TUNDRA HAQIDA

TUNDRA HAQIDA HAQIDA

TUNDRA HAQIDA

TUNDRA HAQIDA TUNDRA NIMA?

«Tundra» so’zi fin tilidan olingan bo’lib, «taqir, hosil bermaydigan er» va «yarotssiz hudud» degan ma’noni anglatadi. U, odatda, Arktikaning o’rmonsiz zonalariga nisbatan ishlatiladi.

Tundrada yashash sharoiti juda yomon. U erda daraxt yo’ts, kun tsishda nihoyatda sovib ketadi, yozda esa o’rtacha temperatura, boryo’g’i, Tselsiy shkalasi bo’yicha 10 darajadan oshmaydi. Yilbo’yi yomgir juda oz yog’adi, kuchli shamol tinmaydi.

Shunga tsaramasdan, tundrada ham ayrim hayot shakllari bor. Ular hatsida ma’lumotga ega bo’lish, albatta, tsiziqarlidir. Tundradagi

o’simliklarga toshlarning sirtini qoplab oladigan lishayniklar, toshlarning yoriqlarini to’ldiradigan va shag’altoshlar orasiga o’sib kiradigan yo’sinlar hamda o’t-o’lanlarga o’xshash o’simliklar va ayrim butalar kiradi.

U erdagi o’simliklarning aksariyati ko’p yillikdir. Ammo ma’lum bir joyda ularning turi ko’p uchramaydi.

U erda yashaydigan hayvonlar ham unchalik ko’p emas. Tundrada lemminglar, ho’kizqo’ylar va ots ayiqlar yashaydi. Ko’pgina qushlar jo’jalarini tundrada ochib chiqadi.

Yoz oylarida kunning uzoqligi qushlarga ozuqa topish va to’dato’da polaponlarini boqish imkonini beradi. Tundrada o’rdaklar, g’ozlar va loyxo’raklarga o’xshash qushlar ko’p.

Tundradagi tuproq qatlami juda yupqa. U abadiy muzliklar ustidadir. Yoz oylarida muz- likning yuqori qatlami erishi bilan o’simliklarning tomirlari va bakteriyalar jonlanib qoladi.

Tundra turli qit’alarda turlichadir. Ammo unga borib qolganda, hech ikkilanmasdan, Er yuzasining eng tund va beshafqat mintaqalaridan biriga kelib qoldim, deb hisoblayverishingiz mumkin.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика