Biznesda To‘rt soatlik ish haftasiga erishish mumkin.

Biznes reja

To‘rt soatlik ish haftasiga erishish mumkin.

 

(Qachonki siz ko‘p millionli mablag‘ bilan ishdan ketsangiz)

 

Timoti Ferrisning “Qanday qilib haftasiga 4 soat ishlash va bunda ertalabdan kechgacha ofisda o‘tirmaslik, istagan joyda yashash va boyish mumkin” degan ajoyib kitobi bor. Bu kitobning asosiy g‘oyasi o‘z biznesingizni aql bilan qursangiz, ko‘pchilik orzu qiladigan haftasiga 4 soat ishlash va qolgan vaqtda o‘zingizga yoqqan ishni qilish mumkin bo‘ladigan ideal mehnat hayotini amalga oshirishingiz mumkinligidir.

G‘oya juda ajoyib va hatto uni ko‘pchilik hollarda amalga oshirsa ham bo‘ladi. Lekin bu siz istagan darajada oson bo‘lmaydi. Muammo shundaki ushbu maqsadni amalga oshirish uchun aniq, ishlaydigan, juda ko‘plagan instruktsiyalar va reglamentlari mavjud bo‘lgan tizimni yaratish kerak. Buni esa sizning biznesingizda sizdan boshqa hech kim qilmaydi! Bunga juda ko‘p vaqt talab qilinadi. Lekin busiz hech qayerga bora olmaysiz, istagan bir inqiroz biznesingizni birpasda parchalab tashlaydi.

Hayot tarzi-biznes

Agar sizning kompaniyangiz sizga, sizning texnik ishlarni bajarishingizga bog‘liq bo‘lsa – bu biznes emas, ishdir. Istalgan bir kichik biznesni sotish qiyin, chunki bunday ish hech kimga kerak emas. Katta pulga bo‘lsa hech kim sotib olmaydi. Bu huddi mashinaga o‘xshaydi. Uni boshqarayotganingda to‘g‘ri yuradi, rulni qo‘yib yuborishingiz bilan avariyaga uchraysiz.

Endi salgina chetga chiqamiz. Hayot tarzi – biznes degan tushuncha mavjud. Ya’ni siz biznesni u sizning hayot tarzingizni qo‘llab-quvvatlashi va xo‘jayinsiz ham ishlashi uchun qurasiz.

Maqsad to‘g‘ri. Lekin gap shundaki siz biznesni sizsiz ham ishlaydigan qilib qurmasangiz, bu hayot tarzi emas bo‘ladi. Boshida siz endigina ish boshlaganingizda hammasi yaxshi ishlaydi. Lekin siz ishdan ajralib 3-4 haftaga dam olishga ketishingiz bilan nimagadir hamma narsalar ag‘dar-to‘ntar bo‘ladi va ishdan chiqa boshlaydi. Aslida stabil ishlashi kerak bo‘lsa ham bu jarayon borgan sari kuchaya boradi.

Buning ustiga ushbu yo‘nalishda kimdir pul ishlay boshlagani haqidagi xabar tarqalishi bilan raqobatchilaringiz shu zahotiyoq sizning ishingizni samarali texnologiyalar – yaxshi tashkil qilingan biznes-jarayonlar, avtomatlashtirilgan biznes, ajoyib menejment bilan tortib olishga harakat qila boshlashadi.

Albatta samarasiz modelь hamisha mag‘lub bo‘ladi. Lekin boshida, hali siz endigina ish boshlagan vaqtingizda u ishlaydi.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика