Biznesda Xodimlaringizga do‘stona munosabatda bo‘ling

Biznes reja

Xodimlaringizga do‘stona munosabatda bo‘ling

(va orqangizdan pichoq urishlarini kutavering)

 

Bitta biolog grizli ayiqlari ham aqlli ekanligi va aslida ular beziyon va mehribon hayvon ekanligini isbotlashga harakat qilibdi. Uning nazariyasi bo‘yicha ayiqlar uy hayvonlaridan unchalik ham farq qilishmas ekan. Faqat buning uchun ularga mehr ko‘rsatish kerak ekan.

Ko‘pchilik hollarda biz xodimlarimizga o‘zimiz ularda ko‘rishni istagan xarakterlarni va sifatlarni beramiz.

Biolog o‘rmonga ayiqlar bilan yashash uchun ketibdi. U o‘zi bilan anchagina yeguliklar olibdi. Ayiqlarni boqibdi. Ayiqlar ham unga o‘zini silashga berar ekan. Lekin bir kuni yegulik tugab qolibdi va ayiq biologni yeb qo‘yibdi. Hamma shokka tushib qolishibdi: “Nimaga ayiq bunday qildi?” Chunki u ayiqda, boshqa javob bo‘lishi mumkin emas.

Huddi shunday sizning xodimlaringiz ham sizga xo‘jayin sifatida qarashadi. Balki do‘stonadir, lekin baribir siz ular uchun xo‘jayinsiz. Ulardan boshqa narsani kutish kerak emas. Siz do‘stona aloqalarni o‘rnatishingiz mumkin, lekin o‘zingizni aldamang. Ularga maoshni vaqtida to‘lamay ko‘ringchi, ularning qanchalik do‘stligini bilasiz.

Sodiq xodimlar haqidagi afsona

Siz asosiy o‘rinlardan biriga yaxshi xodimni topdingiz. Agar siz unga siz bilan ishlab, boshqalar bilan ishlagandagidan ko‘proq olishini ko‘rsatib bera olsangiz, u hech qayerga ketmaydi.

Agar siz sotish tizimin yo‘lga qo‘ysangiz va asosiy xodimingiz bilan foydaning bir qismini bo‘lishsangiz, u boshqalardan ko‘proq topishiga yordam bersangiz, u sizdan ketib qolmaydi. Nimaga u tavakkal qilishi kerak? U boshqa yerda ola olmaydigan resurslarni olyapti.

Agar uning maqsadi barcha narsani o‘marib, qochib ketish bo‘lsa, uni hech nima bilan to‘xtatib qola olmaysiz. Afsuski, har ikkinchi xodim aynan shunday bo‘lib chiqadi.

Ko‘pchilik hollarda siz xodimga qanchalik ko‘p to‘lay boshlasangiz, u shunchalik noadekvat bo‘la boradi. Teskari aloqa yo‘qoladi va u o‘zini yulduz deb hisoblay boshlaydi. Odamlar yulduzlik kasaliga chalinib turishga moyil ekanligini bilamiz. Hammaning asosiy ustanovkasi: kamroq ishlab, ko‘proq olishdir. Albatta, ayrim istisnolar bor, lekin bu istisnolar qoidani yana bir bor tasdiqlaydi. Xodimingizda yulduzlik kasalligi boshlansa, u sizsiz ham hammasini eplay olaman deb hisoblay boshlaydi. Albatta, bu xato ekanligini faqat siz bilasiz. Lekin u baribir ketadi.              Buni nima qilsa bo‘ladi? Hech nima qilib bo‘lmaydi. Bu chirik tushgan joyini o‘yib olish kerak bo‘lgan olmadir. Agar yulduzlik kasaliga uchragan kishini vaqtida jamodan chetlatilmasa, u qolganlarni ham kasallantira

boshlaydi. Unda hammani bo‘shatishga to‘g‘ri keladi. Vaqtida yulduzni chetlatish, uning o‘pkasini bosib qo‘yish kerak. Albatta, bu ishni hammaning oldida qilish kerak.

Agar kimdir oldin sizdan ketgan bo‘lsa, uni qaytarib olish kerakmi? Bu ishni hech qachon qilmaslik kerak.

Lekin raqobatchingizning xodimini ishga olishingiz mumkin. Faqat oldin qarash kerak, nima sodir bo‘lgan va qaysi sharoitda u ishdan ketgan. Umuman olganda, u sizning oldingizga kelgan bo‘lsa, sizning oldingizdan ketishiga ham vaqt kerak. Siz u uchun qancha kuch sarflamang, baribir bu sodir bo‘ladi.

Xodimingiz ishlayotgan vaqtida unga faqat u ishlayotgan, siz esa dam olayotganday ko‘rinadi. Buni ham hech nima qila olmaysiz.

Shuning uchun bu narsalar ta’sir qilmaydigan tizim yaratish kerak. Ish joyidagi nizolar bilan kurashadigan kishi huddi Don Kixotga o‘xshashadi. Chunki ular shamol tegirmonlari bilan kurashishyapti.

Muvaffaqiyatning haqiqiy qoidasi: siz xodimlaringizning do‘sti emas, xo‘jayinisiz.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика