Biznesda Tarixdagi “eng yaxshi” bashoratlar …

Biznes reja

Tarixdagi “eng yaxshi” bashoratlar …

 

Jamoatchilik ayrim buyuk ixtirolar haqida nima deganligiga e’tibor qarating.

Samolyotlar – qiziq o‘yinchoq, lekin ular hech qanday harbiy ahamiyatga ega emaslar. (Ferdinand Fosh, professor, Ecole Superieure de Guerre, 1882 y.)

 

Kashf qilish mumkin bo‘lgan narsalarning hammasi kashf qilib bo‘lingan. (Charlьz Dьyuel, Amerika patentlar byurosining maxsus vakili, 1899 y.)

 

Lui Pasterning mikroblar haqidagi nazariyasi – kulgili fantaziyadir. (Pьer Pashe, Tuluza universiteti psixologiya professori, 1872 y.)

 

Qorin, ko‘krak va miya hamisha dono va aqlli xirurg uchun yopiq bo‘ladi. (Ser Djon Erik Erikson, qirolicha Viktoriyaning bosh xirurgi, 1873 y.)

640 Kb operativ xotira har qanday odamga ham yetib ortib qoladi. (Bill Geyts, 1981 y.)

 

100 million dollar – Microsoft uchun haddan tashqari katta baho. (IBM, 1982 y.)

 

Kelajakda kompьyuterlar bir yarim tonaddan ko‘p og‘irlikda bo‘lmaydi. (Popular Mechanics, 1949 y.)

 

Menimcha, dunyo bozorida biz beshta kompьyuter uchun xaridor topa olamiz. (Tomas Vatson, IBM kompaniyasi direktori, 1943 y.)

 

Men mamlakatni bo‘yiga ham eniga ham kezib chiqdim, aqlli odamlar bilan muloqotda bo‘ldim va sizga shuni aniq aytishim mumkinki, ma’lumotlarni qayta ishlash shunchaki injiqlikdir va bu moda bir yilga qolmay o‘tib ketadi. (Prentice Hall nashriyoti muharriri, 1957 y.)

 

Hech kimda uyida kompьyuterga ega bo‘lish ehtiyoji paydo bo‘lishi mumkin emas. (Ken Olьson, Digital Equipment Corp. Korporatsiyasining prezidenti va asoschisi, 1977 y.)

 

Ushbu narsada qanday foydali jihat bo‘lishi mumkin? (Advanced Computing Systems Division of IBM da mikrochip yaratish haqidagi muhokamada berilgan savol, 1968 y.)

 

Telefon deb atalgan uskuna unga aloqa vositasi sifatida qarash uchun juda ko‘plagan kamchiliklarga ega. Shuning uchun ushbu ixtironing hech qanday qimmati yo‘q deb hisoblayman. (1876 yilda Western Union da bo‘lgan muhokamadan)

 

Ushbu simsiz musiqali quti hech qanday tijorat qimmatiga ega emas. Kim birorta aniq odamga yo‘naltirilmagan noma uchun haq to‘laydi? (David Sarnoff assotsiatsiyasining hamkorlari radio loyihasiga investitsiya qilishni so‘rashganda bergan javob, 1920 y.)

 

Kontseptsiya qiziqarli va yaxshi rasmiylashtirilgan. Lekin g‘oya ishlay boshlashi uchun unda ma’no bo‘lishi kerak. (Yale University professorlari Fred Smitning uyga eltish xizmatini tashkil qilish haqidagi taklifiga javobi; Fred Smit Federal Express Corp. yetkazish xizmatining asosichi bo‘ladi)

 

Aktyorlarning gapirishlari qaysi ahmoqni qiziqtiradi? (Warner Brothers asoschisining kinemotografda ovozni qo‘llashga reaktsiyasi, 1927 y.)

Bizga uning ovozi yoqmaydi va umuman, gitara – bu kechagi kun. (The Beatles guruhining 1962 yilda yozuvini rad qilgan Decca Recording Co.ning javobi)

 

Havodan og‘ir bo‘lgan uchuvchi mashinalar bo‘lishi mumkin emas! (Lord Kelьvin, Qirollik Jamiyati prezidenti, 1895 y.)

 

Professor Goddar harakat va reaktsiya o‘rtasidagi munosabatlarni tushunmaydi. Unga reaktsiya uchun vakuumga nisbatan yaxshiroq to‘g‘ri keladigan boshqa sharoitlar kerakligi ma’lum emas. Professorga hali o‘rta maktabdayoq beriladigan elementar bilimlar yetishmayotgan ko‘rinadi. (“New York Times” gazetasining Robert Goddarning rayeta yaratish mavzusidagi ishi to‘g‘risidagi asosiy maqolasidan, 1921 y.)

 

Sizning ustingizdan kulishsa, tushunishmasa yoki sizni so‘kishsa, qo‘rqmang.                                Sizni omadsiz, qo‘lidan ish kelmaydigan odam deb hisoblaydiganlarga ishonmang. Tasavvur qiling: yuqoridagi daholar ularning o‘qituvchilari va yaqinlari aytgan gaplarga ishonishganda hozir dunyo qanday bo‘lgan bo‘lar edi?

Agar o‘zingizga ishonsangiz, hammasiga erishasiz. Agar ishonmasangiz – hech narsaga va hech qachon erishmaysiz. Bizning har birimizda ulkan ochilmagan potentsial mavjudligiga ishonamiz. Har birimizda buyuk inson yashiringan. Eng asosiysi – uni uyg‘otishimiz, mashq qildirishimiz, unga qoloqlik, qobiliyatsizlik va botqoqlikka qarshi tura olishga yordam berishimizdir. Ko‘pchilik odamlar hozirning o‘zidayoq do‘zaxda yashayotganligini tushunishmaydi va do‘zaxdan qo‘rqishadi. Ular shu hayotning o‘zidayoq qobiliyatsizlik va qoloqlikdan azoblanishyapti. Eng asosiysi – o‘zingizga ishonch!

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика