Biznesda Qanday qilib kuchli va turg‘un biznes qurish mumkin

Biznes reja

Qanday qilib kuchli va turg‘un biznes qurish umkin?

 

Agar siz o‘zingizning hayot tarzingizni qo‘llab-quvvatlaydigan, erkin (band) vaqtingizni yeb qo‘ymaydigan, jiddiy biznes yaratmoqchi bo‘lsangiz – unda siz uchun quvonchli xabar bor: buning iloji bor, lekin ayrim o‘ziga xosliklar bilan…

Bu oson bo‘lmaydi. Balki oddiy bo‘lishi mumkin, lekin hech qachon oson bo‘lmaydi.

Bu tushunarsiz bo‘ladi. Ayrim vaqtlarda esa nimaga ish bilan shug‘ullanmasdan bo‘lar-bo‘lmas ishlar bilan shug‘ullanayotganligingizga umuman tushunishingizning iloji bo‘lmaydi.

Bu chiroyli ko‘rinmaydi. Tashqaridan qaraganda siz eng iflos ishni qilayotganday ko‘rinasiz.

Bu hatto sezilarli ham bo‘lmaydi (natijasi). Ko‘pchilik hollarda aniq harakatlaringizning natijasini bir necha oylab kutishingizga o‘g‘ri keladi.         Bu og‘riqli bo‘ladi. Siz o‘z xarakteringizni sindirishingiz va qaytadan qurishingiz kerak bo‘ladi. Bu esa ko‘pincha o‘ta og‘riqli va yoqimsiz bo‘ladi.

Buni boshqa birovga yuklay olmaysiz. Bu ishni siz uchun hech kim qilmaydi. Har qancha pul bersangiz ham.

Bu hatto halol va odil ham bo‘lmaydi. Ko‘pincha siz shunchaki biznesingiz ozgina jilishi uchungina tinim bilmay ishlashingiz kerak bo‘ladi.

Ko‘pincha siz xodimlaringiz uchun ishlashingiz yoki ularning qilgan ishlarini to‘g‘rilashingiz yoki qaytadan qilishingizga to‘g‘ri keladi. Ha, aynan siz ishni to‘g‘ri qilishlari uchun maosh to‘laydigan xodimlaringizning ishini siz qilishingiz kerak bo‘ladi.

Mijozlaringiz hamisha sizga kam to‘lashadi. Buning ustiga ular sizdan                 to‘laganlariga nisbatan ko‘proq narsa ola olganlaridan mag‘rurlanishadi ham. Bu esa siz uchun ular loyiq bo‘lganingizdan anchagina kam to‘layotganligini bildiradi. Juda kam to‘lashadi.

Hamma sizdan nimanidir talab qilishadi. Mijozlar – mahsulot, yaxshi baho va servisni. Yetkazib beruvchilar – oldindan to‘lovni, istagan vaqtlarida yetkazib berish (iloji bo‘lsa o‘zlari istagan sifatda) erkinligini. Xodimlar – erkin ish grafigi va “o‘zlariga mos” maoshni. Bu maosh bozordagi o‘rtacha maoshdan ancha ko‘p bo‘lishi kerak. Bu maosh uchun ular keragicha ishlashni istashmaydi ham…

Bu ro‘yxatni yana davom ettiraverish mumkin. Bu har kuni sodir bo‘ladi. Uzoq vaqt davomida. Lekin buning natijasida siz boshqa biror yo‘l bilan ola olmaydigan narsangizni qo‘lga kiritasiz.

Natija beruvchi va kuchaygan biznes, tajriba va bebaho xatolar, o‘zingiz va mijozlaringizning biznesini chuqur bilishingiz, o‘zingizga ruxsat bera oladigan bo‘lgan yangi “o‘yinchoqlar” va boshqalardan tashqari siz o‘zingizning kuchli o‘zgarganligingizni va aqlli bo‘lganligingizni sezasiz.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика