Muvaffaqiyatning haqiqiy qoidasi:
faqat oldinda sabzini ko‘rsatish emas, orqadan qamchi ham urish kerak.
Tan olish va mukofotlash turlari
Quyida keltirilgan mukofotlash turlari – bu sizning korxonangizda ijobiy motivatsiyalash tizimlarini yaratishingizda namuna bo‘ladi degan umiddaman. Ular asosiy ish haqi va mukofotlashga mantiqiy qo‘shimcha bo‘ladi. Bunga siz o‘zingiz istagan narsani qo‘shishingiz ham mumkin.
Keng tarqalgan mukofotlar:
– Foydada qatnashish tizimlari, kompaniyaning qimmatli qog‘ozlariga egalik qilish.
– Xodimning yutuqlarini mehnat daftarchasiga yozish.
– Og‘zaki minnatdorchilik.
– Sovg‘a sertifikatlari (xodimga ma’lum magazindan ma’lum mahsulotni olish imkoniyatini beruvchi, teatr, kino va boshqa joylarga sertifikat mummasi doirasida tushishga imkon berivchi qog‘oz).
– Yuqori daromadliroq ishga o‘tish uchun ish beruvchi pul to‘laydigan qayta tayyorlashdan o‘tish.
– “Oyning eng yaxshi xodimi” unvoni.
– Xodimni qiziqtiradigan mavzudagi boshqa shahardagi seminar, konferentsiyaga kompaniya hisobidan yuborish.
– Shaharning eng yaxshi restoranida oilasi yoki do‘stlari bilan ovqatlanishga sertifikat.
– Korxona doirasida tarqatiladigan, rahbariyat nomidan xodimga minnatdorchilik bildirilgan maxsus memorandum chiqarish.
– Kattaroq vakolatlar berish.
– Ish vaqtining erkin grafigi.
Sizning qo‘llab-quvvatlashingizni ko‘rsatuvchi mukofotlar: – Xodimning oilasi manfaatlariga yo‘naltirilgan moddiy mukofotlar.
– Kompaniyaning ichida maxsus loyihalar va yo‘nalishlar bo‘yicha konkurslar.
– Eng yaxshi xodimlarning kompaniya rahbarlari bilan ovqatlanishi (“Prezident bilan tushlik”).
– Kompaniyadan boshqa ishga o‘tayotgan yaxshi xodimlarni tantanali kuzatish.
Ko‘zga tashlanadigan mukofotlar:
– Xodimning nomi yozilgan tablichka yoki faxriy yorliq.
– Mashina qo‘yish uchun maxsus joy.
– Eng yaxshi xodimlarning bittasidan keyingisiga har oyda yoki haftada o‘tib turadigan yuqori sifatli kantselyariya moli.
– Eng yaxshi xodimlarning ish joyini yaxshiroq jihozlash.
– Ularning ismlarini mahsulot yoki xizmatning muallifi yoki yaxshilagan kishilar sifatida qo‘shib aytilishi.
– Rasmini korporativ gazetada yoki axborot varaqasida chiqarish. – U yerda xodim va uning erishganlari haqida maxsus maqola chiqarish. – Guruhni mukofotlash (nafaqat ishlab chiqarishda, balki boshqaruv xodimlarini rag‘batlantirishda ham qo‘llanilishi mumkin, lekin buning uchun ularni jamoalar va ishchi guruhlarga ajratish kerak).
– Qo‘yilgan vazifalarni doimiy ravishda bajaruvchilarning ismlari keltirilgan e’lonlar doskasi.
– Maxsus belgili (masalan, “Eng yaxshi xodim”) mayka, krujka va boshqalar.
– Ish vaqti va ta’til olishda yuqori prioritet berish.
– Xodimlarning erishganlarini, rasmlarini, minnatdorchilik xatlarini va boshqa axborotlarni berib boriladigan maxsus stend tashkil qilish.
– Yuqori boshqaruv xodimlarining xodimlarni mukofotlashda qatnashishi.
– Mijozlarning minnatdorlik xatlarini hamma ko‘radigan joyga joylashtirish.
– Yangi asboblarni olishda prioritet berish.
– Kompaniyaning mehnat faoliyatni ko‘rsatuvchi bukletlarni eng yaxshi xodimlarning rasmlari va intervьyulari bilan chiqarish.
– Ishni nazorat qilish tizimida yaxshi xodimlarni ajratib ko‘rsatish. – Yaxshi xodimlarni gorizontal bo‘yicha o‘tkazilishini rag‘batlantirish.
– Siz yo‘qligingizda xodimning sizning o‘rningizga ishlashiga imkon berish.
– Vaqti-vaqti bilan loyihalar bo‘yicha sizdan ham yuqoriroq darajalarga chiqib hisobot berishga imkon berish.
– Kompaniyada uzoq vaqt ishlagani uchun mukofotlash (pul, sovg‘alar, tantanali kechalar).
Mukofotlarning noan’anaviy turlari:
– Xodimning ish joyida uni bosh qahramon sifatida tasvirlangan fotoalьbom yoki video,
– Grafikdan sal oldinroq ta’tilga chiqarish (ta’tilga ikki kun oldin chiarish).
– Xodimning nomidan kompaniya tomonidan to‘lanadigan xayriya. – Qo‘shimcha dam olish vaqti.
– Xodimning tanloviga ko‘ra qimmat jurnallarga obuna, klublar yoki assotsiatsiyalarga a’zolik badalini to‘lash.
– Xodimlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, sovg‘a berish.
– Bino yoki alohida xonaning eng yaxshi xodimi unvonini berish.