Biznesga xarajatlar

Biznes reja

Biznesga xarajatlar

 

Sotish uchun biznesni yaratishda unga minimal kerakli darajadagi pul xarajat qilinadi. Ko‘pchilik operatsiyalar autsorserlarga beriladi va minimal asosiy vositalar past baholarda sotib olinadi.

 

Biznesni sotib olish uchun kelgan har bir kishi tizimni sotib olishni istaydi. Shuning uchun biznesni sotishda xaridorga biznes tizim asosiga qurilganini va ushbu tizim foyda berishini ko‘rsatish kerak.

 

“Sog‘in sigir” shaklidagi an’anaviy biznes investitsion o‘ziga jalb qiluvchi emas. Chunki uning buxgalteriyasida o‘ylanmagan joylar bo‘ladi va hujjatlarda maksimal daromad ko‘rsatilmagan bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda sotish uchun mijozlar bazasidan tashqari yana brend ham yaratiladi. eng asosiysi katta daromad qog‘ozlarda ko‘rinishi kerak.

 

“Sotish uchun” biznesdagi jiddiy xatolar

“Sotish uchun” biznesni qurayotib juda ko‘plagan xatolar qilish mumkin va bunda haqiqatan ham foydali biznes potentsial haridorlarni o‘ziga jalb qilmay qo‘yishi mumkin.

 

Ayniqsa bu moliyaviy ko‘rsatkichlarni buxgalteriya hujjatlarida aniq ko‘rsatmaslikka      aloqadordir. Biznes faqat daromad keltiribgina qolmasdan, u buxgalteriya hujjatlarida ko‘rsatilishi ham kerak. Chunki korxona «sog‘in sigir» tarzida qurilgan va qog‘ozlarda uning qarzi ko‘pligi yozilgan bo‘lsa, masalan, dastlabki davrlarda biznes egasi korxonaga “ta’sischining qarzi” sifatida pul kiritgan bo‘lsa va hozirda ushbu qarz allaqachon yopilgan bo‘lsa ham hujjatlarda katta qarz ko‘rsatilgan bo‘lsa, hatto foydali biznes ham potentsial xaridorlarni o‘zidan itarishi mumkin.

Bunday biznesn isotish qiyin bo‘ladi: chunki xaridorlar ushbu qarzni to‘lashdan qochishadi. Qayta qurish esa juda qimmatga tushadi: ushbu qarzlarni to‘lash uchun hujjatlar bo‘yicha katta daromad o‘tkazish va ulardan soliqlarni to‘lash kerak bo‘ladi.

 

Boshqarish muammolari

Yuqorida aytilganday, ko‘pincha, biznes uning egasining atrofida aylanadi. Egasi biznesdan chiqishi bilan u buzilib ketadi. Bahoni tashkil qilish va asosiy mijozlarga mahsulot yetkazib berishin faqat xo‘jayin bilishi, oq-qora buxgalteriyaning mayda-chuydalari faqat unga ayonligi ma’lum bo‘lib qoladi, yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarning o‘zi katta mavzu: sifatsiz mahsulotni aniqlashni faqat tajribali biznesmengina qila oladi. Egasi bo‘lmaganda biznesning boshi berk ko‘chaga kirib qolishining bundan boshqa yana o‘nlagan holatlari bo‘lishi mumkin.

 

Tabiiyki, barcha boshqarish qarorlarini faqat uning o‘zi qabul qilgan korxonani sotmoqchi bo‘lsa, buning umuman iloji bo‘lmaydi yoki o‘ta arzonga sotishga to‘g‘ri keladi.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика