Yigit va qizlar orasidagi õzaro munosabatlar haqida qiziqarli malumotlar.
1. Agar yigitlar ovqat pishirsa, bu qandaydir bayramni anglatadi, agar qizlar ovqat pishirsa, bilingki, bu haftaning oddiy kuni.
2. Yigitlar “Siz bilan jiddiy gaplashib olishimiz kerak” degan gapni umuman yoqtirishmaydi. Qizlar esa aksincha, bu gapni xuddi turmush qurish taklifidek qabul qilishadi.
3. Yigitlar bitta ishni soatlab qilishi mumkin. Qizlar uchun bitta ishni soatlab qilish juda zerikarli, ular bir vaqtning oʻzida 10 ta ishni baravar amalga oshirishlari mumkin: pardoz qilish, dugonasi bilan telefonda gaplashish, kechki ovqatni pishirish, kir yuvish va hokaza ishlar!
4. Agar yigitlar qimmatbaho sovgʻa bersa, bu ular hali uylanishga tayyor, degani emas. Agar qizlar tomonidan shunday sovgʻa berilsa, bu — oʻsha qiz yigitga turmushga chiqishga roziligini bildiradi.
5. Yigitlar oʻz qizi bilan orani ochiq qilsa, uning raqamini (sobiq qizining) kontaktdan oʻchirishni unutishadi. Qizlarda buning umuman teskarisi, ular xayrlashuvning birinchi soniyalaridan nafaqat telefon raqamlarni, balki barcha fotosuratlar, ijtimoiy tarmoqlarni ham oʻchirib yuborishadi va hattoki, oʻsha yigitning doʻstlari bilan ham aloqalarni butkul toʻxtatishadi.
6. Agar yigitlarga qaysidir qiz yoqsa, ular oʻsha qiz bilan tanishishga harakat qilishadi. Qiz bolaga qaysidir yigit yoqib qolsa, ular har tomonla oʻzlarini shu yigitga mos emasdek his qilib, bu uchun oʻzlaridan ayb qidiraveradilar va shu orqali ich-etini yeydilar.
7. Yigitlar koʻpincha oʻzlari uchun ideal qiz qanday boʻlishi haqida oʻylab yurishmaydi, ularni koʻproq qizlarning sochi yoki koʻzlari oʻziga maftun qiladi. Qizlar esa oʻz orzusidagi “shahzodani” aniq tasavvur qilishadi: hatto uchragan yigitning sochi yoki koʻzi ularning idealiga mos tushmasa, uning yonidan shunchaki oʻtib ketishadi.
8. Yigitlar uchun haqiqiy sevgi — sokinlik, ya’ni xotirjamlik. Qizlar uchun haqiqiy sevgi — doimiy shodlik va xursandchilik.
9. Yigitlar bitta kiyimda ancha vaqt bemalol yurishlari mumkin, qizlar esa aslo buni qabul qilisholmaydi, bu ularni kun sayin bezovta qiladi.
10. Agar yigitlar biror qizni yoqtirib qolishsa, uning oldida oʻzlarini sherdek tutishga harakat qiladi: yelkalarini tik tutib, harakatlarni dadil amalga oshiradilar. Xuddi shunday holatda qizlar uyalib, oʻzlarini yigitning oldida noqulay his qila boshlaydilar va birpasda qizarib ketadilar