Biznesda O‘ta puxta rejalashtirish biznesni rivojlantirishga yordam beradi.

Biznes reja

O‘ta puxta rejalashtirish biznesni rivojlantirishga yordam beradi.

 

(Ha albatta toshbaqa yaxshi hayvon, lekin…)

 

Ko‘pchilik bizneslarning kengayishiga xalaqit beradigan muammo, bu ayniqsa yirik bizneslarda ko‘proq kuzatiladi – amalga oshirishga nisbatan rejalashtirishning ko‘pligidir. Rejalashtirish va amalga oshirishning nisbati   1:10 bo‘lishi kerak. 50:50 yoki 80:20 o‘xshash nisbatlar rivojlanmasdan, bir joyda turib qolayotgan byurokratik tashkilotlarga xosdir.

Rejalashtirish – bu yaxshi. U albatta kerak. Eslab ko‘ringchi, oxirgi majlis qancha vaqtga cho‘zilgan? U yoki bu ishni qilish uchun qancha vaqt o‘ylangansizlar? Ushbu nisbat sizda qanday bo‘lgan?

Biznesni rivojlanishdan to‘xtatib qoladigan yana bitta muammo – o‘zgarishni va tavakkal qilishni istamaslikdir. Ushbu istamaslik ko‘pincha tuganmas rejalashtirish, qatnashchilarni aniqlash, muddatlarni kelishish va boshqa narsalar bilan yashiriladi.

O‘zgarishni istamaslik hatto yuqori rahbariyat uchun ham xosdir – ular mavjud holatni saqlab turishga harakat qilishadi. Odamlar o‘zlarida mavjud narsalarni saqlab qolishga urinishadi: lavozim, maosh, status va boshqlarni. Hatto jiddiy muammolar paydo bo‘lganida ham majbur bo‘lishmaguncha, oxirigacha chidashadi.

O‘zgarishga rozi bo‘lishganda esa, odatda, kech bo‘lgan bo‘ladi: mijoz raqobatchiga   ketib qolgan, foydali yetkazib beruvchilar boshqa distribьyutorlarni topgan, yangi istiqbolli mahsulotni qo‘shni magazinda sota boshlashgan bo‘ladi.

 

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика