Biznesda Qanday biznes bilan shug‘ullanyapsiz

Biznes reja

Qanday biznes bilan shug‘ullanyapsiz?

 

Mana shu yerda asosiy xato boshlanadi. Aynan mana shu savolga javobda o‘zining biznesining daromadliligini oshirishga qancha harakat qilsa ham oldingi darajada osha olmayotgan ko‘pchilik biznesmenlarning past daromadliligining sababi yashirinib yotibdi.

Agar siz IT-kompaniya egasi bo‘lsangiz: “Biz dasturiy ta’minot/kompьyuterlar                bilan shug‘ullanamiz”, shkaflar sotadigan bo‘lsangiz: “Biz mebelь biznesidamiz”, agar pitstsa tarqatayotgan bo‘lsangiz: “Restoran biznesidamiz” deb javob berishingiz mumkin.

Men sizga ochiq aytamanki, agar sizning javobingiz yuqoridagilarning birortasiga bo‘lsa ham yaqin bo‘lsa, siz aslida erishishingiz mumkin bo‘lgan muvaffaqiyat darajangizni o‘zingiz chegaralab qo‘ygansiz!

Ushbu savolning haqiqiy javobi quyidagicha bo‘ladi: siz qaysi biznes bilan       shug‘ullanyapman deb o‘ylasangiz ham, aslida marketing biznesidasiz.

Agar siz birorta mahsulot yoki xizmatingizni sota olmasangiz, biznesda uzoq vaqt tura olmaysiz. Agar siz aslida sotishingiz mumkin bo‘lgan narsaning faqat bir qisminigina sotayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizni va biznesingizni to‘laqonli deb atay olmaysiz.

O‘z biznesidagi ma’lum darajada yuqoriga ko‘tarila olmayotgan biznesmenlar o‘zlarini qumga botib qolgan va undan chiqa olmayotganday his qilishadi. Albatta, kimdir o‘zining potentsialining faqat kichik bir qismini amalga oshirganligidan qoniqish hosil qilishi mumkin. Lekin bu siz haqingizda emas, shundaymi?

Endi biz eng asosiy savolga yaqinlashyapmiz: agar siz hammasini hozir qilayotganingizday qilaversangiz…

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика