Nimaga men xodimlarimni nazorat qilishim kerak, ular
xizmat vazifalari bilan shug‘ullanishyapti.
(Bu faqat xo‘jayinning ko‘zi oldida)
Maykl Gerberning ajoyib gapi bor: “You can’t expect what you don’t inspect” (“Tekshirmagan narsangizga ishonishingiz mumkin emas”). Nimagadir keyingi yillarda xodimlarning ish beruvchilarga nisbatan munosabatlari o‘zgarib qoldi va bu barcha sohalarga taalluqlidir.
Siz ishga olayotgan xodimlarning 95 % ini doimiy ravishda nazorat qilish kerak.
Natijalarni, ularga erishish jarayonini, nimani va qanday qilayotganliklarini, qaysi vaqtda qilayotganliklarini, bunda ular bir-birlariga va mijozlarga nimalar deyishayotganliklarini nazorat qilishingiz kerak.
Vaqti-vaqti bilan ofisdagi telefon tarmog‘iga ulaning va xodimlarning nima haqida gaplashayotganliklarini eshiting. Kompьyuterlarning internet trafigini kuzating. Monitorlarda nimalar ko‘rsatilayotganiga e’tibor bering. Faqat oldin mehnat shartnomasiga tegishli punktlarni kiriting.
Bunda juda ko‘p qiziqarli va yangi narsalarni bilib olishingiz mumkin. Eng qizig‘i esa bundan hammaning jahli chiqadi. Nimaga bizning shaxsiy ishimizga aralashishadi? Insonga ishonch va inson huquqlari qayerda qoldi?
Bunga tayyor turing. Umuman olganda, telufon uchun ham, kompьyuterlar va internet uchun ham, ushbu xodimlarning vaqti uchun ham siz to‘laysiz. Aynan siz ularga ish vaqtida ular ko‘ngliga tushgan ishni qilishgani uchun emas, berilgan vazifani bajarganliklari uchun oylik berasiz. Siz ularda ishga kirayotib o‘zlari rozi bo‘lgan narsani so‘rashga haqlisiz.