Sotuv va marketing
Yaxshi sotuvchi haqidagi afsona
Biznesni rivojlantirish va avtomatlashtirishning keyingi kritik muammosi pul juda zarur bo‘lganda kelib chiqadi. Odatda, bu yangi raqobatchi kelganida yoki foydali mijoz ketganida yoki noodatiy bo‘lgan biror voqea sodir bo‘lganida yuzaga keladi.
Odatda biznes egalari reklamaga ko‘proq pul xarj qilib, o‘z cho‘ntaklariga qoladigan pul miqdorini oshirishga harakat qilishadi. Sotish jarayoniga esa ular huddi qora qutiga qaraganday qarashadi: buncha odam keldi – buncha foyda olindi.
Shuning uchun texnik-biznesmenlarning eng katta muammolaridan biri – bu yaxshi sotuvchini topish va uning yordamida foydani oshirishga umid qilishdir. Muammoning kattaligining sababi shundaki – yaxshi texnik xodimni topish yaxshi sotuvchini topishga nisbatan bir necha o‘n marta oson va arzondir.
Agar kimdir sotish tizimini yaxshi yo‘lga qo‘ya olsa, uning uchun ajoyib mahsulot yaratish juda oson. Shuning uchun haqiqatan ham sotish tizimin yo‘lga qo‘ya oladigan bo‘lsa, u haddan tashqari ko‘p pul talab qiladi yoki o‘z biznesini ochish uchun ketadi. U o‘zi yaxshi sota olgani uchun kamroq pulga sotish kerak bo‘ladigan mahsulotni yaratib beradigan odamni hamisha topa olishini yaxshi tushunadi.
Sotish hamisha birinchi o‘rindadir! Prioritetlarni o‘zgartiring – kuchli sotish tizimi hamisha kuchli ishlab chiqarish tizimidan muhimroqdir. Masalan, Nike kompaniyasi hech nima ishlab chiqarmaydi. Uning barcha mahsulotlari (kurtkalar krossovkalar va boshqalar) boshqa kompaniyalar tomonidan Xitoyda ishlab chiqariladi. Nikening o‘zi mahsulotlarni yaratish va marketing bilan shug‘ullanadi. Huddi shu ishni Sony kompaniyasi Playstation bilan amalga oshiryapti. Ko‘pchilik mobilь telefon kompaniyalari ham shu yo‘ldan borishyapti.
Masalan, golьf uchun eng qimmat klyushkalarning 90%i Xitoydagi 6 ta zavodda chiqariladi. Ular brendlar yaratish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga tegishlidir. Bugungi globalizatsiya davrida sotish tizimini yo‘lga qo‘yishdan samarali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish anchagina oson ish. Muvaffaqiyatning haqiqiy qoidasi: mo‘jizani kutmang, sizning biznesingizda sizdan boshqa hech kim sotish tizimini yo‘lga qo‘ymaydi.