Biznesda Tezda biznes quraman va hech nima qilmasdan passiv daromad ola boshlayman.

Biznes reja

                Tezda biznes quraman va hech nima qilmasdan passiv daromad ola boshlayman.

 

(Lekin 10 tadan 9 biznesmenlar haftasiga 7 kun 12 soatdan                                                                                                                                                                                                                                                   ishlashadi)

 

Ko‘pchilik biznesmenlar o‘z bizneslarini boshlashdan oldin ular ishida deyarli qatnashmaydigan kompaniyani qurishi, haftasiga (yoki oyiga!) bir marta majlisga kelishi, unda dohiyona takliflar berishi, yaxshi xodimlarni maqtashi, yomonlarini jazolashi hamda osmondan tushganday pullarni olib ketishini orzu qilishadi.

Oradan 4-5 yil o‘tadi. Odatda kartina dastlabki orzulardan umuman farq qiladigan bo‘ladi. Biznes egasi kechayu-kunduz, hatto dam olish kunlarisiz ishga sho‘ng‘ib ketgan bo‘ladi. Bunda, odatda, hayotdagi boshqa narsalarga umuman vaqt qolmaydi.

Oila, salomatlik, sport, do‘stlar bilan munosabatlar, dam olish – bularning hammasi ikkinchi darajali bo‘lib qoladi.

Asta-sekin biznes boshqa hamma narsani siqib chiqaradi, aslida u hayotingizning maqsadi bo‘lmasa ham. Biznes – bu sizning maqsadlaringizni amalga oshirish, hayot tarzingizni saqlab turish vositasi, holos.

Bularning sodir bo‘lishiga sabab, biznes egasi uchun – bu juda ulkan tavakkalchilikdir. Siz har kuni tavakkal qilasiz:

– asosiy xodimingiz yoki kasal bo‘lib qolishingiz va ish to‘xtab qolishi mumkin;

– xato qaror qabul qilishingiz va bu kredit va qarzdorlikni keltirib chiqarishi mumkin;

– sizning katta aylanma mablag‘ingiz va xato harakatlaringizni yengillashtirish mumkin bo‘lgan o‘zaro almashinuvchi xodimlaringiz yo‘q;        – xato qilishga haqqingiz yo‘q.

Buning natijasida – normal oilangiz, do‘stlaringiz, vaqtingiz, ta’tilingiz yo‘q, lekin ayrim vaqtlarda pulingiz va yoqtirmaydigan ishingiz bo‘ladi va bu ishingizni eng boshida orzu qilganingiz biznes deb atay olmaysiz ham.

Bunday holat onda-sonda bo‘ladi deb o‘ylaysizmi? Hechamda. Albatta, uni voqealar rivoji nimaga olib kelishini ko‘rsatish uchun salgina oshirib ko‘rsatdim.  Haqiqatda ham hammasi taxminan shunga yaqin bo‘ladi. Mening seminar-treninglarimda biznesmenlardan eng ko‘p eshitadigan gapim: “Mening umuman vaqtim yo‘q!”

Hamma gap shundaki…

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика