Telegram haqida qiziqarli malumotlar.
1. Mazkur messenjer facebook bilan aloqadorligi yo’q. Lekin uning twitterda akkaunti bor. Twitterda telegramning asosiy yangiliklari e’lon qilinib boriladi.
2. Mashhur bo’lishni boshlaganidan keyin Telegramni ko’pgina katta korporasiyalar sotib olishga harakat qilishdi, lekin Pavel Durov taslim bo’lgani yo’q va o’z pozisiyasida turibdi. U o’zining loyihasi narxini shunchalik qimmat baholaganki, hatto Google ham bu narx bilan bellasha olmaydi.
3. Telegram insonlar orasida ommalashishining kattagina sababi 2014 yilda WhatsApp dasturida muammolar paydo bo’ladi va ko’pgina foydalanuvchilar Telegram messenjeriga o’tib, uning qulayliklari, tezligini yoqdirib qoldilar.
4. Durovning dasturi WhatsApp muallifi Yan Koumni jiddiy tashvishlantirib qo’ydi. Buning eng katta sababi bu WhatsAppning Telegram imkoniyatlaridan anchagina orqada qolganidir. 5.Telegramga yetishish uchun esa Yan Koumu o’z loyihasiga ko’proq mablag’ kiritishi kerak bo’ladi. Alamiga chiday olmagan Yan Durovni uning loyihasini nusxalashtirganida ayblab sudga beradi.
6. Loyihani ta’minlash uchun har oyda 1 million dollardan ko’proq mablag’ ishlatiladi.