Qanday o‘zgarish mumkin?
Bu bilan qanday kurashsa bo‘ladi? Agar siz kimlarnidir o‘zgarishlariga harakat qilayotgan bo‘lsangiz, ularga o‘zgargan o‘zgarmaslikka nisbatan yaxshiroq ekanligini va ular uchun ikkinchi variant birinchisiga nisbatan og‘riqliroq bo‘lishini ham tushuntiring.
Buni qanday qilishni o‘zingiz hal qilasiz, bu sizning menejer va rahbar sifatidagi vazifangiz. Lekin bu yerda eng asosiy narsa shundaki, siz
ularni faqat ijobiy nuqtai nazardan motivlashga harakat qilsangiz (ular o‘zgarsa oladigan plyuslarini ko‘rsatsangiz), ular hech qachon o‘zgarishmaydi. Afsuski buni bir marta esa, yuzlarcha va minglarcha marta tajribadan o‘tkazishgan.
Kerakli natijaga erishish uchun siz shunday sharoitni yaratishingiz kerakki, erishganlari uchun mukofotlashingiz va natijaga erishmaganlarni jazolashingiz kerak bo‘ladi. Eng avvalo buni siz xodimlaringizga yoqmaydigan buyruqlar, reglamentlar, lavozim majburiyatlarini joriy qilish qilish bilan amalga oshirasiz.
O‘zgarishlar uchun barcha mas’uliyatni ham o‘zingizga olishingiz kerak. Chunki ko‘pchilik odamlar o‘zgarishlarni yomon ko‘rishadi va buning ustiga o‘zgarish uchun mas’uliyatni ham zimmasiga olish kerak bo‘lsa, buni umuman qilishmaydi. Siz o‘zingizning zimmangizga qanchalik ko‘proq mas’uliyatni ola olsangiz, korporativ zinadan shuncha yuqoriga ko‘tarila olasiz. Odamlarni o‘zingizning ortingizdan ergashtirish uchun o‘zingizga katta mas’uliyat olishingiz kerak bo‘ladi.