Yangi mijozlarni qidirish
Muhimligi bo‘yicha keyingi vazifangiz – yangi mijozlarni topish va ularni tanlashdir. Yana bir marta qaytaraman: tanlashga alohida e’tibor qaratish kerak.
Siz o‘nlagan, yuzlagan va minglagan odamlar ichidan sizdan nimadir sotib olishi va sizning mahsulotlaringiz hozirning o‘zida qiziq bo‘ladigan odamlarni qanchalik yaxshiroq, e’tiborliroq tanlab olsangiz, ularning sizga javobi shuncha yaxshi bo‘ladi. Tanlangan odamlar sizning ideal mijozingiz portretiga qanchalik yaqin bo‘lsa, sizning bozorning o‘z bo‘lagingizdagi foydangiz shunchalik yuqori bo‘ladi.