Biznesda Tadbirkor ongining rivojlanish rejasi

Biznes reja

Tadbirkor ongining rivojlanish rejasi

 

1-anglash: o‘z biznesimni ochishim kerak, men ko‘prog‘iga munosibman, ajoyib mutaxassis bo‘lsam ham meni past baholashadi.

2-anglash: mening ishimni mendan boshqa hech kim yaxshi bajara olmaydi, boshqa odamni olsam ham uning biznesning rivojlanishiga qiziqishi bo‘lmaganligi sababli mendan yomonroq ishlaydi.

3-anglash: yoqimli kasbdan tashqari biznes – bu bir xil va yoqimsiz ishlardir (firmani qayddan o‘tkazish, soliqchilar bilan muloqot, yetkazib beruvchilar va ijaraga beruvchilar bilan hisoblashish, xodimlarning maoshi, shoshilinch masalalarni ham qilish, xodimlarni “tepish” kerak, mos kelmaydigan kishilarni haydash, kimlarnidir ishdan bo‘shatish kerak va bularning hammasi bilan men shug‘ullanishim kerak).

4-anglash: mijozlar kelishi uchun o‘zingiz yoqtirgan ishni yaxshi qilishingiz yetarli emas – sotish, reklama, marketing bilan ham shug‘ullanish kerak.

5-anglash: biznesni rivojlantirish uchun rejalashtirish, byudjetlash, moliyaviy menejment, ishlarni boshqalarga topshirish (delegatsiyalash), xodimlarni boshqarish, tahlil va boshqa bir qancha narsalarni ham o‘rganish kerak (biznes va ish orasida juda katta farq bor va siz yaxshi mutaxassis bo‘lsangiz, muvaffaqiyatga erishish va katta pul ishlab topish uchun bu haqda unutish kerak).

6-anglash: kompaniya sizning doimiy aralashishingizni talab qila boshlasa, biznes-jarayonlarni tizimlashtirish, vazifalarni boshqalarga topshirish va xodimlar ularni sifatli bajarishlarini (juda bo‘lmaganda sizdan yomon emas!) ta’minlash.

7-anglash: siz o‘z fikrlashingizni qayta qurganingizdan keyin biznes – bu sotish va mavjud biznes-tizimingizning boshqa regiondagi nusxasini    yaratish mumkin bo‘lgan mahsulot ekanligini tushunasiz va o‘zingizning moddiy ehtiyojlaringizni qondirish va o‘zingizga kerakli istagancha bizneslar yaratishingiz imkoniyati yaratiladi.

 

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика