Biznesda Sotishni boshqalarga topshirish muammosi

Biznes reja

Sotishni boshqalarga topshirish  uammosi

 

Ko‘pchilik biznes egalarining muammosi quyidagichadir. Sizning o‘zingiz yaxshi ishchi va sotuvchi bo‘lganligingiz hamda sotayotgan narsangizni yaxshi bilganligingiz sababli unga ijobiy hissiyotlaringizni ham qo‘shasiz va sotilayotgan hajmning yarmidan ko‘pini o‘zingiz bajarasiz. Istagan bir menejer sizdan kamida ikki barobar kamroq sotadi. Shuning uchun tizimli yondashuvni amalga oshirishda o‘z vazifalaringizni kimgadir berishingizda kamida sotuv hajmining yarmini yo‘qotasiz.

Bu sharoitdan birdaniga bir nechta kishini yollash bilan chiqish mumkin.          Yoki potentsial mijozlarni izlab topish vazifasini xodimlaringizga yuklashingiz mumkin. Bunda bitimlarni yopishni (sotishni) baribir o‘zingiz qilishda davom etaverasiz. Chunki bitimni yopishga boshqa kishini jalb qilish bilan sotuv hajmining anchagina qismini yo‘qotish mumkin.

Buni hal qilishning potentsial mijozlarni haqiqiy mijozlarga aylantirish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar sonini oshirishdan boshqa hech qanday yo‘li yo‘qdir. Bunda potentsial mijozlarning sizga (kompaniyangizga) murojaatlari soni oshadi. Agar bularning hammasini o‘zingiz qilishda davom etaversangiz, biznesingizdan hech qayerga keta olmaysiz. Bunda har safar siz majbar bo‘lib ishga kelmay qolsangiz (masalan, kasal bo‘lsangiz) savdo hajmi kamida uch barobar kamayib ketadi.

Biznesning egasiga asoslangan har qanday biznesda ham ushbu holat aniq ro‘y beradi. Shunday ekan muvaffaqiyatli biznes shakllantirishning asosi – bu yangi mijozlarni jalb qilish tizimini yaratishdir. Bu yerda tegishli vazifalarni bajaruvchi odamlar asosiy emasdir.

Muvaffaqiyatning haqiqiy qoidasi: o‘z biznesingiz IChIDA ishlashni to‘xtating. Uning USTIDA ishlashni boshlang.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика