ZAYTUN YOGI HAQIDA
ZAYTUN YOG’I NIMA?
Zaytun yog’i zaytun mevasidan olinadi, u qadim zamonlardan beri turli maqsadlarda ishlatilib kelinadi. Hali sovun kashf etilmagan kezlar donishmand yunonlar va rimliklarning o’z badaniga zaytun yog’ini surish odati bulgan. O’rta Er dengizi mamlakatlarida u ovqat tayyorlash uchun ishlatilgan.
Qadim zamonlarda zaytun mevasini tegirmong da tortish yo’li bilan yog olingan. Zaytun mevasi ezib maydalangach, hosil bo’lgan massa gazmolga solinib, siqilgan.
Bugungi kunda bu jarayon soddalashgan va mexanizatsiyalashgan. Zamonaviyg’gegirmonlarda zaytun mevasi tortiladi. Gidravlik press l ar esa yog’ni siqib chiqaradi. So’ngra u tiniq bo’li¬shi uchun suzib, tozalanadi. Yaxshi pishgan zaytun mevasidan 15 — 30% yog’ olish mumkin.
Bir zamonlar dunyoning ayrim mamlakatlari ^irollari uz boyligini omborlaridagi zaytun yog’i to’ldirilgan idishlar soni bilan o’lchashgan.
ZAYTUN PALMASI NIMA?
Erdan nihol unib chiqadi. So’ngra u yaprots yozadi. Yangi yaproqlar o’sib chiqishi bilan eskilari qurib qoladi va palma tanasini hosil qiladi. Har bir yaproq meva tugadi. Zaytun palmasi urug’lari (yong’og’i), eti va yadrosidan palma yog’i olinadi.
Xurmo va kokos palmasidan faqat meva olinadi. Zaytun palmasidan foydalanish sohalari esa turli-tumandir. Yangi o’sib chiqqan yaproqlar tolasidan arqon eshiladi. Quruq yaproqlardan esa bo’yra va parda to’qiladi, kulbalarning tomi yopiladi. Uning poyasidan savat to’qishda foydalaniladi. Xushta’m novdalari — «palma karami»dan esa ovqat tayyorlanadi.
Zaytun palmasi sharbatidan palma sharobi, yong’oqlar etidan esa palma yogi olinadi. Eng’oqlar mag’zi ham zoe ketmaydi, ulardan atir sovunlar tayyorlashda ishlatiladigan yog olinadi.