb yuritish mumkin. L.I.Bojovich mulohazasiga binoan, shaxsning shakllanishi ushbu darajalardan iborat: birinchi bosqich — chaqaloqlik — tug’ilgandan to 1 yoshgacha, ikkinchi bosqich — motivasion tasavvur — 1 yoshdan 3 yoshgacha, uchinchi bosqich — «Men» ni anglash davri — 3 yoshdan 7 yoshgacha, to’rtinchi bosqich — ijtimoiy jonzod ekanligini anglash davri — 7 yoshdan 11 yoshgacha, beshinchi bosqich: a) o’z- o’zini anglash davri — 12 yoshdan 14 yoshgacha, b) o’z o’rnini belgilab olish (topish) davri — 15 yoshdan 17 yoshgacha.

 

L.I.Bojovich shaxs shakllanishining har bir bosqichini psixologik tavsifini berib, ularni keltirib chiqaruvchi omillar, manbalar, turtkilar, mexanizmlar negizini ochib berishga harakat qilgan. Olima fikrining yo’nalishi shaxs psixologiyasi bilan uzviy bog’liq bo’lib motivasion yondashuvga bevosita tashlil va harsh bo’ysundirilgan.

 

D.B.Elkoninning shaxs shakllanishi klassifikasiyasi yetakchi faoliyat nazariyasiga (A.N.Leontev ta’limotiga) asoslanib, har bir taraqqiyot pallasida u yoki bu ko’rinishdagi faoliyat ustunlik qilish eshtimoliga suyanadi. Insonning shaxs sifatida kamol topishi jarayonidagi yetakchi faoliyat roli ushbu nazariyaning asosini tashkil qiladi. D.B.Elkonin shaxs shakllanishining quyidagi bosqichlarga ajratadi:

 

  • go’daklik davri — tug’ilgandan to 1 yoshgacha; asosiy faoliyat — bevosita emosional muloqot,
  • ilk bolalik davri — 1 yoshdan to 3 yoshgacha; asosiy faoliyat — predmet bilan manipulyasiya (nozik harakat) qilish,
  • maktabgacha davri — 3 yoshdan to 7 yoshgacha; asosiy faoliyat — rolli o’yinlar, asosiy faoliyat — o’qish,
  • kichik o’smirlik davri — 10 yoshdan to 15 yoshgacha; asosiy faoliyati — shaxsiy ichki (intim) muloqot,
  • katta o’smirlik yoki ilk o’spirinlik yosh davri — 16 yoshdan to 17 yoshgacha; asosiy faoliyat — o’qish-kasb tanlash.

 

D.B.Elkoninning shaxs shakllanishi bosqichlari muayyan ko’lamdagi psixologlar tomonidan iliq qarshi olinishiga qaramasdan, ma’lum darajada munazarabob o’rinlar yo’q emasligini e’tirof qilindi. Bizningcha, har bir davrning o’ziga xos xususiyatlari faqat aloshida olingan faoliyat doirasi ta’siri bilan chegaralanib qolmasligi, balki oraliq bosqichlari ham mavjudligi va undan kelib chiqqan holda ruhiy yangilanishlarda ham o’zgarish bo’lishi eshtimoldan sholi emas. Shunga qaramasdan, D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa, yosh davrlari psixologiyasida eng ommaboplardan biri bo’lib qolmoqda.

 

Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyandasi A.A.Lyublinskaya shaxs taraqqiyotini muayyan bosqichlarga ajratishda pedagogik psixologiya pozisiyasidan turgan holda faoliyat nuqtai nazardan unga yondashadi, ma’lum davrlarga ajratadi va ularni atroflicha harshlab berishga intiladi.

  1. Chaqaloqlik davri — tug’ilgandan to bir oylikgacha.
  2. Kichik maktabgacha davri 1 oydan to 1 yoshgacha.
  3. Maktabgacha yoshidan oldingi davr — 1 yoshdan to 3 yoshgacha.
  4. Maktabgacha yoshi davri — 3 yoshdan to 7 yoshgacha.
  5. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilik davri — 7 yoshdan to 11 (12) yoshgacha.
  6. O’rta sinf o’quvchisi davri (o’smirlik) — 13 yoshdan to 15 yoshgacha.
  7. Yuqori sinf o’quvchisi davri — 15 yoshdan to 18 yoshgacha.

 

Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyandasi V.A.Kruteskiy insonning ontogenetik taraqqiyotini mana bunday bosqichlardan tarkib topish eshtimoli mavjudligini asoslab berishga harakat qiladi.

  1. Chaqaloqlik (tug’ilgandan to 10 kunlikgacha).
  2. Go’daklik davri (10 kunlikdan to 1 yoshgacha).
  3. Ilk bolalik davri (1 yoshdan to 3 yoshgacha).
  4. Bog’chagacha bo’lgan yosh davr (3 yoshdan to 5 yoshgacha).
  5. Bog’cha yosh davri (5 yoshdan to 7 yoshgacha).
  6. Kichik maktab yoshi davri (7 yoshdan to 11 yoshgacha).
  7. o’smirlik yosh davri (11 yoshdan to 15 yoshgacha).

 

Negadir mualliflarning aksariyati ontogenezda shaxsning rivojlanishini qolgan bosqichlarini shisobga olmaydilar. Hozirgi zamon psixologiyasining taniqli vakili A.V.Petrovskiy inson taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning sosial- psixologik nuqtai nazardan yondashib, o’ziga xos original klassifikasiyasini yaratadi. Ushbu nazariya negizida yuksalish, yetuklikka intilish g’oyasi yotganligi sababli bolalik, o’smirlik, o’spirinlik davrlari yotadi, xolos. A.V.Petrovskiygacha psixologlar taraqqiyotning bir tekis jishatini olib o’rgangan bo’lsalar, bundan o’laroq u shaxs shakllanishining prososial (ijtimoiy qoidalarga rioya qilib) va asosial (aksijtimoiy) bosqichlari mavjud bo’lishi mumkinligini dalillab berishga harakat qiladi. Shuning uchun taraqqiyot uchta makrofazadan iborat ekanligini harshlab, uning birinchi turi bolalik davriga to’g’ri kelib, ijtimoiy mushitga moslashish, ko’nikish (adaptasiya), ikkinchisi — o’smirlarga xos individuallashish (individualizasiya), uchinchichi — o’spirinlik, ya’ni etuklikka intilish davrida individual holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlari bilan tavsiflanadi. A.V.Petrovskiy shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishini ta’kidlab o’tadi.

 

  1. Ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) — tug’ilgandan to 3 yoshgacha.
  2. Bog’cha yoshi davri — 3 yoshdan to 7 yoshgacha.
  3. Kichik maktab yoshidagi o’quvchi davri — 7 yoshdan to 11 yoshgacha.
  4. o’rta sinf o’quvchisi (o’smirlik) davri — 11 yoshdan to 15 yoshgacha.
  5. Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri — 15 yoshdan to 17 yoshgacha.

 

A.V.Petrovskiyning klassifikasiyasi qanchalik takomil darajada bo’lmasin, taraqqiyotning oraliq bosqichlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari mavjudligini e’tirof etishga moyildir. Chunki ijtimoiy qoidalarga binoan o’sishmi yoki aksilijtimoiymi unga qaramasdan, har ikki yo’nalishning ham oraliq jabshalari bo’lishi eshtimoldan xoli emas, lekin bu g’oyani chuqurroq harshlab berish joiz.

 

D.I.Feldshteyn klassifikasiyasi ham shaxsga ijtimoiy yondashuvga asoslangan bo’lsa ham, lekin u A.V.Petrovskiynikidan keskin farq qiladi. D.I.Feldshteynning fikricha, insonni shaxs sifatida shakllanish jarayonida ikkita katta taraqqiyot bosqichini bosib o’tadi, ulardan biri — «Men jamiyat ichida» degan pozisiyadan iborat bo’lib, u o’ziga quyidagi yosh bosqichlarini qamrab oladi:

  • ilk bolalik — 1 yoshdan 3 yoshgacha,
  • kichik maktab yoshidagi o’quvchisi davri — 6 yoshdan to 9 yoshgacha,
  • yuqori sinf o’quvchisi davri — 15 yoshdan to 17 yoshgacha.

 

Shaxs taraqqiyotidagi ikkinchi pozisiya «Men va jamiyat» deb nomlanib, u quyidagi yosh bosqichlariga taalluqlidir:

  • go’daklik — tug’ilgandan to 1 yoshgacha,
  • maktabgacha yoshdagi bolalar — 3 yoshdan 6 yoshgacha,
  • o’smirlar — 10 yoshdan to 15 yoshgacha.

 

D.I.Feldshteyn boshqa tadqiqotchilardan farqli o’laroq, o’smirlik davrini uch bosqichga ajratadi. Uning mulohazasiga ko’ra, birinchi bosqich (10-11 yosh) o’ziga munosabatni kashf qilishdan iborat bo’lib, o’zini shaxs sifatida shis qilish va qat’iy qarorga kelish bilan yakunlanadi. Ikkinchi bosqich 12-13 yoshdagi o’smirlarni o’z ichiga olib, bir tomondan, o’zini shaxs sifatida tan olish, ikkinchi tomondan, o’ziga salbiy munosabatda bo’lish xususiyatiga ega.

 

Uchinchi bosqich 14-15 yoshli katta yoshdagi katta o’smirlardan iborat bo’lib, tezkorlikda o’z-o’zini basholashga moyil munosabati bilan tavsiflanadi.

 

Bolalarda «Men jamiyat ichida» pozisiyasi ilk bolalik, kichik maktab yoshidagi, yuqori sinf o’quvchilik davrlarida faollik keng ko’lamda quloch yoyadi, chunki mazkur taraqqiyot bosqichida faoliyatning amaliy predmetli jishatlari jadal o’sishda bo’ladi. Ularda «Men va jamiyat» pozisiyasi vujudga kelishi maktabgacha tarbiya yoshi, o’smirlik davrlariga to’g’ri kelib, ular tomonidan ijtimoiy xatti- harakatlarning normalari va qoidalarini o’zlashtirish, shaxslararo munosabat o’matish, o’zaro muloqotga kirishish xususiyati bilan tavsiflanadi. Ana shu murakkab sosial-psixologik holatlarga asoslangan holda D.I.Feldshteyn bolaning ijtimoiy taraqqiyotida uning jamiyatga nisbatan munosabatining asosiy (bosh) va oraliq toifalarga ajratadi.

 

Bolada jamiyatga nisbatan oraliq munosabatning shakllanishi ijtimoiylashuv, individuallashuvning tarkibiy qismlarini egallash va bir davrdan ikkinchisiga o’tishi natijasida yuzaga keladi. Asosiy (bosh) munosabat — shaxsning rivojlanishida keskin siljish nuqtalarining paydo bo’lishi, ichki sifat o’zgarishlarining vujudga kelishi va unda yangi xislatlarni tarkib topishining mashsulidir.

 

Shuni aloshida ta’kidlab o’tish kerakki, D.I.Feldshteynning shaxs rivojlanishi nazariyasi ontogenezda yuz beradigan barcha psixologik holat va fazilatni izoshlab berish imkoniyatiga ega emas. Lekin u ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga va takomillashtirish jarayoni (faoliyati) ga ijobiy ta’sir o’tkazish xususiyati bilan amaliy ahamiyat kasb etadi.

 

Shunday qilib, hamdo’stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir qator puxta ilmiy-metodologik negizga ega bo’lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo’lib xizmat qiladi, amaliy va nazariy muammolarni yechishda keng ko’lamda qo’llaniladi. Ammo ontogenezda shaxsning shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariya yaratish mavrudi yetib keldi.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика