Biznesda Yoqmaydigan ish bilan shug‘ullanib jiddiy

Biznes reja

Yoqmaydigan ish bilan shug‘ullanib jiddiy muvaffaqiyatga erishish mumkin emas

 

 

Agar siz muvaffaqiyatli biznesmenlarga e’tibor qaratsangiz, ular yo o‘zlariga yoqqan ish bilan shug‘ullanayotganliklarini yoki biznesini sotib yuborishlarini ko‘rasiz. Sizga rohat bermaydigan ish sizning energiyangizni so‘rib oladi. Bunday ish bilan shug‘ullanishingiz oyog‘ingizga og‘ir yuklarni bog‘lab, tepalikka chiqishga urinishingiz bilan barobardir. O‘zingiz yaxshi bajaradigan va yaxshi ko‘radigan ishingiz esa, aksincha sizga kuch va energiya beradi, o‘zingizga beradigan bahoingizni oshiradi.

Sizningcha kim tezroq yuguradi – pastga ketayotgan eskalatordan yuqoriga tomon yugurayotgan kishimi yoki eskalator bilan bir xil yo‘nalishda yugurayotgan kishimi?

Biznes sizning energiyangizni so‘rib olishi emas, balki qo‘llab-quvvatlashi kerak. Shunda siz ulkan zafarlarga erishasiz.

Muvaffaqiyatning haqiqiy qoidasi: har bitta imkoniyatdan foydalanib biznes va rohatlanishni o‘zaro uyg‘unlashtiring!

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика