Biznesda Odatdagi biznes egasining muammolari

Biznes reja

Odatdagi biznes egasining muammolari

 

Biznes-jarayonlarini optimallashtirish uchun eng avvalo u nima sababdan amalga oshirilishini tushunish kerak bo‘ladi. Nafaqat biznesni, balki o‘zingizning fikrlashingizni ham o‘zgartirishingiz kerak bo‘ladi.            Eng yaxshi biznesni hech qanday texnik ishni o‘zi bajara olmaydigan odamlar qura olishadi – chunki ular professionallarni ishga yollashga majbur bo‘lishadi. A’lochilar hamisha ikkichilarga xizmat qilishadi. Bu holat bizning an’anaviy tarbiya tizimimizga kiritilgan. Maktabda odam o‘zining professional majburiyatlarini qanchalik yaxshi bajarsa, u moliyaviy sohada va umuman hayotda shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi deb o‘rgatadi.

Haqiqatda esa bu quyidagi muammoga borib taqaladi:

Agar siz biror narsani qanchalik yaxshi bajarsangiz, buni boshqa odamga berishingiz shunchalik qiyin bo‘ladi. Ushbu vazifa qanday bajarilishini birovga tushuntirib o‘tirgandan, uni o‘zingiz bajarib qo‘ya qolganingiz oson va tezroq bo‘ladi.

Buning natijasida biznesni boshqarishni boshqa kishiga topshirish va kundalik muammolardan holi bo‘lishni bunday odam hech qachon amalga oshira olmaydi.

Yopiq aylana

Agar rahbar kompaniyada sodir bo‘layotgan hamma narsalarni shaxsan o‘zi nazorat qilsa, oldiniga barcha muammolar shaxsiy aloqalar darajasida hal qilinadi. Bu faqat kompaniya hali kichikligida shunday bo‘ladi. Lekin kompaniya tezda o‘sa boshlasa, birinchi bosqichdagi mijozlar bilan aloqadagi barcha plyuslar endi rivojlantirishni tormozlovchi vositaga aylanadi.              Biznes o‘zining yuqori chegarasiga yetadi va boshqa rivojlanmay qo‘yadi. Va birinchi navbatda bu mahsulotlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish hamda ular ustidan nazorat biznes egasining qo‘lida yig‘ilganligi uchun sodir bo‘ladi.

Biznes egasi yopiq aylanaga tushib qoladi: u muvaffaqiyatli bo‘lishni istaydi, lekin buning uchun ko‘proq vaqt kerak. Agar biznesning muvaffaqiyatlari kamaysa, bu yana vaqt talab qiladi. Shuning uchun juda ko‘plagan biznes egalari bir necha yillar qatorasiga ta’tilga chiqa olishmaydi va hayotdagi eng muhim narsalarni shunday o‘tkazib yuborishadi.

Egasiga bog‘langan biznesni kengaytirish mumkin emas. Aynan shuning uchun ham bunday biznesni sotib ham bo‘lmaydi. Odatda, uning egasi 3-5 yil ichida yonib bo‘ladi va o‘z biznesini istalgan pulga sotishga rozi bo‘ladi. Agar omadi kelib qolsa (nimani sotib olayotganligini bilmaydigan odam topilsa), uni sotishi mumkin. Lekin bunga ishonib harakat qilish kerak emas. Kazinoda o‘yinchilar tasodifan yutishadi, kazino esa doimo yutadi.        Biznesni avtomatlashtirish va optimallashtirishning vazifasi nafaqat shaffof modelni yaratish, balki u sizga kerakli natijalarni keltirishi hamdir.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика